0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet51/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Prolaktin (Prolactinum). Atseton yordamida olingan oq cho'kma 0.6 % li sirka kislotada eritiladi va natriy ishqori yor-
95
damida pH = 2,8 - 3,0 ga keltiriladi. Bunda eritma loyqalana- di, unga natriy xloridning to‘yingan eritmasi qo‘shilib, prolaktin cho'ktiriladi. Cho kma suziladi. quritiladi va baholanadi. Oq kukun inyeksiya uchun ishlatilganda suvda eritiladi. bakterial filtrlar orqa- li va aseptik sharoitda ampulalarga quyiladi. Prolaktin bola emi- zuvchi ayollar sutini ko‘paytirishga yordam beradi.
Xorion gonadotropin (gonadotropinum chorionicum). Bu preparat tarkibida gipofiz bezining oldingi bo'lagi gormonlari bo'lib, homilador ayollarning siydigidan olinadi. Yangi yig'ilgan siydik sirka kislota bilan nordonlashtiriladi va vakuum bug'latkich asbobida 30-40 °C haroratda 1/10 qism qolguncha bug‘latiladi. Qoldiqqa 95 % li spirt qo‘shiladi. Bunda xorion gonadotropin cho'kmaga tushadi. Cho‘kma suzib, ajratib olinadi, spirt. efir bilan yuviladi va bir necha marta begona moddalardan tozalanadi.
Tayyor preparat oq rangli kukun bo‘lib. biologik usulda baho- lanadi va aseptik sharoitda flakonlarga 100, 500 yoki 2000 TB dan qadoqlanadi. Ishlatishdan oldin natriy xloridning 0,9 % li erit- masida eritilib, inyeksiya qilinadi. Xorion gonadotropin ayollar- da follikulalaming uzoqroq yashashini ta'minlaydi. Erkaklarda esa urug'don hujayralari faoliyatini yaxshilaydi.
Gipofizning o‘rta qismidan intermidin (Intermidinum) olina- di. AKTG olishdan qolgan gipofiz kunjarasidan ishqor bilan ajratma olib, yot moddalardan tozalanadi va gormon spirt bilan cho‘ktirib olinadi. 0,05 g dan flakonda chiqariladi. Ko‘z kasal- liklarida ishlatiladi.
Gipofizning orqa qismidan quruq suyuq pituitrin olinadi.
Adiurekrin (Pituitrinum siccum seu Adiurecrinum). Adi- urekrin quruq organopreparatlar olish texnologiyasi bo'yicha oli- nadi. Kukun yoki surtma dori turi holida chiqariladi. Baholash biologik usulda bo‘lib. 1 mg preparat 1 TB saqlaydi. Adiurekrin tarkibida antidiurektik omil saqlab. bolalar siydik tuta olmaganda burun shilliq qavatiga purkaladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling