0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
INYEKSIYA UCHUN ISHLATILADIGAN DORI TURLARI (FORMAE MEDICAMENTORUM PRO INECTIONIBUS)
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
INYEKSIYA UCHUN ISHLATILADIGAN DORI TURLARI
(FORMAE MEDICAMENTORUM PRO INECTIONIBUS) Inyeksiya uchun ishlatiladigan dori turlariga suvli. suvsiz erit- malar, suspenziya va emulsiyalar hamda steril holdagi kukun ham- da tabletkalar kiradi. Tabletka va kukun ishlatishdan oldin steril- langan erituvchida eritiladi. XI Davlat Farmakopeyasiga binoan, inyeksiya uchun ishla- tiladigan dorilar toza, apirogen, barqaror, steril, ayrim hollar- da tegishli moddalarda koTsatilganidek, izogidrik va izotonik bo'lishi kerak. Inyeksiya uchun ishlatiladigan dorilarning hajmi 100 ml va undan ko'p bo'lsa, infuzion eritmalar deyiladi. Birinchi marta 1885-yilda Peterburglik farmatsevt professor A. V. Pel bir marta ishlatishga moTjallangan steril dori eritmasi solinadigan shisha idishlar - ampulalami taklif qilgan. Shu davr- dan boshlab, steril va aseptik sharoitda tayyorlanadigan eritmalarni ishlab chiqish keng yo'lga qo‘yildi. Bu ancha mukammal va qulay usul bo‘fib, aniq dozalarga bo‘lingan steril dorilarni ко‘р miqdorda g'amlab qo‘yish imkonini berdi va ular farmatsevtika korxonalari- ning ampula sexlarida ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi vaqtda inyeksion dori vositalari tabletkalardan keyin ikkinchi 6‘rinni egallaydi. Bu dori turini ishlab chiqaradigan ampula sexlari hozirgi zamon dastgohlari va asbob-uskuna- lari bilan jihoziangan, jarayonlarning asosiy qismi mexaniza- tsiyalashtirilgan. Farmatsevtika korxonalarida yiliga turli farmakologik va kimyoviy guruhlarga mansub bo'lgan 300 dan ortiq moddalar- dan 5 milliard dona ampula ishlab chiqarilmoqda, Bu esa shu dori 106 turiga bo'lgan talabning faqat bir qisminigina qondira olyapti. Bu maqsadda dorixona sharoitida yiliga 200000 tonnadan ko'proq inyeksion eritmalar tayyorlanadi. Bu esa dorixona ishi hajmining 50 % ini tashkil qiladi. Korxona sharoitida tayyorlanadigan inyek- sion eritmalaming keskin ko'paytirilishi dorixona ishini ancha osonlashtiradi. Lekin ulaming ishiga to"siq bo'lib turgan muam- molarni modemizatsiyalash yo'li bilan ishlab chiqarish quvvatini oshirish, shishalarning barqarorligini oshirish, ulaming va eritma- larning tozaligini ta'minlash, turg'unligini oshirish, suvda yonion eriydigan moddalarning erishini yaxshilash kabi muammolami hal qilish lozim. Bu dori turini ishlab chiqarish ko'p bosqichh va murakkab jara- yon bo'lib, asosan Xarkovdagi ilmiy-tekshirish institutida amalga oshirilgan. Professor F.A.Konyev shu sohaning yirik mutaxassisi hisoblanadi. Ayniqsa, uning va shogirdlarining suzish mexanizmi va eritmalarning barqarorligini oshirish. yomon eriydigan modda- lardan turg‘un eritmalar tayyorlashga oid nazariy va amaliy ishlari diqqatga sazovordir. Inyeksion dori turlari quyidagi afzalliklariga koTa tayyor dori vositalari ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi: steril holda ko'p miqdorda g‘amlab qo'yish mumkinligi; tez va to‘la so'rilishi; bemorlarga bexush holida ham yordam berishi mumkinligi; aniq dozalarga bo'linganligi: ko‘p qon yo'qotilganda organizmga uning o‘mini bosuvchi steril suyuqliklar yuborish imkoniyati borligi; dorixona sharoitida kasallarga tez yordam ko'rsatish mum- kinligi; dori ta'sirini uzaytirish imkoniyati borligi. Shu bilan birga bu dori turi kamchiliklardan ham xoli emas: og'riq berishi, tibbiyot xodimining kerak bodishi; inyeksiya qilish jarayonida organizmga infeksiya tushishi; dori moddalaming ma'lum chegarada erishi; eritmalaming yetarli darajada barqaror emasligi: tashish vaqtida. texnologik jarayon vaqtida va saqlashda ampulalarning ko'p sinishi. Ampulalar har xil hajm va shakldagi shisha idish bo'lib, steril dorilarni solishga mo‘ljallangan kengaygan qismi - tanadan, dori- lami to'Idirish va olishga mo'ljallangan kapillarlardan tashkil top- gan (34-rasm). Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling