t - tajriba vaqti, s;
20 - zichlashga ketgan vaqt.
Aniqlash 5 marta qaytariladi, keyin o'rtacha natijasi hisobla- nadi:
Bunda:
и-tajriba soni:
£ - tajriba natijalarining yigTndisi.
Tabletka massasining sochiluvchanligi qancha yuqori bo'lsa. shuncha doimiy o'rtacha ogTrlikka ega boTgan tabletkalar olish mumkin. Adabiyotda bu borada aniq bir ko'rsatma yo'q bo'lsada, ba'zilar sochiluvchanlikni 2 • 10-3 kg/s dan kam boTmasligi kerak- ligini uqtiradilar. Sochiluvchanlikning katta yoki kichik bo'lishi tabletka mashinasining tipiga. uning harakat tezligiga va tablet- ka massasiga bog'liq bo'ladi. Misol uchun, daqiqasiga 20 marta tezlik bilan harakatlanuvchi RTM-12 mashinada 0,5 g dantablet- ka tayyorlashda lozim bo'lgan sochiluvchanlik, nazariy hisob bo'yicha 6,2-10~3 kg/s ga teng bo'ladi. Lekin amalda 10-20 % ga ko'proq bo'lgani maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Hisob quyidagicha olib boriladi: bir soniyada 4 ta tabletka taxtakachlan- sa, har*bir tabletka uchun esa 0,25 soniya vaqt ketadi. Tabletka hosil bo'lishi uchta bosqichdan - qolipni to‘ldirish, taxtakachlash va qolipdan itarib chiqarishdan iborat. Demak, 0.08 soniya ichida qolip to'lishi kerak. Bu esa 6,2 • 10-3 kg/s ga to'g'ri keladi. Shun- day hisob-kitoblarga va tabletkalarning o'rtacha og'irligidan chet- lanishlarga qarab, mashinaning maqsadga muvofiq harakat tezli- gi belgilanadi.
41-rasm. Massa sochiluvchanigini 42-rasm. Ikki tomoni teshik aniqlaydigan asbob. mahrutiy.
Sochiluvchanlik tabletka tayyorlaydigan mashina bir me'yorda ishlashini, tabletkalarning og'irligi bir xilda bo'lishini va uning
169
fizik-mexanik ko'rsatkichlarining me*yorida bo'lishini naza- riy jihatdan bilishga yordam beradi. Massa sochiluvchanligining yomon bo'lishi granula tayyorlash jarayonini o‘zgartirishni yoki antifriksion moddalar qo'shishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |