0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet102/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Granulalarni silliqlash. Massa bir tekisda hampadan matri- tsaga tushib turishi uchun uning sathi bir tekisda bo'lishi kerak. Buning uchun maxsus qurilmalardan (49-rasm) foydalaniladi.

49-rasm. Granulalarni silliqlovchi qurilma.
Aerofontan quritkichlar. A - СП asbobi. B - СГ-30 asbobi.

Qurilmaning asosi g'adir-budir plastinkadan iborat bo'lib, u daqiqasiga 400-1600 marta aylanadi va 2 daqiqa yetarli bo'ladi. Ish unumi soatiga 20 tonna.
Granulalarni quritish. Farmatsevtika sanoatida ko'proq javonli quritkichlar hamda aerofontan usulida ishlaydigan har xil tuzilishga ega bo'lgan quritkichlar (СП. СГ) ishlatiladi (49-rasm). Ular javon ko'rinishida. ikki qismdan iborat bo'ladi. ostki nam massa solinadigan qismi g'ildirakli bo'lib. javon ichiga kiritiladi

va ustki qismiga zichlab berkitiladi. Ustki qismida neylon. kapron kabi mustahkam matolardan tayyorlangan ..Filtr yeng" bodadi. Bu qurilma avtomat ravishda ishlaydi.
Belgilangan haroratda kuchli havo oqimi asbobning ostki qis- midan ma‘lum bosim bilan beriladi. Asbobning tub qismi. ba‘zan yon taraflariga to'r qoplangan bo'lib, havo ular orqali o'tadi va sig'imdagi massani ko'tarib. muallaq holatga keltirib ushlab tura- di. Massa ..soxta qaynoq yuza"da quriydi, Namlangan havo mato orqali o'tib tashqariga chiqarilib yuboriladi. Mayda zarrachalar matoda tutilib qoladi. Matodan bir me'yorda o'tishini ta'minlash uchun vaqti-vaqti bilan u avtomat ravishda silkitib turiladi. Bel- gilangan vaqt o'tgach. asbob avtomat ravishda to'xtaydi. Biroz o'tgach. ochib qurigan massa olinadi.
Umuman quritish murakkab jarayon bo'lib, amaliyotda boshqariladigan qurilmalardan iborat bo'lishi mumkin (Сушка в химикофармацевтической промншленности. L.G.Golubyev. B.S. Ajin. E.R. Valashen. -Moskva. 1979).
Taxtakachlanadigan massaning qoldiq namligini aniqlash. Quritish jarayoni har bir massa uchun o'ziga xos bo'lib. ma'lum qoldiq namlikkacha olib boriladi. Bu har bir tabletka massasi uchun ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Masalan, besalol uchun 0,4 0,6 %, diazolin uchun 0.65-1.2 %. fitin uchun 8-10 %. natriy PAS uchun 16-17 % ni tashkil qiladi (S. M. Mahkamov, M. 1. Mirzayeva).
Tabletka tayyorlanadigan massaning qoldiq namligi me'yo- ridan kam bo'lsa, taxtakachlanish jarayoni qiyin kechadi. ishqa- lanish ko'p bo'ladi. tabletka sifati yaxshi bo'lmaydi. Namlik me'yoridan ortiq bo'lsa, massa qayishqoq bo‘lganligi sabab- li qolipga yopishishi kuzatiladi, mashinaning ishlash me'yori buziladi. tabletka sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun har bir taxtakachlanadigan massa ma'lum miqdorda namlik saqlashi kerak.
Qoldiq namlikni Davlat Farmakopeyasida ko'rsatilgan og'ir- liklar farqi bo'yicha aniqlanadi. Bu usul soddaligiga qaramay ancha
189 vaqtni oladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda tez aniqlash usullari (ekspress-metod) dan foydaianiladi.
Amalda qo'llanilayotgan usullardan biri Yaponiyadagi „Kett‘ firmasi chiqargan namlik o‘lchagichi yordamida aniqlashdir. Bu usul og‘irliklar farmatsiyani aniqlashga asoslangan boTib, sezgir tarozi asosida keltirilgan. 500 W li infraqizil nur tarqatuvchi bir, ikki yoki uchta lampa issiqlik manbayi bo'lib xizmat qiladi. Taro- zining o‘ng pallasiga 5 g quritiladigan modda bir tekisda yoyib soli- nadi. Chap tomoniga 5 g li qo'yiladi. Haroratni nazorat qilib turish uchun tutqichga termometr o‘matilgan bo‘ladi. Lampa massa usti- ga to'g‘rilab mustahkamlanadi.
Quritish jarayonining borishiga qarab lampa yuqori yoki past- ga harakatlantirilib, haroratni oshirish yoki kamaytirish mum- kin. Narnlik yo‘qolishi bilan tarozi darajasiga o‘rnatilgan strel- ka „0“ nuqtadan yuqoriga ko‘tariladi. U reyter yordamida muvo- zanat holatiga keltiriladi. Quritish muvozanat holatiga keltiri- ladi. Quritish muvozanat holatiga keltirilgan strelka o'zgarmay qolguncha davom ettiriladi. Shkala 20 darajaga bo‘lingan bo'lib. reyter to‘xtagan son qoldiq namlikning foiz miqdorini ko'rsatadi. Bu jarayon infraqizil nurlar ta’sirida boTganligi tufayli juda tez bajariladi.
Adabiyotda granulalardagi qoldiq namlikni Chijova asbobi- da, ultrabinafsha nurlar yordamida, distillatsion usulda va Fisher reaktivi yordamida aniqlash usullari keltirilgan. Lekin bu usullar- ning ayrim jiddiy kamchiliklari boTganligi uchun amaliyotda ish- latilmaydi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling