0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet94/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Taranglik qaytishini aniqlash. Sifatli tabletka olish maqsad- ga muvofiq miqdorda dori va yordamchi moddalar nisbatiga ham- da ulaming tarang qayishqoqlik xossasiga bog'liq bo'ladi. Tarang- likning ortishi tabletka sifatini buzadi. Shuning uchun tabletka tayyorlanadigan massaning taranglik qaytishi xossalarini aniqlash maqsadga muvofiq boTadi.
Massaning tarangligi ikki xil: qaytuvchi va qaytmas boTadi. Qaytuvchi taranglikda taxtakachlash jarayonidagi bosim kuchi olingandan keyin massa o'zining oldingi holatiga qaytadi. Qayt- mas taranglikda esa u oLz holiga qisman qaytadi. Bu hodisa mas- saning namligi va boshqa fizik-kimyoviy xossalariga bog'liq boTadi. Sifatli tabletka tayyorlashda massa iloji boricha qayt- mas taranglikka ega boTishi kerak. Massa tarangligining katta-ki- chikligiga qarab ishlatiladigan bog'lovchi moddalar turi va miq- dori tanlanadi.
Taranglik qaytish jarayoni biz taklif qilgan gidrotaxtakach yordamida bajariladi. Asbob: gidrotaxtakach. indikator, plunjer- ga qattiq biriktirilgan plastinkalar. puansonlar va qolipdan iborat (43-rasm).
Aniqlash quyidagicha olib boriladi: tortib olingan modda asosi- ga quyi puanson o'rnatilgan qolipga solinadi. Keyin yuqori puan- sonni qolipga kiydirib. taxtakachga o'rnatiladi. Taxtakachlash ma'lum bosqichda olib boriladi.
Bu manometr orqali kuzatib turiladi. Shu holda indikator mili (strelkasi) „0“ nuqtaga keltirilib, gidrotaxtakachning moy oqadi- gan jo'mragi asta-sekin ochiladi. Bunda bosim kamaya boshlaydi, lekin qolip bilan puanson ma’lum vaqtgacha plunjerda o'z holati- ni o‘zgartirmay turadi.
Shu vaqtda tabletkadagi mikronlar bilan o‘lchanadigan o'zga- rishni indikator ko'rsatadi. Tajriba vaqtida qolipga modda solin- masdan va modda bilan aniqlangan ko‘rsatkichlar o'rtasidagi farqi- ni taranglik qaytishini ko‘rsatadi (mkm).
Tabletka qolipdan chiqqandan keyin zarrachalar orasida- gi o‘zaro kuch qaytadan taqsimlanadi. Natijada tabletka yuzasi- da har xil kattalikdagi ilon izi darzlar paydo bo‘ladi. Xuddi shu hol qandni taxtakachlash misolida yaqqol ko‘rinadi va bu mod- daga ta’sir qiladigan bosim kuchi, taxtakachlash shakliga bog'liq bo‘ladi.
Taranglik qaytishi odatda, bosimga nisbatan perpendikular holatda yuzaga keladi. Taxtakachlash bosim kuchi suyuqliklar- dan farqli o'laroq pastki puansonlarga to‘liq yetib bormaydi. Shuning uchun ham tabletkaning zichligi bir xil bo'lmaydi.
Tabletkaning yuqori va yon qismi boshqa qismlarga nis- batan 20 -30 % qattiqroq bo‘lganligi tufayli ichki kuchlanish- ning eng ko‘p miqdori qismlarga to‘g‘ri keladi. Natijada qolip- dan chiqarilgan tabletkalarda qavatlanish va ular yuzasida darz ketish kuzatiladi. Bu hol taxtakachlanayotgan massaning nam- ligiga ham bog'liq.

43- rasm. Taranglik qaytishini aniqlovchi asbob:
1 - ushlagich; 2 - manometr; 3 - qolip; 4 - tenzimetr; 5 - plastinka.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling