Ampulalar kapillarlarini kesish. Bu jarayon qo'lda yoki avtomatlar yordamida amalga oshiriladi. Qo'lda kesishda aso- san, qayroqtoshdan foydalaniladi. Qayroqtosh maxsus yog'och yoki metalldan yasalgan o'rindiqqa mustahkamlangan bo'ladi. Korxonalarda bu maqsadda P.I.Rezepen avtomatidan foydala- niladi. Bunda bunkerdagi pulkalar aylanib turadigan do'mbira cho'ntaklariga tushadi. Do'mbira aylanish davomida pulkalar kesuvchi pichoqqa tegib o'tadi. Shu vaqtda teskari tomonga ayla- nadigan tishli rezina disk pulkani o'z o‘qi atrofida aylantirib, uning yuzida iz hosil qiladi. So'ngra sindirgich disk yordamida ampula kapillarlari sindirib olinadi. Bu avtomatda soatiga 12.5 ming pul- kani kesish mumkin.
Hozirgi vaqtda shisha zavodlarida qo'shaloq ampulalar ishlab chiqarilmoqda. Ularning kapillarlari o'rtasidan kesish 3113-OC- ОСПС avtomatida amalga oshiriladi.
Ampulalarni kassetaga joylashtirish va yuvish. Ampu- lalarni >uvish uchun ular kassetalarga terilgan bo'lishi kerak. Kasseta duraluminiydan tayyorlangan teshikli disk bo'lib. teshiklar soni 5-10-20 ml ampulalar uchun 300-550 gacha,
2 ml lar uchun 1000 tagacha bo'ladi. Katta hajmli ampulalar qo'l yordamida, kichiklari esa avtomatik usulda P.l.Rezepen dastgohida kassetaga joylashtiriladi. Dastgoh daqiqasiga 1440 marta aylanadigan 0,25 kWt quvvatli elektr yurgizgich yor- damida harakatga keltiriiib. kareta (siljima). bunker, taroqsi- mon moslama (grebenka) lardan tashkil topgan. Bunkerga joy- lashtirilgan ampulalar taroqsimon moslamaning teshiklari- ni to'ldiradi. Bu moslama burilganda ampulalar tik holati- ni egallaydi va kapillarlari pastga qaragan holda boshqaruvchi plankasining teshiklariga tushadi va undan kassetaga uzatila- di. Bir vaqtning o'zida kassetaning butun bir qator teshiklari ampula bilan to'ladi. So'ng taroqsimon moslama teshiklari yana ampula bilan to'ldiriladi va bu jarayon takrorlanadi. Bu dastgoh soatiga 20 ming ampula tayyorlaydi.
Ampuialarni yuvish eng mas'uliyatli jarayonlardan biri bo'lib. tashqi va ichki yuvish bosqichlaridan iborat bo'ladi. Tashqi yuvish turli moslamalardan issiq (50-60 °C) suv bilan amalga oshiriladi. Ichki yuvish esa shprisli, vakuumli, vibratsion, termik. ultratovush. bug’-kondensatsion yoki boshqa usullar yordamida amalga oshiril- ishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |