0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
Eslatma. Bu jadvaldan ampulalar quritilgan bo'lganda foyda- laniladi, aks holda eritma konsentratsiyasi ko‘rsatilgan konsentra- tsiyadan kuchliroq bo'lishi va ampulaga belgilangan hajmda soli- nishi kerak bo'ladi.
Kavsharlash. Ampulalami kavasharlashdan oldin uning kapil- larlaridagi suyuqlik yo'qotiladi. Aks holda ampula yupqalashib, sterilizatsiyaga bardosh bera olmaydi. Ampulalar alanga. elektr toki yoki plastmassa yordamida kavsharlanadi. Korxona sharoitida ko‘proq alanga bilan kavsharlash usulidan foydalaniladi. Alanga biian kavsharlash, kapillar uchini eritish va uning o'rtasidan eritib cho‘zish orqali amalga oshirilishi mumkin. Kichik hajmdagi ampulalar asosan P.I.Rezepin taklif qil- gan avtomatda kapiilarlar uchini eritish orqali kavsharlanadi. Bu avtomat kavsharlanadigan ampula bilan to'lgan bunker, cho‘ntak- lari bo'lgan tasma. bir nechta yong‘ichlar va to'plagichdan iborat. Ampulalar bunkerdan bitta-bitta tasma cho'ntagiga kelib tushadi va tasma bilan harakatlanib. yong‘ichlarga kelganda. har bir ampula o'z o‘qi atrofida ham harakatlanadi, alanganing yashil qismida kapillar uchi yumshab eriydi va kavsharlanib qoladi. Kavsharlangan ampu- lalar to'plagichga yig'iladi. Kavsharlash sifati kapillar diametriga. uzunligining bir xilligiga va shishaning kimyoviy tarkibiga bog'- liq bo'ladi. Hajmi katta bo'lgan ampulalar kapillarlarini o'rtasidan qizdi- rib ingichka ..ip" hosil bo'lguncha cho‘ziladi. so'ng alanga yor- damida kesib. uchi eritib kavsharlanadi. Olov ta'sirida alangalana- digan va portlaydigan moddalar uchun elektr toki yordamida qizdi- riladigan gorizontal pechlardan foydalaniladi. Kavsharlanadigan ampula kapillarlarining uchi pechga kirib turadi va ampula tasma (транспортёр) yordamida harakatlanib. ma'lum yo'lni bosguncha uchi erib kavsharlanib qoladi. Ampulalarni plastmassa polivinilbutirol yordamida kavshar- lash istiqbolli usullardan hisoblanadi. Odatda. kavsharlanadigan ampulaning kapillari plastmassa eritmasiga botirilib, o'z o'qi atro- fida aylantiriladi va olib sovutilganda ampula germetik berkitiladi. lekin bu usulning bir qator kamchiliklari borligidan hozircha ishlab chiqarishga joriy qilingani yo‘q. Oson oksidlanadigan preparatlardan tayyorlangan ampula- dagi eritmalarni kavsharlash maxsus qurilma yordamida shiddat bilan inert gaz yuborib bajariladi. Bunda kavsharlanadigan muhit- da havodagi kislorod siqib chiqariladi va o‘rnini inert gaz oqimi egallaydi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling