0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Tabletka tayyorlaydigan mashinalar
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarb bilan ishlaydigan mashinalar
- Kamchiligi
Tabletka tayyorlaydigan mashinalar Tabletka tayyorlay- digan mashinalar ishlash jarayoni bo‘yicha ekssentrik, zarb bilan ishlovchi, rotatsion yoki revolver guruhlarga bo'linadi. Ular uch- ta asosiy qismdan; harakatlantiruvchi. uzatuvchi va ish bajaruvchi sozlamalardan tashkil topgan bo'ladi. Mashinaning boshqa qism- lari yuqoridagi qismlaming maqsadga muvofiq ravishda avtomatik ishlashini ta'minlaydi.
Zarb bilan ishlaydigan mashinalar Bu mashinalarning tuzi- lishi sodda bo'lib, ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar hamda hampadan iborat. Hampaning ish jarayoniga qarab. bu turdagi mashinalar boshmoqli va sirpangfichli bo'lishi mumkin (38-rasm). 38-rasm. Tabletka mashinalari: A - boshmoqli; 1 - hampa; 2 - boshmoq; 3 - puanson. B - sirpang'ichli; 1 - hampa; 2 - sirpang'ich; 3 - harakatlantirgich; 4 qolip. Qolip maxsus po'latdan silindrsimon shaklda tayyorlangan bo'lib. unda bir yoki bir nechta oha silliqlangan teshikchalar bo'- ladi. Qolip taxtakachlash lozim bo'lgan moddalarni o'lchashga va unga shakl berishga mo'ljallangan. Qolip tabletka tayyoriaydigan mashina stoliga maxsus bura- ma mixlar yordamida mahkamlab qo'yiladi. Bunda qolip yuzasi stol yuzasiga mos boTishi va hampa harakatiga xalaqit bermasli- gi kerak. Quyi puanson bir yoki bir necha silindr shaklidagi o'ta silliq- langan yassi yoki botiq yuzaga ega bo'Iib. qoiipning tubini tash- kil etadi. Ish jarayonida pastki puanson qolipda yuqoriga va past- ga harakat qiladi. Qolip ichidagi teshikchaning hajmi puansonning tushish darajasini moslash bilan belgilanadi. Puanson qolip ichi- dagi teshikcha bo‘yicha stol yuzasigacha ko'tarilib. taxtakachlan- gan tabletkani itarib chiqaradi, so'ngra boshmoq tabletkani turtib tushiradi va qolip teshigi yana taxtakachlanadigan modda bilan toTdiriladi. Yuqori puanson bir yoki bir necha silindr shaklidagi o'ta silliq- langan yassi yoki botiq yuzaga ega bo'lib, mashinaning ekssentrik tnoslamasiga ulangan bo'ladi. Ish jarayonida u yuqoriga va pastga harakat qiladi. Pastga harakat qilish vaqtida qolip ichiga kirib. moddani taxtakachlaydi. Tabletka tayyorlaydigan mashinalarning bosim kuchi yuqori puan- sonning pastga (qolip ichiga) qanchalik chuqur tushishi darajasi bilan belgilanadi. Bu ekssentrik yordamida amalga oshiriladi. Hampa - tabletka tayyorlash uchun moTjallangan massa joy- lashtirilgan moslama. Zarb bilan tabletka tayyorlaydigan mashina- larda hampa mashina tanasiga o'rnatilgan bo'lib. ikki qismdan ibo- rat: harakatsiz qismi (massa saqiovchi) va harakatli (massani qolip- ga uzatuvchi) qismi - boshmoq; sirpang'ichli tabletka mashina- larida esa hampa stol bo'ylab sirpanib oldinga va orqaga harakat qiladi. Ish jarayonida hampa ichidagi massa qavatlanib qolmasligi uchun uning ichiga aralashtirgich joylashtirilgan bo'ladi. Mashinaning hamma qismlari moslashtirilgan, ishlash tezli- giga binoan hampa qolip teshikchasi ustiga kelib. uni mas- sa bilan to'ldiradi va orqaga qaytadi. So'ngra taxtakachlash va taxtakachlangan tabletkani itarib chiqarish jarayoni ro'y bera- di. Hampa navbatdagi qolipni to'ldirishdan oldin tabletkani tur- tib to'plagichga tushiradi. Bu jarayon daqiqasiga 80 martadan oshmaydi. Bu turdagi mashinalar sodda tuzilgan bo'lganligi uchun uni oz miqdorda tabletka ishlab chiqarishda laboratori- ya sharoitida (ilmiy-tekshirish institutlarida) ishlatish maqsad- ga muvofiq. Kamchiligi: ishlab chiqarish unumdorligining yuqori emasligi. shovqin bilan ishlashi, bosim bir tomonlama zarb bilan bo'lganligi tufayli tabletka sifatiga putur yetishi va havoga chang ko'tarilishi mumkin. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling