0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Butunligicha qabul qilinadigan tabletkalar.
- Oldindan maydalab yoki eritib ichiladigan tabletkalar.
VBOB
TABLETKALAR (TABULETTAE SEU MEDICAMENTA COMPRESSA) Tabletka so'zi lotincha „tabula" - ,,taxta“. „tabella" - „taxta- cha" so'zidan olingan boTib. dorining taxtakachlangan turidir. XIX asrning birinchi yarmidan boshlab oziq-ovqat sanoatida choy- ni saqlash, tashish va ishlatish qulay bo'lgan taxtakach shakli ish- lab chiqarila boshlandi. Bu afzalliklardan dorixona sharoitida katta hajmni egallaydigan dori turlari uchun ham foydalanish mumkin- ligi aniqlandi. G. Ya. Koganning ma'lumotiga qaraganda. dorilar- ning tabletka holida ishlatilishi 1844-yilda Brokedon tomonidan takiif qiiingan. L. Ғ. Ilin keltirgan maTumotiarga qaraganda, tabiet- ka dori turini birinchi marta Germaniyada 1874-yiida Rozental taklif qilgan. Aslida Rozental 1882-yilda eTon qilgan maqolasi- da tabletka holida dorilar berishning sababi va ahamiyatini izohla- gan. Jumladan. Rozental ta'biricha. dorivor oLsimliklaming tablet- ka holida chiqarilishi ulaming hajmini kamaytiradi. turg'unligini oshiradi. ishlatilishini osonlashtiradi. O‘sha davrlarda dorixonalarda tabletkalar xususiy retsepilarga binoan eng sodda taxtakachlash asboblari yordamida tayyorlanar edi. Shunga qaramasdan. bu yangi dori turiga qiziqish va talab kun- dan-kunga oshib bordi. Bu esa o‘z navbatida tabletka tayyorlash jarayonining asta-sekin takomillashuviga. uning sifatini yaxshilash uchun kerakli choralami ko‘rishga hamda dastgohlarning mexanik usulda ishlashini ta'minlaydigan tadbirlami qoTlashga olib kel- di. Germaniya va Shveysariyada XIX asrning oxirlariga kelib qoT kuchisiz ishlaydigan dastgohlar yaratildi. Rossiyaga birinchi marta shunday dastgoh 1895-yilning 24-martida Shveytsariyadan keltirildi va u Sankt-Peterburg shah- 153 ridagi hozirgi „Октябрь4* ishlab chiqarish birlashmasiga o'rnatildi. Bu sohadagi hamma ma'lumotlarni to'plab tartibga solgan birinchi rus olimi L. F. Ilin 1900-yilda „Taxtakachlangan dorilar to'gTisi- da yoki tabletkalar" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1910-yilda LLBudzko ,.Ko‘zga ishlatiladigan tabletkalar" dis- sertatsiyasini himoya qildi. S.M. Mahkamov birinchi bo‘lib 1962- yili tabletka dori turidan nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1972-yilda Ye. Ye. Borzunov, 1980-yilda esa S.M.Mahkamovlar tabletka dori turining nazariy va amaiiy sohalari bo'yicha doktor- lik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Shu kungacha bu dori turi- ga bag'ishlab 30 dan ortiq nomzodlik va 5 ta doktorlik dissertatsi- yalari yoqlandi. . Shulardan 20 ga yaqin nomzodlik va 5 ta doktorlik dissertatsi- yalari Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi ixtisoslashtiril- gan kengashda yoqlandi. Bu izlanishlar natijasida tabletka ishlab chiqarish jarayonining nazariy va amaliy tomonlari boyidi. Hozir bu soha texnologiyaning nazany tomondan eng puxta asosiangan qismi bo'lib qoldi. Tabletkalar dozalarga bo'lingan dori moddalar yoki ular bilan yordamchi moddalar aralashmasining taxtakachlangan qattiq dori turi bo'lib. ichish, surtish, til ostiga, teri ostiga va inyeksiya uchun ishlatishga mo'ljallangan. Bu tayyor dori vositalari ichida bir qan- cha afzalliklarga ega bo'lganligi tufayli dori turining 73 % dan ortiqrog'ini tashkil qiladi. Yiliga sanoatimiz ishlab chiqarayotgan tabletkalar miqdori taxminan 500 nomda bo'lib. 5 milliard shartli qadoqni tashkil etadi. Bu dori turining quyidagi afzalliklari tufayli ishlab chiqarish tez rivojlandi: jarayonning to'liq mexanizatsiyalashganligi. ish unumdor- ligining yuqoriligi, ozodaligi: ta'sir qiluvchi moddaning aniq dozalarga bo'linganligi va tabletka massasining aniqligi ; muolajada. saqlash va tashishda qulayligi; noxush maza va hidlami birmuncha kamaytirish mumkinligi; ta'siri uzaytirilganligi hamda kerakli a'zoga mo‘ljallanganligi va hokazo. Bu afzalliklar bilan bir qatorda bu dori turi kamchiliklardan ham hoii emas: saqlanish natijasida eruvchanligi va parchalanuvchanligining kamayishi; yordamchi moddalar ishlatilishi; hamma dori vositalaridan tabletka tayyorlash imkoniyati yetarli ishlab chiqilmaganligi va hokazo. Tabletka ikki tomoni yassi, qavariq yoki hoshiyali silindr shak- lida bo‘lib. diametri 3-25 mm gacha bo'lishi mumkin. 25 mm dan ortiq diametrga ega bo'lgan tabletkalar shartli ravishda briket deb yuritiladi. Ba'zan tabletkalar qobiqli holda. tarkibida zaharli mod- da bo'lgan (sirtga ishlatiladigan sulema) tabletkalar eozin bilan bo‘yalgan bo'ladi. Hozirgi vaqtda tibbiyotda turli xil tabletkalar ishlatiladi. Jumla- dan. ta'siri uzaytirilgan, qayta va ko'p marta ta'sir qiluvchi tablet- kalar „Retard" va ,.durul”lar, qattiq dispers asosli tabletkalar, sub- lingval mikrotabletkalar va hokazolar. Tabletkalarni qabul qilish usullariga rioya qilinmaganda har xil noxushliklar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun ularni qabul qilishning quyidagi usullari tavsiya etiladi: Butunligicha qabul qilinadigan tabletkalar. Bularga usti qobiqli tabletkalar, kichik massali, noxush hid va mazali tabletka- lar. og'iz bo‘shlig‘ida soTilib ta’sir qiluvchi. ta'siri uzaytirilgan va ma'lum a'zoga ta'sir etishga mo‘ljallangan hamda teri ostiga ishla- tiladigan tabletkalar kiradi. Oldindan maydalab yoki eritib ichiladigan tabletkalar. Yil sayin bu dori turiga va uning texnologiyasiga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Qisqa vaqt ichida bir necha doktorlik dissertatsi- yalari yoqlandi. Bir necha monografiyalar chop etildi. Shular jum- 1а51^а.,Производствотаблеток"-5. A.Nosoviskaya, Ye. Ye. Bor- 155 zunov, R. M. Safiulin. -Moskva. 1967; 1974-yilda birinchi va 2004-yilda ikkinchi nashr etilgan „Основьг таблеточного произ- водства“ S.M. Mahkamov. -Tashkent; „Таблеточнме машинь! в медицинской промьипленности“ Э.О. Кольмон-Иванов и др. -Moskva. 1974 hamda boshqalami keltirish mumkin. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling