Safro (o‘t) preparadari. Turg'unlashtirilgan tibbiyot safrosi (Clole conservata medicata). Biliarin (Biliarinum). Yangi so‘yilgan hayvonlarning tabiiy safrosini saqlagan preparat- dir. Yangi yigTlgan safro yoki yangi yigTlgan safro bilan sovut- kichda 3 kun saqlangan safrolar aralashmasi 3 :1 suziladi va unga turg‘unlashtiruvchi. antiseptik va
essensiyalar aralashmasini qo:-
shib yaxshilab aralashtiriladi, xona haroratida 3 kunga qoldiriladi va aseptik sharoitda flakonlarga 250 ml dan quyilib. 60-63°C da 1.25-1,5 soat pasterizatsiya qilinadi.
Surunkali artrit, spondiloar- troz. tendovaginit va boshqa kasalliklarda og'riq qoldiruvchi vosi- ta sifatida kompress hoiida ishiatiladi.
Aminokislotali preparatlar. Aminopeptid (Aminopep- tidum). Kazein. qoramollaming qoni yoki quruq albumindan olingan aminokislota va peptid eritmasidir. Organizmda oqsil etishmaganda venaga, teri ostiga, oshqozonga 1,5-2 1 gacha yubo- riladi. Flakonlarda 0,25 va 0,5 1 dan chiqariladi.
Gidrolizin L-103 (Hydrolisinum L-103). Qoramollar qonida- gi oqsilni kislotali gidrolizlab olingan preparat. Avtoklavda 1,2 atm bosimda 30 daqiqa sterillangan gidrolizatning 1 litriga 20 g steril- langan glukoza eritmasini qo'shib. bakterial filtr orqali suziladi. Str uqlik aseptik sharoitda ampulalarga yoki flakonlarga 0.25 va 0,5 1 dan quyiladi.
Kazein gidrolizati (Hydrolisatum caseini). Kazeinni kislota- li gidrolizlab olingan preparat. Tarkibida hamma kerakli amino- kislotalar mavjud. Ishlatilishi oldingi preparatlarga o'xshash.
98
Fermentlar
Tibbiyotda ferment preparatlari keng miqyosda ishlatiladi. Ular tanada kechadigan barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Fermentlar ajralishi buzilganda va ularning tanada kechadigan jarayonlarni boshqarishi izdan chiqqanda har xil kasalliklar kelib chiqadi. Shu- ning uchun mutaxassislar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa kasallik- ning kelib chiqishida fermentlarning tutgan o‘rni va ularning farma- kokinetikasi hamda biologik faolligini o‘rganishdir. Shuningdek, kelajakda fermentlarning olinish usullari, shu jumladan zamonaviy biotexnologiya usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Qo‘yilgan masalalarni hal etish tibbiyot sanoati tarmog'i- ning mikroorganizmlardan ferment olish usulini rivojlantirishga bog‘liq.
Bizning sanoatda 20 dan ortiq ferment preparatlari ishlab chiqa- riladi (9-jadvaI).
jadval
Hayvonlardan olinadigan fermentlar