Uzoq muddatli ta’sir etadigan insulin preparatlari. Bular ham susupenziya holida bo'lib, ta'siri 1; 1,5; 6-8 soatdan so‘ng boshlanib 20, 24, 30 va 36 soatgacha davom etadi.
Bu guruhga protamin rux-insulin, protamin-insulin suspenzi- yasi, kristall insulin-rux suspenziyasi, insulin-Long suspenziyasi. insulin-ultralong suspenziyalari kiradi.
Ta’siri uzaytirilgan insulin preparatlari teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi, ulami venaga yuborish mumkin emas.
Padutin (Padutinum) oshqozon osti bezidan olingan endokrin preparat bo'lib, steril kukun holida chiqariladi. Ishlatishdan oldin 15 % li PVP eritmasida eritilib. mushak orasiga yuboriladi. Padu- tin xafaqon, migren kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Oshqozon osti bezidan pankreatin, xolenzim, inkrepan. angiotrofin va boshqa preparatlar ham olinadi. Bular to'gTisida „Fermentlar“ bo‘limida to'liq ma'lumot keltiriladi.
Qalqonsimon bez preparatlari. 1914-yilda qalqonsimon bez preparatlarining kimyoviy tuzilishi aniqlangan. 1924-yildan sintez qilina boshlagan.
Qalqonsimon bez qoramolda 15-60 g atrofida bo'lib, u juda ko‘p qon tomirlari bilan o'ralgan. Bu bez organizmda moddalar almashinishi va yog'larning oksidlanishi jarayonlarini boshqarib turadi. Bu bez ishi yetarli bo'lmaganda miksedema va kretinizm (esi pastlik) kasalliklari kelib chiqadi. Tiroksin qalqonsimon bez- ning asosiy gormoni bo‘lib. tarkibida 65 % yod saqlaydi.
Qalqonsimon bez tarkibida tiroksindan tashqari. undan uch marta faolroq triyodtironin bo'ladi.
Quruq tireoidin (Thyreoidinum siccum). Quruq organopre- paratlarning umumiy olinish usuli bo'yicha olinadi. 0.17-0,23 %
92 yod saqlaydi. Ta'sir qiluvchi nioddasi tiroksin gormonidir. Tolqon va tabletka holida 0.05-0,1 g dan chiqariladi. Kimyoviy usulda baholanadi. qalqonsimon bez faoliyati buzilganda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |