0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet99/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

G‘alvirdan o'tkazib donadorlash. Bu oddiy. qulay va eng ko’p qodlanadigan usul bodib, namlash bilan donadorlash deb ham ataladi. Bu usul ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bos- qichda donadorlash uchun mo'ljallangan oldindan maydalab. elak- lab aralashtirilgan tabletka tarkibiga kiradigan tolqonlar zettasimon aralashtirgichda bog'lovchi moddalar bilan namlanadi.
Namlash uchun olingan bog'lovchi modda miqdori aralashma- ga kiradigan moddalaming xususiyatiga bog‘liq bo‘lib. 10-30 %. ba’zan undan yuqori bo‘lishi mumkin. Lekin namlangan massa bar- moqlar orasiga olib ezib ko'rilganda yopishib qoladigan va sochi- luvchan bo'lmasligi kerak.
Bir xil va me’yorida namlangan massa granulator asbobi (3-5 mm li elak) orqali donador shaklga keltiriladi va u qurit- kichlarda ma'lum namlik qolguncha quritiladi. Bu bosqich nam- lash yo'li bilan donadorlash deyiladi.
Ikkinchi bosqich yoki quruq bolda donadorlash. Birinchi bosqichda quritilgan massa qayta granulatordan o'tkaziladi. Granu- lator teshikchalarining diametri 1-3 mm ni. ko“pincha 1.5—2 mm ni tashkil etadi. Donadorlashni ikki bosqichda olib borishdan maqsad, donadorlangan massaning kattaligi nisbatan bir xil bo'lishiga eri- shish. uning tez va bir me'yorda quritilishini ta'minlashdir. Shu- ning uchun quritish jarayonidan so'ng massaning bir xil qurishi- ga xalaqit beradigan omillar bo‘lmagan hollarda birinchi bosqich- ni tushirib qoldirish mumkin (S.M. Mahkamov. 1955-y.). Bu iqti- sodiy jihatdan samarali bo'lganligi uchun hozirgi kunda sanoat miqyosida asosan shu usuldan foydalaniiadi.
Quruq usulda donadorlash uchun ishlatiladigan granulator teshikchalarining diametrini to‘g‘ri tanlab olish texnologiya jara- yonining keyingi bosqichlari. ya'ni massaning sochiluvchanligi, sochiluvchan zichligi va tabletka mashinasining bir me'yorda ish- lashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Granulator donadorlash uchun ishlatiladigan asbob boMib. elek- tryurgich, devorlari ma'lum diametrli teshikchalardan iborat silin- dr. kurakcha va qabul idishidan iborat (44-rasm).
Donadorlanishi lozim bo'lgan massa silindr ichiga tushib tura- di. Markazdan qochma kuch silindr devoriga urilayotgan mas- saning ichida ayianib turgan kurakcha devori teshikchalaridan o'tishiga yordam beradi. Teshikdan o‘tgan donadorlangan massa to‘plagichga tushadi.
Boshqacha usulda ishlaydigan, ya'ni shnekli granulatorlar ham mavjud. Nam usul bilan donadorlashning asosiy kamchiliklaridan biri quritish muddatining uzoq davom etishi. quritkichlar ishlati- lishi, bujarayonda har xil fizik-kimyoviy o'zgarishlar ro‘y berishi mumkinligidir.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling