0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet75/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Izopropilmiristat. Kimyoviy turg'un modda boMib. kam zahar- li. suvda erimaydi, moy bilan yaxshi aralashadi. To'qimalarni qitiq- lamaydi. Fenol, kokain, rezorsin hamda estrogen preparatlarining moyli eritmalarini tayyorlashda ishlatiladi.
Sulfoksid va sulfonlar. Bu guruhga kiruvchi erituvchilardan dimetilsulfoksid va sulfonlami aytib o'tish mumkin.
Dimetilsulfoksid. 20 °C haroratda 70 % gacha suv tortish xususiyatiga ega bo'iib. kam zaharli hisoblanadi. Itlarga vena orqa- li yuborilganda qisqa vaqt qon bosimining pasayishi, quyonlarda yurak-qon tomirining notekis urishi kuzatilgan.
Sulfolan. Issiqqa chidamli, kam zaharli va ko'p moddalarni eri- tish xususiyatiga ega bo'lganligi uchun inyeksiya eritmalarini tay- yorlashda ko'p ishlatiladi. Ampulalarda chiqariladigan eritmalarni tayyorlash. ampuialarni toMdirishga tayyorlash, eritma tayyorlash. eritmani tozalash. ampulalarni eritmalar bilan to'ldirish. kavshar- lash. sterillash. sterilligini tekshirish. saralash, baholash, yorliqlash va qadoqlash kabi texnologik bosqichlardan iborat bo'ladi.
Eritma tayyorlash. Eritma ikki qavat devorli aralashtirgichi bo'lgan reaktorlarda og'irlik-hajm usulida tayyorlanadi. Erish jarayonini tezlashtirish uchun ikki qavat devor orasiga suv bug'i yoki ba'zan sovuq suv yuboriladi va aralashtirgich yordamida erit- ma aralashtirib turiladi.
Eritmalarni suzish. Inyeksiya uchun ishlatiladigan eritma- lar shisha zarrachalari va boshqa iflosliklardan suzish orqali tozalanadi.
Ampulalarni eritma bilan to‘Idirish. Eritmalami ampulalarga qo'shish avtomat yoki yarim avtomat usullarda shpris yordamida. vakuum va parokondensatsiya usullarida amalga oshiriladi.
Shpris usulida ampulalarga eritma quyish maxsus yarim avto- matlar yordamida («Shtrunk" - Germaniya. «Autopak" - Angliya, «Poiper" - AQSh) olib boriladi. Bu usul ampulalarga quyiladi- gan eritma miqdorining aniqligi ±2 % hamda ampula kapiliar qismida eritma qolmasligi kabi afzalliklarga ega. Ish unumdor- ligi soatiga o'n ming dona ampula bo'lib. hozirgi zamon talabi- gajavob bermaydi.
Vakuum usuli. Bu usulda ampulalarni eritma bilan to'ldirish vakuum usulida yuvishga mo'ljallangan asboblarda olib boriladi. Farqi hosil qilinadigan vakuum aniq bo'lishi kerak. chunki kerak- li hajmdagi suyuqlikning ampulaga kirishini ta'minlaydi. Ampula kapillarlarida qolgan suyuqlikni yo'qotish uchun ampulalar kasse- ta bilan kapillarini yuqoriga qaratib boshqa vakuum asbobga joy- lashtiriladi va filtrlangan havo yuboriladi. bunda suyuqlik ampu- laning tanasigao'tadi. Bu usul korxona sharoitida keng qo'llaniladi va soatiga 30-50 ming ampulani eritma bilan to'ldirish mumkin. Kamchiligi: dozasidagi aniqlik ±15 % ni tashkil etadi, ampula kapillarlari eritma bilan ifloslanadi va uni yo'qotish vaqt talab eta- di. Ampulani to'ldirishga kerak bo'ladigan eritmadan 3-4 marta ko‘p eritma qaytadan filtrlashga yuboriladi.
M. A. Seletskiy va V. A.Rivkinlar takiif qilgan yarim avtomat- da eritmani dozalarga bo'lish va vakuum darajasi elektron boshqa- ruvchi va vakuum kontaktor yordamida amalga oshiriladi. Natijada ampulalar aniq belgilangan miqdordagi eritma bilan to'ladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling