Parokondensatsion usul. Bu usul 1972-yilda F.A.Konyev tomonidan taklif qilingan bo'lib, АП-30 va АП-25 asboblarida bajariladi.
Asbob idishga ampulalar kapillarli pastga qaratib kasseta bilan joylashtiriladi, qopqog‘i berkitiladi va 6 soniya davomida kondesa- tor orqali issiq bug‘ purkab. havo asbobdan siqib chiqariladi. Keyin 8-10 °C ii suv 1.5 atm bosim ostida kondensatorga purkaladi va asbob idishiga 80-90 °C li suv 1,5 atm bosim ostida kondensator- ga purkaladi va asbob idishiga 80-90 °C li tuzsizlantirilgan suv yuboriladi. Bunda suv tomchilari bug' bilan kondensatsiyalanib, kondensator va asbobda vakuum bo‘ladi. So'ngra 4 soniya davo- mida bug' kondensator orqali yuboriladi. Bunda suv katta tezlik bilan ampula ichiga kirib qaynaydi. suvning bir qismi bug'lanadi va iflosliklar suvga o'tadi. Shu vaqtda asbobga kondensator orqa- li sovuq suv purkab bug' kondensatsiyalantirilib vakuum hosil qili- nadi, suv ampuladan katta tezlikda idishga otilib chiqadi. Shunday qilib, navbati bilan asbobga bug' va sovuq suv yuborib. ampulalar- ni bir necha marta yuvilishi ta'minlanadi.
Yuqorida bayon etilgan usullarda yuvilgan ampulalar quritish javonida 15-20 daqiqa davomida 120-130 °C haroratda quritila-
120
di. Agar ampuladagi eritmalar aseptik sharoitida tayyorlanadigan bo'lsa. 160-170 °C da 1 soat davomida quritiladi.
Ampulalarning asosiy sifat
KO'rsatKichlarini aniqlash
Ishqorga turg'unligi 0.1-0,05 dm2 shishani 0,5 M natriy kar- bonat va 0.1 M natriy gidroksid eritmalarida (1 : 1)3 soat davomida qaynatiladi. So'ngra yaxshilab yuviladi, doimiy og'irlikkacha quri- tiladi (140 °C) va tortiladi. Shishaning ishqorga bo'lgan turg'unligi (X) ni quyidagi tenglamadan foydalanib topiladi:
m~mi
S ’
bunda: m va - tajribadan oldin va keyingi shisha massasi;
S - shisha sathi. dm2.
Olingan natijaga qarab shishalar 3 sinfga bo'linadi:
sinf ishqorlanish 75 mg/dm2 gacha:
sinf ishqorlanish 75 dan 175 mg/dm2gacha;
sinf ishqorlanish 175 mg/dm2 danyuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |