Polietilenoksid H (- OCH2 - CH2 - CH2 -)n - ОН (n = 2 - 85). ПЭО-200. 300. 400. 600 lar rangsiz. moysimon qovushqoq suyuqlik bo'lib, spirt va suvda yaxshi eriydi. fiziologik indif- ferent gidrolizga uchramaydi. Inyeksion eritmalarga barqaror hisoblangan ПЭО-400 qo'shiladi. ПЭО-400 suvda yomon eriy- digan va gidrolizlanishga moyilligi bo‘lgan sulfanilamidlar. bar- bituratlar, antibiotiklar, natriy askorbinatlarning eruvchanligi- ni va turg'unligini oshirish maqsadida asosiy erituvchiga 70% gacha qo'shiladi. Masalan. digoksin, levomitsetin. penitsillin. sarkolizin kabi dorilarning eritmalarini tayyorlashda ishlatila- di. Lekin ПЭО-400 ayrim dori moddalar bilan kompleks birik- ma hosil qiladi va sterillash vaqtida ular biologik faolligini to'la yo'qotishi mumkin. Ular tarkibiga fenol guruhi bo'lgan birik- malar kiradi. ПЭО-400 tarkibida past molekulali fraksiyalar- ni saqlamasligi kerak. chunki ular oksidlanib zaharli birikma- lar hosil qiladi.
Murakkab efirlar. Efirlarning qovushqoqligi moylarga nisba- tan kam bo‘lganligi va dorilarni eritish xossasi y uqori bo'lganligidan inyeksion eritmalar tayyorlashda ko'p ishlatiladi. Lekin ularning kislotali va ishqoriy muhitda gidrolizlanib. tegishli kislota va spirt- larga parchalanishini hisobga olish kerak. Harorat ko'tarilishi bilan bu jarayon yanada tezlashadi. Dori moddalarning moyda erishi- ni yaxshilash maqsadida ko'pincha benzil-benzoat va izopropil miristatlar ishlatiladi.
Benzil-benzoat (C6H5 - C-O-CH2 -С6Н5).
0
Rangsiz. moysimon suyuqlik. suvda erimaydi. spirt va moy bilan yaxshi aralashadi. kam zaharli. lekin o'zi farmakologik ta'sirga ega. U yurak va nafas oiish organlariga depression ta'sir ko'rsatadi. Progesteron, gidroksiprogesteron. dimerkapton moyli eritmalarini tayyorlashda 20-40 % gacha qo'shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |