Shprisli usulda yuvish. Buni I. G.Kutateiadze taklif qilgan bo'lib, har bir ampula shpris ignasiga kirgiziladi va 2 atm bosim ostida qaynoq distillangan suv bilan yuviladi. Keyin ampulalarga suv bug‘i yuboriladi. Xorijiy mamlakatlarda bu usul avtomatik rav- ishda ishlaydigan Angliyaning ,.Amprinsep“, AQShning, Germa- niyaning „Shtrunk“ kabi firmalari ishlab chiqargan avtomatlari- da amalga oshiriladi. Ular soatiga 15 minggacha ampulani yuqori sifatli qilib yuvishi mumkin.
Vakuum usuli. Keng qo'llaniladigan usul bo'lib, oldindan belgilangan dastur bo'yicha yarim avtomatik ravishda ishlay- di. Ishlash jarayoni quyidagicha: asbob ichidagi suv quyiladi- gan idish ustiga kapillarli pastga qaratib terilgan ampulalar joy- lashtirilgan kasseta qo'yiladi. Asbob qopqog'i zich berkitilib. havosi so‘rib olinadi. Bunda havo bilan birgalikda ampula ichi- dagi iflosliklar chiqib ketadi. So‘ng idishga avtomatik ravish- da qaynoq suv quyilib, ma'lum vakuum hosil bo‘lguncha havo- si so'rib olinadi. So'ng havo jo'mragini ochib, asbobga filtrlan- gan havo yuboriladi. Bunda ampufalar ichiga suv kiradi. Idishda- gi suv chiqarib yuborilib. havosi so‘rib olinadi. Natijada ampula ichidagi suv chiqarib yuboriladi. Ko'pincha bu jarayon yetti mar- ta qaytariladi. shulardan olti martasida 70-80 °C gacha istilgan suv, oxirgi galda distillangan suv bilan yuviladi. Jarayon tuga- gach. asbob qopqog'i avtomatik ravishda ochilib. ish tugagani haqida xabar beradi.
Turbovakuum usuli. Yuvish turbovakuum asbobida olib bori- lib. jarayon avtomatik usulda boshqariladi. Kassetadagi ampulalar asbobga kapillari pastga qaratib joylashtiriladi va qopqog'i ber-
118 kitiladi, vakuum hosil qilinadi (0.5 atm). So'ng asbobning idishiga 60 °C li suv solib. vakuum 0,7-0.8 atm gacha yetkaziladi va asbob- ga to'satdan tozalangan havo oqimi yuboriladi. Bunda birdani- ga bosim o'zgarishi hisobiga ampulaning ichiga suv girdob hosil qilib kiradi va iflosliklar ampula yuzasidan ajralib suvga o'tadi. Keyin havo jo‘mragini berkitib. 0,8-0,86 atm. vakuum hosil qili- nadi va suv iflos zarrachalar bilan tezda chiqarib yuboriladi. Shu tarzda jarayon 4-8 marta takrorlanadi. So'ng ampula 1-2 marta distillangan suv bilan yuviladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |