0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet57/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Muldlamelyar liposomalar piyoz tuzilishiga o‘xshash bo'lib. bir nechta konsentrik lipid qavatlardan iborat. Bu qavatlarni bir- biridan suv qatlami ajratib turadi. Lipid qatlami orasidagi maso- fa 7.5 nanometrga teng. bunday liposomaning kattaligi 1-2 dan 50 mikrometrgacha bo'ladi.
Ultratovush yordamida multilamelyar liposomalar oddiy yoki monomelyar iiposomalarga bo'linadi. Lflarning kattaligi 20-50 nm ga teng.
юз

Makrovezikulyar liposomalar. Bular kichik mikroliposoma- larning birikishidan hosil bo‘Iadi. Bu jarayon kalsiy ioni ham- da manfiy zaryadlangan fosfolipid ion guruhlari ta'sirida bo‘ladi. Bunday liposomalar bitta qo'shaloq qavatdan tashkil topgan bo'lib, diametri 68-100 mikrometrgacha yetadi.
Liposomalarning shakli va katta-kichikligi tayyoriash jarayoni- ga, muhitga, anorganik tuzlar ishtirokiga va olingan lipid tabiati- ga bog'liq bo'ladi. Liposoma shaklidagi dorilar (fermentlar. insu- lin va boshqalar) ishlatilishining boisi - dori shaklini tayyorlash- ning soddaligi, tanadan ajralib chiqishining osonligi va ulaming tana biomembranasiga. tabiatiga yaqinligidir. Liposoma dori shak- lida ishlatiladigan lipidlar gidrofil va gidrofob qismlardan iborat. Gidrofil qismi suvga qaragan bo'ladi. Ishlatiladigan dori suv yoki yog‘ qavatida eriydi.
Liposomalar organizmga tushib, hujayra yonidan o‘tayotganda o'ziga o‘xshash hujayra membranasiga duch kelib, u bilan birikadi. Shundan so'ng ikkita to'qima o'rtasida modda almashish jarayoni ro‘y beradi-Bujarayonlll bosqichdaboradi: I bosqichdabo'shliqlar hosi) bo'ladi, II bosqichda shimiladi va Ш bosqichda hujayra lipo- somani yutib yuboradi. Shunda dori liposomadan to'qima ichiga o;tib oladi, ya'ni hujayralar o‘zaro birikib ketadi. Liposomal dori- lar to‘qima infeksiyalari. ko'z kasalliklari va saratonni davolash- da ishlatiladi.
XXI asrda. dunyo bozorida liposoma dori turi 20-25 % ni tash- kil etishi modjallangan.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling