Suyultirish usulida donadorlash. Bu usul 1958- 1964-yillar- da chet ellarda tavsiya etilgan boTib, 1970-yilda Sankt-Peterburg kimyo-farmatsevtika institutida shu usul bilan anestezin. amidopi- rin, fenobarbital va bir necha murakkab tabletkalar olish bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi (El-Banna X. M.).
Buning uchun uch og'izli dumaloq kolbaga dori modda solinib. termometr va aralashtirgich tushirib qo'yiladi. Kolba suv va parafin hammomiga joylashtirilib. suyulguncha qizdiri- ladi. Suyultirilgan modda chinni kosachalarga quyib sovutiladi. Qotishma maydalanib, donador shaklga keltiriladi. Tabletka qat- tiqligini ta'minlash uchun suyuqlikka qand upasi qo'shib, sus- penziya holiga keltiriladi va sovutiladi. Bu usuldan ilmiy ishlar- da qattiq dispers tarmoq yordamida ta'siri uzaytirilgan rabletka- lar tayyorlashda foydalaniladi.
Granula tayyorlashda keyingi vaqtlarda aralashtirish yoki quri- tish jarayoni birgalikda olib boriladigan qurilmalar ishlatila bosh- landi. Bular jumlasiga: markazdan qochma kuchiga asoslanib ish- laydigan aralashtirgich-granulator. yuqori tezlikda ishlaydigan aralashtirgich-granulator kiradi.
Markazdan qochma kuchga asoslanib ishlaydigan aralashtir- gich-granulator (47-rasm)da bog‘lovchi modda naycha (1) orqali rotor (2) sathiga tushib. uni qoplaydi.
Sochiluvchi modda naycha orqali markazdan qochma kuchga asosan suyuqlikka borib yopishadi. Bunda aralashma konussimon devor (3)ga urilib teshiklardan o'tadi va havo oqimi to’r (4) orqa- li qurilmaning konussimon qismida to'planadi. Havo esa tashqari- ga chiqadi. Yuqori tezlikda ishlaydigan aralashtirgich-granulator- ning (Angliya va Belgiya firmalari) ostki qismi dumaloq, germe- tik berkitilgan va o’ta silliqlangan bo'lib, 2 ta aralashtirgichi bor. Bulardan biri (1) (48-rasm) massani harakatga keltiradi. ikkinchi- si esa (3) noto'g'ri shakldagi zarrachalarning maydalanishiga xiz- mat qiladi. Har ikki aralashtirgichning ishini idoraqilish imkoniya- ti bor. Bu qurilmalarda ish jarayoni tez kechadi. Bog'lovchi mod- da aralashtirgichda (3) quruq aralashma bilan aralashadi. Tezlik- ni tanlash bilan granulatning katta-kichikligini ta'minlash mumkin. Tayyor mahsulot eshikcha (4) orqali to'plagich yordamida yig'ib olinadi va quritishga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |