0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Ampulalardagi eritmalarni sterillash


Download 1.46 Mb.
bet78/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Ampulalardagi eritmalarni sterillash. Kavsharlangan ampu- lalarning sifati ko'zdan kechirilib, yaroqlilari sterilizatsiyaga uzati- ladi. Dorilami sterillash fizik, kimyoviy va mexanik usullarda olib boriladi.
Fizik usul. Haroratga chidamli dorilar avtoklavda 120 °C harorat. 1.1 atm bosimda 8-15 daqiqa yoki 110 °C harorat. 0.5 atm bosimda 30-60 daqiqa, bug' oqimida esa 100 °C da 15-60 daqi- qa. yuqori haroratga chidamsiz moddalarni esa tindalizatsiya usu- li bilan 60-65 °C haroratda 1 soatdan 5 kun yoki 70-80 °C harorat- da har kuni 1 soatdan 3 kun sterilizatsiya qilinadi. Korxonalarda kobpincha sterilizatsiya Krupin kamerasida olib boriladi. Bu kamera ikkita xona o‘rtasida joylashgan bo'lib, har ikki tomonda eshiklari bo'ladi.
Bir tomondan ampulalar joylashtirilib, sterilizatsiya tugagach. ikkinchi tomondan olinadi. Avval kameraning ilonsimon naycha- lariga bug' yuborib isitiiadi, so'ng bug' kameraning o'ziga yubo- riladi. Kameradagi harorat, bosim va sterilizatsiya vaqti avtomatik usulda yozib boriladi. Sterilizatsiya davrida singan, darz ketgan yoki kavsharlanmagan ampulalardagi suyuqlik chiqib ketadi va ampula bug‘ bilan toMib qoladi. Bunday ampulalarni ajratib olish- ni osonlashtirish maqsadida sterilizatsiya vaqti tugagach, kamera xona haroratidagi rangli suv bilan to'Idiriladi. Ampulalar sovu- gach bosimlar farqi hisobiga darz ketgan yoki yomon kavshar- langan ampulalarga suyuqlik kirib, ularni rangga bo'yaydi. So'ng suyuqlik kameradan nasos yordamida qaytarib idishga ohkaziladi. Avtoklavni ochib ampulalarni olgach. ular qaynoq suv bilan yuviladi va rangga bo'yalgan ampulalar terib tashlanadi. Har bir martalik sterilizatsiyaga olingan ampulalar soni steril turkum deb yuritiladi.
Kimyoviy usul. Haroratga chidamsiz bo'lgan dorilar kimyoviy usuida sterillanadi. Bu maqsadda oksibenzoy kislotaning metil va propil efirlari 0,03-0,1 % gacha, xlorbutanoL krezol, fenollar 0,5 % miqdorigacha qo‘shiladi. Bu moddalar organizm uchun befarq bo4maganligi uchun kam miqdorda ishlatiladi, lekin ko'rsatilgan dozada eritmadagi mikroorganizmlarni o'sishdan to'xtatadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling