0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shisha naylar va ularni saralash.
- Kamera usulida yuvish.
- Ultratovush yordamida yuvish.
- Kontaktli ultratovush yordamida yuvish.
- Ampula tayyorlash.
12-jadval
Shishaning tarkibi va navlari
Shishaga kislotali va suvli eritmalar ta'sir ettirilsa. ishqor- lanish reaksiyasi bilan bir vaqtda shishaning tashqi qavatida ishqoriy va ishqoriy-yer metallari komponentlariga to'yingan kremnezem pardasini hosil qiladi va parda asta-sekin qalinlashib boradi. Natijadau ishqoriy metallarning ichki qallamdanchiqishi- ga yo'l qo'ymaydi. Shu sababli ishqorlanish jarayoni asta-sekin to'xtaydi. Ishqoriy eritmalar esa shisha yuzasiga boshqacha ta'sir qiladi. Boshlanishda shisha yuzasida kremnezem pardasi hosil bo'lmaydi, eritma shisha yuzasini eritadi va natijada eritma krem- niy kislota bilan ifloslanadi. Shunga ko'ra, ishqoriy eritma bilan to'ldirilgan ampulalar neytral yoki kislotali ampulalarga nisba- tan ko'proq yemiriladi, lekin bu jarayon uzoq vaqt davom etishi mumkin emas, chunki har qanday shishaning asosiy tarkibiy qis- mini kremnezem tashkil qilib. u shisha yuzasida parda hosil qila- di va shishani yemirilish. ishqorlanishdan va eritmani ifloslanish- dan saqlaydi. Shisha naylar va ularni saralash. Naylar bir jinsli (havo pufakchalari va begona aralashmalarsiz), kesimi to'g'ri (doi- ra shaklida) va uzunligi bo'yicha diametri bir xil bo'lishi kerak. Tayyorlanadigan ampulalarning hajmi bir xil bo'lishi uchun shisha naylaming diametri va devorlarining qalinligi bir xil bo'lishi lozim (13-jadval). Tayyorlanadigan ampulalaming standartligi va jarayonlarni mexanizatsiya va avtomatlashtirish ko'p jihatdan saralash aniqligi- ga bog'liq bo'ladi. Naylar N. A. Fillipin dastgohida tashqi diametri bo'yicha saralanadi. Dastgoh asosan. harakatlanadigan va harakatlanmaydigan rama- lardan tashkil topgan. Harakatlanmaydiganda esa teshiklar bo‘Ia- di. Shisha naylar boshqaruvchi orqali to'siqchaga boradi va ush- lagich orqali teshikka o‘tkaziladi. Agar nay diametriga to'g'ri kel- sa, u nishob orqali pastga tushib yig'iladi, to‘g‘ri kelmasa keyingi galda, boshqa kalibrlarga uzatiladi va h.k. naylardan yuvish kame- rada va ultratovush yordamida olib boriladi. jadval Sbisha naylar tavsifi
Kamera usulida yuvish. Yuvish jarayoni ikkita zich berki- tilgan kamerada galma-galdan oiib boriladi. Saralangan nay- iar tik holda karaeraga 250-350 kg dan joylashtiriladi. Kamera suv bilan to‘ldiriladi. qaynash haroratigacha qizdiriladi va ivi- tish uchun qoldiriladi. So'ng kameraga filtriangan havo yubori- ladi. Bunda suv girdob hosil qilib qaynaydi va naylar iflosliklar- dan tozalanadi. Kameraning pastki jo'mragi orqali suv tushiri- ladi. So'ng shiddat bilan tuzsizlantirilgan suv yuborilib naylar yuviladi. Naylarni quritish uchun kameraga filtrlangan issiq havo yuboriladi. Bu usulda yuvish vaqti naylarning diametriga qarab turlicha bo'ladi. Masalan: kichik diametrli naylarni yuvish jarayoni 3 soatgacha davom etadi. Sankt-Peterburgda ..Октябрь" ishlab chiqarish birlashmasidan naylar obzanlarda ko'p bosqichli usulda yuviladi. Birinchi obzan- da naylar dastasi qaynoq suv bilan ivitib qo"yiladi. keyingi obzan- da girdob usulida yuviladi. so'ngra obzanda 60-70 °C suv bilan 6 atm bosim ostida shiddat bilan purkab yuviladi. So'ngra nay- lar 75-80°C gacha isitilgan havo oqimida quritiladi. Kamera va obzan usullarida yuvganda suv ko'p sarflanadi va naylar yetarlicha tozalanmaydi, chunki suv oqimining tezligi 10 m/s dan oshmay- di, yopishgan (adgeziya) zarrachalaming ko'chishi uchun esa oqim tezligi 100 m/s bo'lishi kerak. Ultratovush yordamida yuvish. Bu usul qurilmasini 1963- yilda I.E.Elpiner taklif qilgan bo"lib. u obzan va uning tubidagi teshikka o'matilgan to'rtta PMP-2,5 tipidagi magnitOCTriksion ultratovush manbalar (o^zgartirgichlar), uzatkich, yulduzcha zan- jirli transportyor. purkab yuvadigan nayiarni qabul qiladigan to'plagichlardan tashkil topgan. Obzandagi suvning hajmi doimiy bo'lib. 40 sm qalinlikda bo'ladi. Yuvish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: sara- langan naylar uzatkichdan transportyor orqali uzatilib, ketma-ket suvga botiriladi. Bunday naylarga ultratovush suv qatlami orqali ta sir qiladi va tozalangan naylar obzandan ko"tarilganda bosim ostida 60-70 °C haroratli suv bilan yuviladi va to4plagichga uzatiladi. Kontaktli ultratovush yordamida yuvish. Ultratovush suv qatlami orqali naylarga tarqatilayotganda uning bir qism kuchi „yo'lda” so'nib, unumdorligi pasayadi. Shu sababli G. G. Stol- yarova va boshqalar (1972-y.) kontaktli ultratovush yordamida yuvishni taklif etadilar. Bunda shisha naylar bevosita ultratovush manbayiga tegib turishi natijasida ular berilgan chastotada tebra- nadi va mexanik iflosliklardan to'la tozalanib. ish unumdorligi aneha oshadi. Qurilma obzanga o'rnatilgan 20 kHs chastotali ПМС-6М magnitostriksion ultratovush manbaidan. toLplagich va zanjirlar- dan iborat. To'plagichga joylashtirilgan shisha naylar avtomatik usulda yon tomoni bilan (по торцу) toLg‘irlanib donalab zanjirga uzati- ladi. Zanjir esa ularni ultratovush manbayidan bevosita kontaktda bo‘lishini ta'minlaydi va 7 soniya davomida ultratovush ta'sirida bo'ladi. So‘ngra 5-6 kg/sm2 bosim ostidagi suv bilan purkab yuvila- di. Yuvib, tozalangan naylar quritilgach, ikki tomoni rezina bilan berkitilgan bog‘lam holida pulka tayyorlash bo‘limiga o‘tkaziladi. Ampula tayyorlash. Naylardan ampula tayyorlash „Ambeg" va „Matver" kabi aylanma harakatli yarim avtomatlarda olib bori- ladi. ,.Ambeg"da soatiga 1100 donagacha 1-2 ml li, 1000 dona- gacha 10 ml li va 700 donagacha sig'imi 20 ml li. ampula tayyor- lash mumkin. Bu avtomat pastki va yuqorigi patronlardan, chekla- gich (органичитель) va bir nechta yong‘ichlardan tashkil topgan. Birinchi pozitsiyada nay yuqoridagi patron orqali belgilovchi chek- lagichgacha tushiriladi. Bu vaqtda pastki patron rolik (g'ildirak) yordamida kopir (baland-past iz) bo'yicha harakatlanib. II pozi- tsiyada nayning pastki tomonidan siqib oladi va u yong‘ich alan- gasida yumshaguncha o‘z o‘qi atrofida aylanadi. III pozitsiya- da yong'ichning alangasi o'chadi va pastki patron kopir bo‘yicha eng pastki nuqtagacha tushib, nayni cho'zadi va bo'lajak ampula- ning kapillarini hosil qiladi. IV pozitsiyada yong‘ich yana yonadi va kuchli alanga kapillarni kesadi va ayni vaqtda yong'ich kelgu- si ampulaning tubini ham kavsharlaydi (V pozitsiya). So'ngra past- ki patron ochiladi va tayyor ampula avtomatdan tarnovga tushadi (IV pozitsiya). Keyin patron kopir bo'yicha ko'tarilib. yana birin- chi pozitsiyaga qaytadi va jarayon takrorlanadi. Yangi 16 shpindelli 0-7 modelliavtomatesasoatigaSlOO dona- gacha 1-10 ml li ampula tayyorlashi mumkin. Bu avtomat ichki va tashqi yong'ichlar bilan ta'minlangan bo'lib. bir aylanma harakati davomida 16 ta ampula hosil bo'ladi. 116 Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling