0‘zbekiston respublikasi qishloq уа suv xo‘jaligi vazirligi
Sizot suvlarning yillik oqimini aniqlash 152
Download 3.51 Mb.
|
portal.guldu.uz-QISHLOQ XO‘JALIK MELIORATSIYASI FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLA
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘Z BOSHI
- SUG‘ORILADIGAN YERLARDA SIZOT SUVLAR SATHINING KO‘TARILISHINI HISOBLASH
Sizot suvlarning yillik oqimini aniqlash 152
Tuproqning aktiv qatlamdagi yillik tuz balansini hisoblash 156 Foydalanilgan adabiyotlar 161 3
Tuproqlar melioratsiyasi qishloq xo‘jaligida dolzarb muammo- lardan biri bo'lib qolmoqda. Qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda ortiqcha me'yordagi suv sarfi sug'oriladigan yerlarning sifatini bu- zib, tuproqlarning meliorativ holatini yomonlashishiga va ularning qayta shurlanib ketishiga asos bo‘lmoqda. So‘ngi yillarda respublika hukumati sug'oriladigan yerlarning holatini nazorat qilish va tuproqlar melioratsiyasini yaxshilash borasida juda ko‘p qaror va qonunlar chqarmoqda. Jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 30 oktabrdagi “Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomil- lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu sohada navbat- dagi ishlarning bir ko'rinishidir. Ushbu Farmondan kelib chiqib, soha mutaxassislari oldiga muhim vazifalar qo‘yilmoqdaki, uning yechimi bevosita sohani mukammal biladigan kadrlar tayyorlash bilan bog‘liqdir. Melioratsiya fanidan amaliy mashg'ulotlar va laboratoriya ish- lari» o‘quv qo'llanmasi yuqoridagi vazifalarni ko‘zda tutgan holda tayyorlandi. Ushbu o‘quv qo'llanma yangi davlat standartlariga binoan qabul qilingan namunaviy dastur asosida tayyorlangan. O'quv qo'llanmada ekinlarni sug'orish asoslari va melioratsiya fani bo‘icha amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlari kiritilgan. Har bir amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishida uning maq- sadi, vazifasi, ahamiyati hisob-kitob qilish va bajarish tartibi, shuningdek, mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. 4
SATHINING KO‘TARILISHINI HISOBLASH Sizot suvlarning joylashishi chuqurligi va ularning tarkibi tuproqlarning meliorativ holatiga (sho‘rlanish va botqoqlanish) ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi. Har bir meliorativ rayonda uning sathini o‘zgarishi nazorat qilib turlishi kerak. Albatta nazorat qilib tegishli xulosa chiqarish uchun ma'lum bir hisoblashlar olib borish kerak bo‘ladi. Ana shu o'rinda sizot suvlarni o‘zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarga e'tibor qaratish zarur. Jumladan, sug'oriladigan yerlarda sug'orish tarmoqlarining yetarli darajada talabga javob bermasligi tufayli ko‘p miqdorda suvlar tuproqlarning ostki qatla- miga shimilib sarf bo‘lmoqda. Qaysiki bu jarayon sizot suvlariga qo‘shilib, ularning sathini ko‘tarilishiga va tuproqlarning meliorativ holatini yomonlashuviga olib kelmoqda. Sho‘rlangan sizot suvlari- ning yer sathiga yaqin joylashuvi natijasida ular kapillyarlar orqali yuqoriga ko'tariladi, bug‘lanib hisobiy qatlamda ko‘p miqdorda tuz to‘planishiga sabab bo'ladi. Chuchuk va kam sho‘rlangan sizot suvlarni tuproq yuzasiga yaqin joylashganligi o‘simliklarning suvga bo‘lgan extiyojini qondirishda ma’Ium darajada ahamiyatga ega. Masalan, bunday sizot suvlari 1 m gacha chuqurlikda joylashgan bo‘lsa, o‘simliklarning suvga bo'lgan extiyojini 60-65% gacha, 1-2 metrgacha joylashgan bo'lsa - 35-40% gacha, 2-3 metrgacha bo‘lsa — 10-15% gacha ta'minlaydi va 3-3,5 m dan chuqurda joylashgan bo‘lsa, o‘simliklar ainalda undan foydalana olmaydi. Sho‘rlangan sizot suvlar konsentrasiyasining 4-5 g/ £ va undan oshib ketishi ularning sathining kritik chuqurlikdan yuqoriga ko‘ta- rib tuproqlarning sho‘rlanish jarayonini tezlatadi, unumdorligini pasaytiradi va yerlarni yaroqsiz holatga olib keladi. Shu sababdan sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida sizot suvlari sathining ko‘ta- rilishiga alohida e'tibor berish kerak. 1-Topshiriq. Quyidagi ma'lumotlar asosida sizot suvlar sathini ko'tarilishini hisoblang: sizot suvlar chuqurligi — 2,1 m; tuproqning toiiq dala nam sigimi — 22,4%; sug‘orish oldidan tuproq namligi — 18,2%; tuproqning hajm massasi — 1,36 t/m3; tuproqning umumiy g‘ovakliligi — 46,7%; novegetasiya davrdagi yogingarchilik miqdori — 168 mm; yog‘in suvlarining tuproqqa singish koeffisienti — 0,60; sho‘r yuvish va ekishdan oldingi sug‘orish me’yorlari— 2400 m3/ga, 5
sug‘orish tarmoqlarida suvning filtrasiyaga sarf bo'lishi - 920 Download 3.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling