1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari
-§. ASRIY XO'JALIK JARAYONLARININGBUZILISHI VA IQTISODIY INQIROZ
Download 126.53 Kb.
|
совет даври
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq xojaligidagi vay-rongarchilik, iqtisodi-yotning izdan chiqishi
9-§. ASRIY XO'JALIK JARAYONLARININGBUZILISHI VA IQTISODIY INQIROZO’zbekiston aholisining ijtimoiy tarkibi va xo'jalik faoliyati O’zbekiston hududida qozoqlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar, ruslar, kelib chiqishi hindistonlik, afg'onistonlik, eronlik va boshqa mam-lakatdan bo'lgan kishilar yasliar edilar. Til va madani-yatdagi ba'zi tafovutlar ularning totuv va bahamjihatyasliaslilariga xalal bermagan. Ular ijtimoiy-siyosiyfaohyat ko'rsatib, ro'y bergan voqealar, o'zgarishlar,jarayonlar yo'nalishiga o'z ta'sirini o'tkazib borganlar.O'zbekistondagi milliy g'oya sog'lom va adolatli turmushtarzi olib borish, boshqa mamlakatlar xalqlari hayoti bilan tanishish, ular bilan savdo va madaniy aloqalarnio'rnatish kabi an'analarda mujassamlasligan. Ijtimoiy jihatdan aholining ko'pchiligini dehqonlar,so'ngra hunarmandlar, savdo-tijorat ahli, ziyolilar, yol-lanma ishchi-mardikorlar, ruhoniylar, rus posyolkalari-ning krestyanlari, aravakaslilar, malikama xodimlaritaslikil qilgan. Sovet hokimiyati davrida banklar, aksio-nerlik jamiyatlari xodimlari, madrasa o'quvchilari, qisman masjidlarning imom-xatiblari guruhlariga zarbaberildi, ular yo'q bo'ldi yoki doirasi qisqarib ketdi.Amalga oshirilgan iqtisodiy o'zgarishlar jamiyatningasosiy ijtimoiy guruhlariga salbiy ta'sir ko'rsatganiga qaramasdan, ular 20-yillar boshiga kelganda o'z xo'jalik faoliyatlarini davom ettirishga intildilar. O'zbek dehqonlari xo'jalik salohiyati nuqtai nazari-dan uch guruhga bo'linardi: badavlat dehqonlar, o'rtasalohiyatli dehqonlar hamda kambag'allar. Sovethokimiyati davridagi ba'zi o'zgarishlarni hisobga olma-ganda, bu holat 20-yillar oxirigacha davom etib keldi.Turkistonning uchta o'zbek viloyatlaridagi dehqonxo'jaliklarining uchdan ikki qismiga yaqini ikkinchiguruhga molik bo'lgan. Buxoro davlatining markazi va g'arbiy qismlarida hamda Xorazmning voha qismidaham manzara umuman olganda shunday edi. Iqtisodiymustaqil xo'jaliklarning o'rta hisobda 2 desyatinasug'oriladigan yeri, ish hayvonlari va boshqa mehnatvositalari bo'lgan. Dehqonlar tomonidan ekilib, hosiliyig'ib kelingan yerlar ijtimoiy, shuningdek, iqtisodiyahamiyatga ega bo'lib kelgan. Shaharlarda, uyezdlar, volostlar, bekliklar vatumanlar mavzelarida, ishchi posyolkalarida O'zbe-kiston hududidagi aholining beshdan bir qismi yasliaredi. Bu hunarmandlar, savdogarlar, xizmatchilar,ishchilar va boshqalar edi. Materiallar va xom asliyo-ning kamayib va qimmatlasliib borishi, buning ustigasovet hokimiyatining tazyiqi hunarmandlar ahvoligaham ta'sir qildi. Lekin hunarmandlar soni qisqarma-di, aksincha, ba'zi joylarda ko'paydi. Chunonchi,chetdan sanoat mollari kelishining kamayishi mahal-liy kosibchilar mahsulotlariga talabni oshirib yubordi. Masalan, Farg'ona va Sirdaryo viloyatlaridagi mahal-liy to'qimachilik do'konlarini 1913-yilda 1100 kosibishlatib turgan bo'lsa, 1920-yilda ularning soni 2280kishiga yetdi. To'la bo'lmagan ma'lumotlarga qara-ganda, 1920-yilda Turkistonda 150 ming (1917-yilda-gi 91241 o'rniga) hunarmand bo'lib, ulardan ko'nchi-lar 8680, etik va mahsido'zlar 24030, ip yigiruvchilar20150, to'qimachilar 62150, temirchilar 7470 kishinitaslikil qilgan. Ko'plab sanoat korxonalari to'xtabqolishi oqibatida ishsizlar soni ko'paygan, ularningham bir qismi kosibchilik bilan shug'ullangan. Turkistonning Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona vilo-yatlarida qariyb 400 ta rus posyolkalari bo'lib, undagiaholi 100 ming kishi atrofida edi. Ularni rus krestyanlari,temir yo'l ishchilari, baliqchilar taslikil qilardi. Shu-ningdek, o'zbek shaharlarining yangi shahar qismlaridaham rus ishchilari, turli xizmatchilar yasliagan. 1920-yilda Rossiyaning ko'p guberniyalarida qur-g'oqchilik bo'lishi natijasida Turkistonga 60 mingdanko'p ochlar keldi. Mamlakatning Yevropa qismidankeluvchilar oqimi to'xtovsiz davom etdi. Turkistonda xususiy mulkchilik bekor qilingan joylarda vayrongarchilik kuchayib bor-di, egasiz korxonalar, yermaydonlari, bog'lar qarovsiz qoldi, ulardagi jihozlar talab ketildi. O'lkada qimmatchilik va inqiroz chuqurlasliib bordi. O'lkada, ayniqsa, shaharlarda g'alla, aholini non bilanta'minlasli muammosi jiddiy tus oldi. Nonni, boshqamahsulotlarni kartoclikalar bilan cheklangan miqdordataqsimlasli joriy qilindi. Bunga sinfiylik omili hamqo'shildi. Iste'molchilar soni esa pasaymadi. Buning ustiga qizil armiya qismlari ham mahalliy zaxiralardan ta'minlanar edi. Sanoat bilan qishloq xo'jaligi, shahar bilan qishloqo'rtasida mol almasliuvrning yo'qohb ketishi natijasidag'alla, oziq-ovqat mahsulotlarining dehqonlar tomo-nidan olib kelib sotilishi barham topdi. Oziq-ovqat dik-taturasi qoniqarli natija bermadi. Xalq xo'jaligidagi vay-rongarchilik, iqtisodi-yotning izdan chiqishi Sovet hokimiyati to'g'ridan-to'g'ri dehqonlarnihamda o'lkadagi rus krestyanlarini talasliga, zo'rlik bilanulardagi g'alla, oziq-ovqat, yem-xasliak, ot-ulov, mol-larni tortib olib ketishga kirishdi. Bunday bosqinchilikxatti-harakatlarini amalga oshirishda Turkistondagi bol-sheviklar, qizil armiya qo'mondonligi Rossiyada joriyqilingan tadbirlardan andoza olmoqchi bo'ldilar. Turkistonda 1920-yilga kelib qator dekretlar chiqa-rilib, oziq-ovqat razvyorstkasi joriy qilindi, ya'ni oziq-ovqatga davlat monopoliyasi asosida xo'jaliklardan or-tiqcha g'alla va boshqa mahsulotlar majburan tortib oli-nadigan bo'ldi. Amalda esa soldatlar va qurollanganishchilar (oziq-ovqat otryadlari) xo'jaliklardagi jamikig'alla va boshqa mahsulotlarni zo'rlik bilan olib ketaboshladilar, hatto urug'likka qoldirilganlari ham talabketildi. Shahar bilan qishloq o'rtasida natural molalmasliish va'da qilinganiga qaramasdan, dehqon xo'ja-liklari hech qanday sanoat mollari olmadi. «Harbiy kom-munizm» nomini olgan bu siyosat asosida shahar vatumanlarda voyaga yetgan va 55 yoshgacha bo'lganmehnat bilan band bo'lmagan har bir fuqaro majburiyravishda mehnatga jalb qilindi. Hatto namoz paytidaaskarlar masjidlarga bostirib kirib odamlarni zo'rlik bilanishga haydab borgan. Dehqonlarni talasli ularning qahr-g'azabi, norozili-gini yanada oshirdi. Razvyorstka o'lkadagi rus krestyanlariga nisbatanham amalga oshirildi, ularning noroziliklari, qarshiliklariba'zida jiddiy tus oldi. Shunda ular sovet hokimiyatidushmanlari, krestyanlar posyolkalari esa «quloqlarposyolkalari» deb qoralandi. 1920-yil yozida Markazdaularga qat'iy choralar ko'rish belgilandi. 1921—1922-yil-larda krestyanlarning yerlari natsionalizatsiya qilindi, butadbir yer reformasi (islohoti) deb ataldi. Uning asosiyrayoni Yettisuv viloyati bo'ldi, Turkrespublika bo'yichadavlat yer fondiga olingan 230 ming desyatina yerdan 26ming desyatinasi o'troq dehqonlarga berildi. Shu bilan birga yevropalik yer egalariga nisbatansiyosat o'zgaruvchan bo'ldi, ba'zida bog'lar, mollar, yerlar egalariga qaytarib ham berildi. Rossiyaliklarning Turkistonga kelishi, ularning yer bilan ta'minlanishi davometdi. Sovet hokimiyati dehqonlar qarshiligini sindirishmaqsadida ular orasida nizo va dushmanlikni keltiribchiqarmoqchi bo'ldi. 1920-yilda bo'lib o'tgan o`lka sovetlarining IX qurultoyi qishloqda sinfiy tabaqalanish-ni avj oldirish to'g'risida qaror qabul qildi. Oziq-ovqat razvyorstkasi, «harbiy kommunizm»Turkistonda normal xo'jalik aloqalarini buzdi, xo'jalik faoliyatining bosh obyektiv qonuniyati bo'lgan moddiymanfaatdorlik tamoyilini yo'qqa chiqardi. Sovet hokimiyatining iqtisodiy sohada ko'rgan choralari samarasiz bo'lib chiqdi. O'lkadagi xo'jalik hayotining inqirozi tobora halokatli tus olib bordi. Asrlar davomida tarkib topgan, dunyo mamlakatlarida mavjudbo'lgan xo'jalik shakllari va munosabatlari Turkistondainqirozga yuz tutdi. Turkistonda aholi barcha qat-lamlarining moddiy va ijti-moiy ahvoli keskin og'irlasliibketdi. Xo'jalikdagi vayron-garchilik, ziroatchi aholining surbetlarcha talanishi xalqommasini zarur mahsulotlar, birinchi navbatda nonbilan ta'minlasli ishini butkul izdan chiqardi. Odam-larning tuz, kerosin, sovun, paxta yog'i topishlari amrimahol bo'lib qoldi. To'qimachilik matolari, oddiy kalish,gugurt va shu kabilar savdodan yo'qoldi. Natijadaqishloqlarda eski mato to'qish dastgohlari ishga solinib,dag'al bo'z va qalama to'qish bilan zarur ehtiyojlarniqondirish yo'liga o'tildi. Qahatchilik zarbalarini butun aholi seza boshladi.Ayniqsa, shaharlar va posyolkalardagi aholining moddiyahvoli juda og'ir kechdi. Farg'ona viloyatida achinarliahvol vujudga keldi. Ishsizlik, ochlar, gadolar, vayronbo'lgan qishloqlardan va Rossiya guberniyalaridan kel-gan juldur va boshpanasiz bolalar qayg'uli va mudhishmanzarani taslikil qilardilar. Og'ir moddiy ahvol norozi-lik uyg'otib, yangi shaharlarda o'qituvchilar, tabobat xodimlari, idora xizmatchilari, shuningdek, ayrim ishchiguruhlarning ish taslilaslii xavfini tug'dirdi. Turar joyyetmaganligi tufayli ishchilar yuk vagonlaridan uy-joy sifatida foydalandilar. To'rt yil davomida Farg'ona viloyati aholisining sonito'rtdan bir qismga kamaydi. Bunday kamayish o'lka-ning boshqa viloyatlarida ham ma'lum darajada ro'yberdi va keyingi qator yillarda davom etib bordi. 1920-yillar o'rtasiga kelib Farg'ona va Samarqand viloyatla-ridagi dehqon xo'jaliklari soni 1917-yildagi 613506 tadan372000 taga qisqardi. Sirdaryo viloyatini ham qo'shibolganda bu uch viloyat hududida aholi soni 3 mm emas,2 mln 76 ming kishini taslikil qildi. Download 126.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling