0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


KO‘Z PARDA DORILARI (MEMBRANULAE OPHTALMICAE)


Download 1.46 Mb.
bet83/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

KO‘Z PARDA DORILARI
(MEMBRANULAE OPHTALMICAE)

Farmatsevtika sanoatining imkoniyatlari kengayib borishi va uzluksiz ishlab chiqarish liniyalarining ishga tushirilishi ko'z dori turlari xilini ancha kengaytirish imkoniyatini beradi. Agar XX asr boshlariga ko‘ra dorilari soni 30-40 turdan oshmagan boTsa, hozir- gi kunda 500 xildan oshib ketdi. Asosan ko‘z dorilar sifatida novo- kain, pilokarpin, ezerin. fosfakol. atropin, adrenalin. efedrin. dio- nin va boshqalar ishlatiladi. Ayniqsa, sulfanilamidlar. antibiotiklar. steroid gormonlar. prostaglandinlar kabi preparatlarning olinishi va tibbiyot amaliyotiga joriy qilinishi ko'z kasalliklariga ishlatiladi- gan dori turlari sonining ko'payishiga olib keldi. Ko'z kasalliklari- ni davolashda ishlatiladigan dori turlariga eritmalar. tabletkalar. ko'z muguz pardasiga purkaladigan tolqon holdagi dorilar kiradi. Ko'z dorilari dorixonalardatayyorlanadigan dorilaming 9-19 % ini tashkil etadi. Ko'zni davolash amaliyotida asosan eritma shaklidagi dori turidan foydalaniladi. Osilma (suspenziya), surtma dori turlari nisbatan kam ishlatiladi. Ko'zga ishlatiladigan eritmalami dorixo- na sharoitida steril holda tayyorlash lozim va kasal aseptik sharoit- da ishlatishi kerak. Ishlatish paytida aniq dozirovkada olishda katta xatolikka уоЧ qo‘yiladi, uning ma'lum qismi ishlatilgandan so‘ng saqlash muddati tugashi bilan tashlab yuboriladi, natijada qimmat- baho dorilar isrof bo'ladi. Shu tufayli keyingi vaqtlarda sano- at miqyosida ko‘z tomchi dorilari tyubik tomchilarda 1,5 ml dan ishlab chiqarila boshlandi. Lekin bu dori turida ham ayrim kam- chiliklar bor: texnologik jarayon murakkab. ishlatish paytida aniq dozada olib bo'lmaydi. ko'zga tomizilgan dori ko‘z yoshi bilan tez- da chiqib ketadi, yetarli muddatda ta'sir qila olmaydi va hokazo.
Shu boisdan ko'z tabletkalarini ishlatish maqsadga muvofiqdir. L'lar ko'z qopchig‘iga qo'yiladi va u asta-sekin ko‘z suyuqligi- da erib shimiladi. Bunda kasal dorining shu dozasidan maksimal darajada foydalanadi. Ma'lumotlarga qaraganda 1898-yili Ros- siyada shunday tabletkalar kokain va atropin aralashmasidan tay- yorlangan. Bunday tabletkalarning erishi bir necha soniyada sodir bo'ladi.
1910-yilda M.M.Budzko ko‘z tabletkalariga bag'ishlangan katta ilmiy izlanish oiib borib. 45 dan ortiq ko‘z tabletkalarini yaratib, doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ammo bu dori turiga bo'lgan noto'g'ri munosabat natijasida amaliyotga tatbiq etilmay. esdan chiqarib ynborildi. Faqat Ikkinchi jahon urushi davrida dorilar tanqisligi keskin sezilgandagina, bu dori turi- ga qaytildi. 1944-yilda N. I. Solodovnik ko*z suyuqligida tez eriydigan trituratsion tabletkalarni taklif qildi. Bu tabletkalarn- ing massasi 0,03 g, diametri 3 mm. qalinligi 0.37 mm bo'lib. to'ldiruvchi modda sifatida asosan sut qandi ishlatiladi. Bun- daj' tabletkalar sanoat miqyosida maxsus mashinalarda tayyorla- nadigan bo'ldi. Ular hamisha naychalarda 30 daqiqa davomida 115 °C haroratda sterillanib chiqariladi. Afsuski, hozirgi vaqtga kelib. sanoat miqyosida tayyorlanayotgan trituratsion tabletkalar- dan faqat nitroglitserin mavjud.
Farmatsiya fanining erishgankattayutuqlaridan biri ko'zparda dorisining yaratilishidir. Ko'z parda dorisi ko’z suyuqligida eriy- digan. ko‘z to'qimalari bilan moslasha oladigan, mutlaqo betaraf polimerlar asosida tayyorlanadi. Parda tuxumsimon plastinka shaklida bo'lib. og'irligi 0.015 g. 8 x 4 x 0.35 mm ga teng. Ko'z parda dorilari boshqa ko'z dorilaridan quyidagi afzalliklari bilan farqlanadi:

  • aniq dozaga bo'lingan;

  • uzoq muddatli ta’sirga ega;

  • davolash muddati 2—3 marta qisqaradi.

Ko'z pardalari ko'zning konyunktiv qopchig'iga qo'yiladi. u ko‘z suyuqligi ta’sirida 10-15 soniyadan so'ng qovushqoq holga o'tib. bir qavatli polimer erittna pardasini hosil qiladi. 40-60 soniya ichida ko‘z unga o'rganadi va hech qanday noqulaylik sezilmaydi. Polimer pardaning erish dinamikasi quyidagicha bo'ladi: 10-15 daqiqadan so‘ng parda chetlarining shakli o'zgaradi. 20-30 daqiqa- dan so'ng ko'z suyuqligi bilan moslasha oladigan qovushqoq mas- sa hqsil qiladi, lekin 45-50 daqiqadan keyin ham ko'z qopchig'ida parda bo'lakchalari borligi seziladi. 75-90 daqiqadan so'ng poli- mer to‘la eriydi. Eritma ko'z olmasining sathini yupqa parda bilan qoplaydi, lekin parda ko'rishga xalaqit bermaydi. Pardaning eri- shi bir me'yorda uzoq davom etganligi uchun dorilaming ta'siri ham uzayadi. Ko‘z tomchilarining sanoat miqyosida kichik hajm- Г1 polimer idishchalarda ishlab chiqarilishi A.Yu.GendroIisning 1988-yili chop etilgan „Farmatsiyada ko‘z dori turlari" risolasida o‘z aksini topgan.
Ko‘z parda dorilarini tayyorlash uchun ishlatiladigan polimer- lardan poliakrilamid yoki uning sopolimerlari. polivinil spirti. suv- da eruvehan atsetilselluloza (VRAS). KaKMS va hokazolar ish- latiladi. Tibbiyot texnikasi oliygohi xodimlari ko'z parda dorilari uchun quyidagi tarkibni taklif etganlar (ВФС-42-439-75): akril- amidni sopolimeri 60 q, vinilpirrolidon-20 q. etil akrilat-20 q. poli- etilenglikoI sukdanat (plastifikator) - 50 q.
Ko*z parda dorisining eritmasini tayyorlash:
Reaktorda polimer eritmasi tayyorlanadi. u 96 % li spirt bilan araiashtiriladi. so'ng suv qo‘shib. 50 °C gacha qizdiriladi va ara- lashtiriladi. Keyin 30 °C gacha sovutilib doka orqali suziladi. Dori modda eritmasi alohida tayyorlanadi va polimer eritmasiga qo'shiladi. Tayyorlangan eritma 1 soat aralashtiriladi va havoni chiqarib yuborish uchun 2 soat sentrifugalanadi.
Zanglamaydigan poTatdan tayyorlangan. yuzasi o'ta silliq- langan 16 *4 sm kattalikdagi plastinkalar bir-biri bilan siquvchi mix (vint) orqali mustahkamlangan bo'lib. ostki plastinkaning to'rt chet tomoni 0.4 rnm balandlikda boTib, eritma solish uchun moTjallangan boTadi. Bu ko‘z pardasi qalinligini ta'minlaydi. Pardani kesishga moTjallangan 2 ta keskichi boTib. ularning tish- lari oralig'i 8 va 4 mm dan boTadi. Parda tayyorlash uchun tarkib- ga kiruvchi moddalarni eritib. ostki plastinka ustiga bir xil qaiin- likda quyiladi. So’ngra ustki plastinka berkitilib, mustahkamla- nadi. chetidan oqib chiqqan massa olib tashlanadi. Plastinkalar 25-40 °C haroratda 8-12 soat davomida quritiladi. So'ng ust- ki plastinka bo'shatilib, hosil boTgan parda ustiga steril keskich mustahkamlanadi. Birinchi keskich olinib, shu tarzda ikkinchi keskich joylashtiriladi. Natijada 200 dona 8x4x0,35 mm kat- talikdagi pardachalar hosil boTadi. Steril pinset yoki dozatorlar yordamida flakonlarga 30 donadan joylashtiriladi. Tayyor ko'z parda dorisi 20 kGr dozadagi nurlar yordamida yoki etilen oksi- di va karbonat angidridlar yordamida sterillanadi. Ko'z parda: dorisini o‘ta silliq idishda ham (masalan. petri idishchasi) tay- yorlash mumkin. Buning uchun tayyorlangan eritmani ma'lum qalinlikda petri idishchasiga solib quritiladi, so'ngra undan max- sus moslama keskich asbobi yordamida 8x4 mm dan ko‘z par- da dorisi kesiladi.
Misollar:

1)

Kanamitsin

-l,Og




Poliakrilamid (PAA)

- 10.0 g




Suv

- 90,0 ml

2)

Neomitsin

-1,0 g




Poliakrilamid (PAA)

-10,0g




Plastifikator

-l,5g




Suv

- 90,0 ml


Har ikkala tarkibda ham avval polimerning bir jinsli eritmasi- ni tayyorlab. unda plastifikator eritiladi. Antibiotik eritmasi alohi- da tayyorlanadi. Eritmalar aralashtirilib. yuqorida yozilgan usulda parda olinadi.
Farmakologiya qo'mitasi tibbiyotda ishlatishga neomitsin. atro- pin sulfat, dikain, pilokarpin gidroxlorid va sulfapiridazin saqla- gan ko'z parda dorilarini ruxsat etgan va sanoat miqyosida ishlab chiqariimoqda.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling