Takrorlash uchun savollar:
Sug'oriladigan erlarni tekislashni qanday amaliy ahamiyati bor?
Er tekislashning nechta turini bilasiz?
Loyiha nimalarni o'z ichiga oladi?
Loyihani dala sharoitida bajarish tartibi.
18
SUG‘ORISH SHAHOBCHALARINI JOYLASHTIRISH
SXEMASI VA ULARNI SUV 0‘TKAZISH
QOBILYATINI ANIQLASH
Qishloq xo'jalik ekinlarni suv bilan ta'minlashda dalalarda
olingan sug'orish shaxobchalariga alohida e’tibor beriladi. Sug‘orish
shaxobchalarining talabga javob berishi ko‘p jihatdan uni joylashti-
rilish tartibiga ham bog'liq. Sug‘orish shahobchasi dalaning kattali-
gidan kelib chiqib, uni suv bilan ta’minlash imkoniga ega bo‘Iishi
kerak. Shu bilan bir qatorda sug'orish shahobchasida suvning
isrofgarchiligini juda kam va uni etkazib berish imkoniyati yuqori
bo‘lishi kerak. Sug‘orish shahobchalari olishda yerdan foydalanish
darajasi va texnika vositalarini ishlashi, harakati kabi jarayonlar
hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
Sug‘orish shahobchalarini joylashtirish dalalar maydoni, uning
re'lefi, tuproq va xo'jalikdagi mavjud sharoitdan kelib chiqib
belgilana-di. Sug'orish shahobchalari foydalanishga qarab muvaqqat
(o‘q ariqlar, beshamaklar, egatlar, pollar, jo'yaklar va cheklar) va
doimiy (beton novlar, beton qoplamali kanallar, yer o‘zanli ariqlar)
turlarga boiinadi (5-rasm).
Qishloq xo‘jalik texnikasini yaxshi ishlashi uchun sug‘oriladi-
gan dalalar uzunligi 500 dan 1200 inetrgacha va eni 500-700 metr
qilib olinishi kerak.
Muvaqqat sug'orish shahobchalari sug‘oriladigan dalaga nisbatan
uzunasiga yoki ko'ndalangiga olinishi mumkin. Agar sug‘orish
shahobchasi dalaning uzunasiga olinsa bunda bo‘ylama sxema hosil
bo'ladi, ko‘ndalangiga olinsa ko‘ndalang sxema hosil bo‘ladi.
Muvaqqat sug‘orish shahobchalarni bo'ylama (5-rasm) yoki ko‘n-
dalang (6-rasm) sxemada joylashtirishda joyning nishabligi katta
ahamiyatga ega. Kichik nishablikka ega bo‘lgan dalalarda sug‘orish
shahobchalari bo‘ylama sxemada joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |