Pituitrin (Pituitrinum). Quruq pituitrinni tozalab olinadi.
Bu rangsiz, nordon muhitli suyuqlik bo‘lib, konservant
96
sifatida 0,3 % li fenol qo'shiladi. Filtrlash orqaii sterillanadi va aseptik sharoitda ampulalarga 1 ml dan quyiladi. 1 ml preparat- da 5 yoki 10 TB boTadi. Tarkibida vazopressin va oksitosin gormonlari boTib. ginekologiya amaliyotida bachadon faoliya- tini yaxshilashda ishlatiladi. Ba'zan qandsiz diabetni davolash- da buyuriladi.
Jigar preparatlari, vitaminli preparatlar. Yangi so'yilgan hayvonlaming jigaridan olingan preparatlarning ta’sir qiluvchi moddasi B12 vitamin kamqonlikda ishlatiladigan asosiy vosi- ta boTib. jigar va asab faoliyatini yaxshilaydi. Ulardan korxona sharoitida quyidagi preparatlar ishlab chiqarilmoqda.
Sirepar (Syreparum) jigardan gidrolizlab olingan preparat boTib. tiniq to'q-qo'ngTr rangli suyuqlik. 1 ml pereparat tarkibida 10 mkg sianokobalamin boTadi. Flakonlarda 10 ml dan chiqarila- di. Jigar sirrozida mushak yoki venaga yuboriladi.
Vitogepat (Vitohepatum). Jigarni biostimulatorga boyitib olingan preparat boTib. 1 ml da 10 mkg sianokobalamin. folat va boshqa antianemik omillar saqlaydi. Vitogepat tiniq. sariq rangli suyuqlik boTib. ampulalarda2 ml dan chiqariladi. Kamqonlik, Bot- kin kasalligida ishlatiladi.
Geparin (Heparinum). Jigar yoki o'pkadan olinadi. Qonni suyultirish xossasiga ega. Amorf kukun boTib. natriy xloridning izotonik eritmasida 1 ml da 5000. 1000, 2000 TB saqlaydigan hol- da chiqariladi.
Noaniq ta’sirga ega boTgan preparatlar. Rantarin (Rant- arinum). Shimoldayashovchi erkak bug'ulaming shoxidan 40 %li spirt yordamida reperkolatsiya qilib olingan suyuq ekstrakt. Ran- tarin och qo'ng'ir jilvalanuvchi suyuqlik bo'lib, o'ziga xos hidga ega. Rantarin tabletka holida chiqariladi.
Pantokrin (Pantocrinum) Maral, zyubr va ola bug'ularning qotmagan shoxidan olinadi. Shox jundan tozalanadi. kesiladi va tegirmonda kukun holiga keltiriladi. Ajratma olish uchun xom- ashyodan 3-4 marta ortiq miqdorda sirka kislota bilan nordon- lashtirilgan 50 % li spirt solib. har uch kunda bir marta. hammasi bo'lib 4 marta quyib olinadi, 4-8 °C da 5-7 kun tindirib. suziladi. Tayyor mahsulotda quruq qoldiq 0.65-0.8 %. pH = 5.4 - 5.8 ham- da etil spirti 48-52 % boTishi kerak.
Bu tiniq. och-sariq rangli suyuqlik boTib. ampulalarda 1-2 ml dan. flakonlarda 50 ml dan chiqariladi. Pantokrin nev- rasteniya. gipotoniya. yurak miasteniyasida va kamquvvatlik- da ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |