0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Etiloleat. (t'H^ -(-CH;-}7 -CH«CH-(UH,)7-C-O-C,H5}. о


Download 1.46 Mb.
bet73/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Etiloleat.
(t'H^ -(-CH;-}7 -CH«CH-(UH,)7-C-O-C,H5}.
о
Bu etil spirtining olein kislotasi bilan hosil qilingan murakkab efiridir. U och sariq. moysimon. neytral muhitli suyuqlik bo'lib. havoda oksidlanmaydi, termik sterilizatsiyagayaxshi chidaydi, suv bilan aralashmaydi, spirt va moylar bilan yaxshi aralashadi. Moy- larga nisbatan qovushqoqligi kam. to'qimalarga oson suriladi va dorilar ta’sirini uzaytiradi (testosteron propionat). Etiloleat birinchi marta X DFga erituvchi sifatida kiritilgan bo’lib. dezoksikortikos- teron atsetat, progesteron, testosteron propionat. kamfora kabi erit- malarni tayyorlashda ishlatiladi.
Asosiy erituvchilarga qo'shib ishlatiladigan yordamchi erituv- chilar hozirgi vaqtda keng ko'lamda ishlatilmoqda. Ular yomon eriydigan moddalaming eruvchanligini yaxshilaydi. eritmani gidrolitik parchalanishdan saqlaydi. dorining turg'unligini oshira- di. Ular spirtlar, efirlar va amidlarga bo'linadi.
Spirtlar. Bir atomli va ko'p atomli bo'lib. suv bilan yaxshi aralashadi, suvda yomon eriydigan moddalarning eruvchanligi- ni oshiradi. Lekin bularni ishlatishda oksidlovchilar ishtirokida zaharli aldegid, kislota va efirlar hosil boUishini hisobga olish kerak.
Etil spirti (C2H5OH).
Etil spirti digitoksin, digoksin. selanid, strofantin. konvallo- toksin, erizimin, olitorizid kabi suvda erimaydigan dorilarni eri- tish maqsadida 2-50 % gacha eritmaga qo'shiladi, so‘ng suv bilan kerakli hajmgacha suyultiriladi.
Propilenglikol (CH3 - CHOH - CH2OH). Bu ikki atom- li spirt bo'lib, tiniq, rangsiz suyuqlik xona haroratida barqaror, lekin 140 °C dan yuqori haroratda propion aldegidi. sut. uzum va sirka kislotalariga oksidlanishi mumkin. Shuning uchun uni 140 °C da 3 soatdan ortiq sterillash mumkin emas. Propilen- glikol nisbatan kam zaharli bo‘lib. organizmdan tez chiqib keta- di. U yordamchi erituvchi va turg'unlashtiruvchi sifatida suv va etil spirtli eritmalarga 40-70 % qo'shilishi mumkin. Masalan: propilenglikol boshqa spirtlar bilan birgalikda antibiotiklar. sul- fanilamidlar. barbituratlar. alkaloid asoslarini. A va D vitamin- lar erishini ta'minlaydi va turg‘un eritma hosil qiladi. Masalan: eritromitsinning suvli eritmasiga 40 %. lantozidga 40 % propi- lenglikol qo'shiladi. Xinidin gidroxlorid eritmasi esa 100 % pro- pilenglikolda tayyorlanadi. 50 % gacha propilenglikol saqiagan eritmalar venaga, undan ortiq saqlaganlari mushakka yuborilishi mumkin.
Glitserin (CH2OH - CHOH - CH2OH). Bu uch atomli spirt. U gigroskopik xossaga ega bo'lib, havodan 40 % gacha suvni shimib olishi mumkin. Tibbiyotda ishlatiladigan glitserin tarkibida 13 % suv bo'ladi. 150 °C da bir soat sterillanadi. Glitserin suvli va spirt- li eritmalarga qo‘shimcha erituvchi sifatida 30 % gacha qo'shiladi. Xorijiy davlatlarda u levomitsetin. gidrokortizon. glukoza. feno- barbital. morfinlaming inyeksion eritmasi tarkibiga kiradi. Bizda selanid. mezaton. viprokainlarning erishini yaxshilash maqsadida qo'shiladi. Glitserin dorilami organizmda tez so'rilishiga yordam beradi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling