0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Turg'unlashtiruvchilar bilan tayyorlanadigan eritmalar
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
Turg'unlashtiruvchilar bilan tayyorlanadigan eritmalar. Moddalarni gidroliz va oksidlanishdan saqlash maqsadida X DF ko:rsatmasiga binoan askorbinat. xlorid. limon. uzum kislotalari. natriy karbonat va natriy gidrokarbonat, natriy ishqori, natriy va kaliy bisulfit va metasulfitlari. natriy tiosulfat. natriy sitrati. bir- lamchi va ikkilamchi natriy fosfat, natriy xloridi. rongalit, trilon B lar ishlatiladi. Ishqor va kislotalar eritmada ma’lum pH hosil qilib. ta'sir qiluvchi moddalar gidrolizining oldini oladi. Antiok- sidantlar esa kuchli qaytaruvchilar bo'lib. ta'sir qiluvchi modda- lardan ilgariroq oksidlanib. ularni oksidlanishdan saqlaydi. Trilon B eritma tarkibidagi og'ir metallar ionlar bilan birikib. ularning katalizatorlik xususiyatini yo'qotadi. Oson oksidlanadigan pre- paratlardan eritmalar barqarorligi quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
ampula ichidagi havoni so'rib olish; eritmani karbonat angidridga to'yingan suvda tayyorlash; eritmani filtrlash. ampulalarga quyish va kavshariashni kar- bonat angidridi va inert gazlar oqimida olib borish; kavsharlash jarayonida ampula ichidagi havoni eritmaning bug'i yordamida haydab chiqarib yuborish. Bu jarayonlar F.A.Konyev va uning shogirdlari taklif qilgan usullar yordamida amalga oshiriladi. Ampulada chiqariladigan inyeksion eritmalarga niisollar 16-jad- valda keltirilgan. jadval Ampulada chiqariladigan eritmalar
Shpris-tyubiKlardagi inyeKsion eritmalar Inyeksiya uchun ishlatiladigan eritmalaming istiqbolli turi shpris-tyubiklardir. Ular П-20-201 markali donadorlangan poli- etilendan bosim ostida qoliplab tayyorlanadi va 3 qismdan iborat bo'ladi: tana (ampula), qalpoqcha va igna bilan mandren (37-rasm). Shpris-tyubiklar ultratovush yordamida yuvilib. karbol kislota- si bilan chayiladi. So’ng yig'ilgach etilen oksidi bilan sterillanadi. Ularni to ‘ Idirish maxsus avtomatda bokslarda aseptik sharoitda olib borilib, 290-300 °C haroratda kavsharlanib, nomi tamg'alanadi. 37-rasm. Shpris-tyubikiar: 1- qalpoqcha; 2 - igna; 3 - ampula. 147 Tayyor mahsulot kun oralab. 60 °C haroratda 30 daqiqa davo- mida 2 marta sterillanadi. Shpris-tyubiklarning zich berkitilgan- ligi 6 kg yuk ta'sirida tekshiriladi. Inyeksion eritmalarni shpris- tyubiklarda chiqarish bir qancha afzalliklarga ega boTishiga qara- may. ularda dorilarni saqlash muddati nisbatan qisqa. Havoda- gi kislorod plastmassadan o'tishi natijasida dorilarning saqlanish muddati kamayadi. Lekin shunga qaramasdan favqulodda hodisa- larda dori-darmon yetkazib berish maqsadida eng kerakli dorilarni shpris-tyubiklarda chiqariladi. Jumladan. atropin sulfatning 0.1 % li eritmasi, promedolning 1-2 % li eritmasi. efedrinning 5 % li erit- masi, dimedrolning 1 % li, lobelin gidroxloridning 1 % li, kofein- benzoat natriyning 10 % li. morfinning 1 % li. omnoponning 2 % li eritmalari chiqariladi. Shpris-tyubiklar tayyorlash uchun poli- etiienning talabga javob beradigan tarkibi ishlab chiqilsa, kela- jakda bu dori turining ko'p miqdorda ishlab chiqarilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling