0‘zbekiston respublikasi qishloq уа suv xo‘jaligi vazirligi


Sizot suvlarning yillik oqimini aniqlash 152


Download 3.51 Mb.
bet4/41
Sana28.10.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1729758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
portal.guldu.uz-QISHLOQ XO‘JALIK MELIORATSIYASI FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLA

Sizot suvlarning yillik oqimini aniqlash 152
Tuproqning aktiv qatlamdagi yillik tuz balansini hisoblash 156
Foydalanilgan adabiyotlar 161


3


SO‘Z BOSHI




Tuproqlar melioratsiyasi qishloq xo‘jaligida dolzarb muammo-
lardan biri bo'lib qolmoqda. Qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda
ortiqcha me'yordagi suv sarfi sug'oriladigan yerlarning sifatini bu-
zib, tuproqlarning meliorativ holatini yomonlashishiga va ularning
qayta shurlanib ketishiga asos bo‘lmoqda.
So‘ngi yillarda respublika hukumati sug'oriladigan yerlarning
holatini nazorat qilish va tuproqlar melioratsiyasini yaxshilash
borasida juda ko‘p qaror va qonunlar chqarmoqda. Jumladan,
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 30 oktabrdagi
“Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomil-
lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu sohada navbat-
dagi ishlarning bir ko'rinishidir. Ushbu Farmondan kelib chiqib,
soha mutaxassislari oldiga muhim vazifalar qo‘yilmoqdaki, uning
yechimi bevosita sohani mukammal biladigan kadrlar tayyorlash
bilan bog‘liqdir.
Melioratsiya fanidan amaliy mashg'ulotlar va laboratoriya ish-
lari» o‘quv qo'llanmasi yuqoridagi vazifalarni ko‘zda tutgan holda
tayyorlandi. Ushbu o‘quv qo'llanma yangi davlat standartlariga
binoan qabul qilingan namunaviy dastur asosida tayyorlangan.
O'quv qo'llanmada ekinlarni sug'orish asoslari va melioratsiya fani
bo‘icha amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlari kiritilgan.
Har bir amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishida uning maq-
sadi, vazifasi, ahamiyati hisob-kitob qilish va bajarish tartibi,
shuningdek, mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan.


4


SUG‘ORILADIGAN YERLARDA SIZOT SUVLAR


SATHINING KO‘TARILISHINI HISOBLASH



Sizot suvlarning joylashishi chuqurligi va ularning tarkibi
tuproqlarning meliorativ holatiga (sho‘rlanish va botqoqlanish)
ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi. Har bir meliorativ rayonda uning
sathini o‘zgarishi nazorat qilib turlishi kerak. Albatta nazorat qilib
tegishli xulosa chiqarish uchun ma'lum bir hisoblashlar olib borish
kerak bo‘ladi. Ana shu o'rinda sizot suvlarni o‘zgarishiga ta'sir
qiluvchi omillarga e'tibor qaratish zarur. Jumladan, sug'oriladigan
yerlarda sug'orish tarmoqlarining yetarli darajada talabga javob
bermasligi tufayli ko‘p miqdorda suvlar tuproqlarning ostki qatla-
miga shimilib sarf bo‘lmoqda. Qaysiki bu jarayon sizot suvlariga
qo‘shilib, ularning sathini ko‘tarilishiga va tuproqlarning meliorativ
holatini yomonlashuviga olib kelmoqda. Sho‘rlangan sizot suvlari-
ning yer sathiga yaqin joylashuvi natijasida ular kapillyarlar orqali
yuqoriga ko'tariladi, bug‘lanib hisobiy qatlamda ko‘p miqdorda tuz
to‘planishiga sabab bo'ladi. Chuchuk va kam sho‘rlangan sizot
suvlarni tuproq yuzasiga yaqin joylashganligi o‘simliklarning suvga
bo‘lgan extiyojini qondirishda ma’Ium darajada ahamiyatga ega.
Masalan, bunday sizot suvlari 1 m gacha chuqurlikda joylashgan
bo‘lsa, o‘simliklarning suvga bo'lgan extiyojini 60-65% gacha, 1-2

metrgacha joylashgan bo'lsa - 35-40% gacha, 2-3 metrgacha bo‘lsa
— 10-15% gacha ta'minlaydi va 3-3,5 m dan chuqurda joylashgan
bo‘lsa, o‘simliklar ainalda undan foydalana olmaydi.
Sho‘rlangan sizot suvlar konsentrasiyasining 4-5 g/ £ va undan
oshib ketishi ularning sathining kritik chuqurlikdan yuqoriga ko‘ta-
rib tuproqlarning sho‘rlanish jarayonini tezlatadi, unumdorligini
pasaytiradi va yerlarni yaroqsiz holatga olib keladi. Shu sababdan
sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida sizot suvlari sathining ko‘ta-
rilishiga alohida e'tibor berish kerak.
1-Topshiriq. Quyidagi ma'lumotlar asosida sizot suvlar sathini
ko'tarilishini hisoblang:

  • sizot suvlar chuqurligi — 2,1 m;

  • tuproqning toiiq dala nam sigimi — 22,4%;

  • sug‘orish oldidan tuproq namligi — 18,2%;

  • tuproqning hajm massasi — 1,36 t/m3;

  • tuproqning umumiy g‘ovakliligi — 46,7%;

  • novegetasiya davrdagi yogingarchilik miqdori — 168 mm;

  • yog‘in suvlarining tuproqqa singish koeffisienti — 0,60;

  • sho‘r yuvish va ekishdan oldingi sug‘orish me’yorlari— 2400
    m3/ga,


5


I




  • sug‘orish tarmoqlarida suvning filtrasiyaga sarf bo'lishi - 920


Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling