1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari


-§. TURKISTONDA OCHARCHILIK VA UNINGOQIBATLARI


Download 126.53 Kb.
bet10/10
Sana19.05.2020
Hajmi126.53 Kb.
#107731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
совет даври

10-§. TURKISTONDA OCHARCHILIK VA UNINGOQIBATLARI


Ocharchilikning kelibchiqish sabablari vauning boshlanishi

1917-yil qurg'oqchilik bo'lib,g'alla hosili yaxshi bo'lmadi.O'sha yili Turkiston o'lkasibo'yicha 52,5 mln pud g'alla yetishtirildi. Holbuki, o'lka aholisining faqat jon saqlasliiuchun kamida 110 mln pud bug'doy kerak edi.

1917-yil qishida Turkistonda ocharchilik boshlandi.Turkiston Muxtoriyati hukumati Kavkazdan Orenburgorqali Turkistonga g'alla keltirishga harakat qilganligima'lum. Biroq Toslikentda zo'ravonlik bilan hokimiyat-ni egallagan bolsheviklar hukumatining rahbarlari nafaqat siyosiy boshqaruvda, balki iqtisodiy sohada hamqo'pol xato va jinoyatlarga yo'l qo'yishdi. Ana shundayjinoyatlardan biri 1918-yil 26-fevralda Turkiston XKSraisi F.Kolesov imzolagan paxta tolasi va xom paxtanimusodara qilish to'g'risidagi dekret edi. Mazkur dekret-ga ko'ra, qisqa vaqt ichida zavodlarga topshirilgan 3,4mln pud paxta tolasi, 6 mln pud xom paxta, 600.000 pudpaxta yog'i, 4 mln pud chigit, 1,1 mln pud kunjara sovetdavlati ixtiyoriga tekin o'tdi. Dehqonlar zavodga top-shirilgan paxtasi uchun ham, uyidan olib ketilgan paxtaxom asliyosi uchun ham loaqal past narxda bo'lsa-da,mutlaqo pul olishmadi. Bu hoi, bir tomondan, paxtakordehqonlarni junbushga keltirsa, ikkinchi tomondan,ocharchilikni kuchaytirib yubordi.

Turkistondagi ocharchilik bolshevikcha rejimningqattol siyosati natijasida 1918-yil boshlariga kelganda avjolib ketdi. Oziq-ovqat muammosi bu paytga kelibTurkiston respublikasidagi eng o'tkir muammolardanbiriga aylangan edi. Bolsheviklar mahalliy aholi qo'lida-gi g'alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tortib olishuchun qat'iy choralarni belgilaslidi. 1918-yil 9-maydaRSFSR da oziq-ovqat diktaturasi joriy qilindi. Bumasala Markazning o'zida ham qattiqqo'llik bilan amal-ga oshirildi. 15-iyunda Turkitsonda uch kishidan iborato'lka oziq-ovqat direktoriyasi taslikil qilindi.

Biroq direktoriya o'z faoliyati davomida katta xato-larga yo'l qo'ydi. Natijada ocharchilikdan qutula ol-mayotgan aholi qirila boshladi. «Ruslarning yangi sha-hari va unda kun ko'rayotgan sovet hokimiyati bilanmahalliy aholi o'rtasida o'tib bo'lmas devor paydobo'ldi», — deb e'tirof qilishga majbur bo'lgan ediTurkbyuro raisining muovini G.Safarov.

Bolshevistik rejim 1919-yil 4-iyunda «G'alla monopoliyasito'g'risida», «Sinfiy non pa-yogi to'g'risida», «Turkistonrespublikasida oziq-ovqatsiyosatini amalga oshirish yuzasidan oziq-ovqat komis-sariga favqulodda vakolatlar berish to'g'risida» kabi dekretlarni qabul qilishi bilan Turkistonda oziq-ovqatdiktaturasini joriy qildi. G'alla monopoliyasi hech qan-day tayyorgarliksiz joriy qilindi va shafqatsiz ravishdaamalga oshirildi. Bu holat Turkistonda ocharchilikningnihoyatda kuchayishiga olib keldi.

Ocharchilikka qarshi kurasli markaziy komissiyasiraisi T.Risqulov o'z tarjimai holida yozganidek,«haqiqatan ham ko'chalar, ariqlar va qishloqlarda o'la-yotgan millionlab yo'qsullar va bolalarni qutqarish kerakedi, o'sha vaqtdagi hokimiyat bunga panja orasidanqarardi (masalan, 1 mln och kishi uchun hammasi bo'lib50 mln so'm pul ajratildi)». Qiyoslasli uchun shu narsanikeltirib o'tamizki, o'sha paytda bir buxanka nonningnarxi 1000 so'm atrofida bo'lgan.

Farg'ona viloyati sovetlarining XIII s'yezdida viloyatinqilobiy qo'mitasi raisi vodiydagi ocharchilik to'g'risidato'xtalib, shunday degan edi: «1917—1918-yillardagiocharchilik Farg'ona viloyati xo'jaligining vayronbo'lishida kuchli ta'sir ko'rsatdi ... Faqat Qo'qon vaMarg'ilon uyezdlarida ocharchilik oqibatida 1917—1923-yillarda 0,5 mln odam o'ldi». Arxiv hujjatlariningdalolat berishicha, «Farg'ona vodiysida 1917—1923-yil-larda ocharchilik natijasida 1 mln kishi halok bo'lgan».

Turkiston respublikasidagi dahshatli ocharchilikuning boshqa viloyatlariga ham keng tarqaldi. Masalan,Samarqand viloyati Jizzax uyezdining 70 foiz aholisiochlikdan qirilib ketdi. Boshqa uezdlarda ham ahvolshunday fojiali edi. Samarqand uyezdining o'zida esa70.000 odam ocharchilikdan o'lib ketdi.

T.Risqulov sal keyinchalik yozgan «Inqilob vaTurkistonning tub aholisi» asarida o'sha davrda Turkistonda, xususan Farg'ona vodiysi va Yettisuvda avjolgan ocharchilikning butun dahshatlarini ko'rsatib be-radi. Uning fikricha, o'lka butun aholisining teng yarmi,taxminan, 2,5 mln kishi ochlikdan azob chekkan.Ocharchilik Turkistonda 1923-yilning oxirigacha davometdi.

T.Risqulov Turkiston sovetlarining favqulodda VIIs'yezdida butun bir millat yo'q bo'lib ketishi mumkinli-gi haqida gapirganda uning so'zlarida kuchli dard bor edi. Ko'z ko'rib, quloq eshitmagan hodisalar haqidaoziq-ovqat komissari V.Lapin tan olib, quyidagi fikrniyozgan edi: «Markaziy Rossiyadagi ocharchiliklar Turkistondagi dahshatlar oldida hech narsa emas».

Shu narsa xarakterli holki, ocharchilik Buxoroamirligi va Xiva xonligi hududida deyarli tarqalmagan.Aksincha, bu mamlakatlarda respublika tuzumi o'rnatil-gach, ular Turkistondagi birodarlariga iqtisodiy yordamberishgan.

Dahshatli ocharchilik va og'iriqtisodiy inqirozni boshidankechirayotgan Turkiston o'l-kasidan Rossiya markazigaeng a vvalo oziq-ovqat mah-sulotlarini olib chiqib ketish tobora kuchaydi. Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha,1920-yilda tasliib ketilayotgan g'alla mahsulotlari vaboshqa oziq-ovqat turlarining miqdori 4,5 marta ko'pay-gan. Boshqa bir hujjatda yozilishicha, «1921—1922-yil-larda Turkistondan Rossiyaga 4.400.000 pud g'allajo'natilgan». O'sha paytda don yetishtirishga ixtisoslasli-magan Turkiston qishloq xo'jaligi uchun bu katta miq-dordagi hosil hisoblangan. Chunki, Turkiston chorizmtomonidan bosib olingach, o'lkadagi bug'doyzorlar hiso-bidan paxta ekiladigan maydonlar kengaytirilgan bo'lib,g'alla Rossiyaning markaziy guberniyalaridan bu yergatasliib kelinardi. Ma'lumki, Turkistonda bolsheviklarhokimiyat tepasiga kelgach, Rossiyadagi fuqarolar urushinatijasida o'lkaga g'alla keltirish deyarli to'xtab qolgan edi.

1920-yil boshlariga kelganda g'alla monopoliyasisiyosati bir qadar yumshatildi. Oziq-ovqat razvyorstkasiko'rinishidagi monopoliyani faqat ko'chirib keltirilgankrestyanlar yasliaydigan rayonlarda o'tkazishga qarorqilindi. Mahalliy aholi yasliaydigan joylarda naturasolig'i joriy qilindi. Biroq oziq-ovqat tayyorlaslidagi ta-baqalaslitirilgan bunday yondasliuv uzoq saqlanib qol-madi. Turkkomissiya a'zolari V.Kuybishev va F.Golosh-chyokinning tazyiqi bilan 1920-yil avgustda butunTurkiston respublikasi hududida oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) ni joriy etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Oziq-ovqat razvyorstkasi aholini ochiqdan-ochiqtalasliga aylanib, ijtimoiy keskinlikni kuchaytirib yubor-di. Oziq-ovqat to'plovchi otryadlar mahalliy xalqni qonqaqshatib, uning so'nggi burda nonini ham tortib olisharedi.

Turkiston respublikasidagi oziq-ovqat to'plovchiotryadlar faqat 1920—21-xo'jalik yilida mahalliy aholiqo'lidan 9.708.703 pud g'alla, 6.358.144 pud yem-xa-shak, 1.606.210 pud go'sht va boshqa mahsulotlarni tor-tib olishdi. Tortib olingan oziq-ovqat mahsulotlariRossiyaga jo'natilar edi.

Shunday qilib, Turkistonda g'alla monopoliyasi vaoziq-ovqat razvyorstkasi natijasida mahalliy aholi qo'-lidan:

1) 1918—19-yillarda zo'ravonlik va nomigagina tovarayirboshlasli yo'li bilan 4.500.000 pud;

2) 1919—20-yillarda tovar monopoliyasi va tovarayriboshlasli yo'li bilan 5.250.000 pud;

3) 1920—21-yillarda oziq-ovqat razvyorstkasi hiso-bidan 9.700.000 pud;

4) 1921—22-yillarda oziq-ovqat solig'i hisobidan4.000.000 pud g'alla tortib olindi.

Xalq ocharchilikdan qirilayotgan bir mahaldaTurkistondagi ayrim oziq-ovqat zaxiralari bolsheviklartomonidan frontda harbiy maqsadlar uchun foydalanildi.Masalan, 1919-yilning birinchi yarmida faqat Zakaspiyfrontida 198 sisterna o'simlik yog'i va 305 sisterna neftyonilg'i sifatida ishlatildi. Turkiston temir yo'llaridagiparovozlarda 53 sisterna o'simlik yog'i va 223 sisternaneft yoqildi. Ayrim zavod va korxonalarda 118 sisternao'simlik yog'i va 156 sisterna neft ham yoqib yuborildi.Bu davrda aholi ehtiyojlari uchun atigi 63 sisterna o'sim-lik yog'i ajratildi.

Turkiston Xalq Xo'jaligi Markaziy Kengaslii(XXMK)ning nasliri bo'lgan «Turkiston xalq xo'jaligi»jurnalida o'simlik yog'ining frontda ishlatilishi to'g'risi-da quyidagicha yozilgan edi: «1920-yil fevral oyiga kelib,600.000 pud o'simlik porovozlarda yonilg'i sifatida ish-latilgan». Ko'mir va o'tin yo'qligidan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham (Turkistonda yuz minglab odamlarocharchilikdan qirilayotgan bir paytda) yoqilg'i sifatidaishlatilar edi. Orol dengizi uchastkasida parovozlar quri-tilgan baliq yoqib yurgizilgan. Shuningdek, parovozlargakunjara yoqishga urinib ko'rilgan. Eng dahshatli hodisasliundan iboratki, hamma narsani qurbon qilish evazigayetishtirilgan paxta ham yoqilg'i sifatida ishlatilgan.

Turkistondagi og'ir iqtisodiy ahvol respublikadaboshlangan ocharchilikni nihoyatda kuchaytirib yubordi.Qishloqlarda nonsiz va yersiz qolgan dehqonlar, shahar-da yasliovchi hunarmand va ziyolilar, mahalliy aholigamansub yuz minglab kishilar dahshatli ocharchilikning qurboni bo'lishdi. O'lkadagi bolshevistik rejim, xalqocharchilikdan qirilayotgan bir paytda Markaziy Ros-siyaga g'alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yuzlabeshelonlarda jo'natish bilan cheklanmasdan, balki o'sim-lik yog'i, quritilgan baliq, bug'doy kabi tansiq mahsulotlardan parovozlarni yuritishda yoqilg'i sifatida foydalan-di, ularni frontda harbiy maqsadlarda ishlatdi.

Sovet rejimi davrida keyinchalik ham bir necha martaocharchilik yuz berdi. 30-yillarning boshida MarkaziyRossiya, Volga bo'ylari va Qozog'istonda ocharchilikayniqsa dahshatli bo'ldi. 1932—1933-yillarda ocharchilik O'zbekiston SSRga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Parijda chiqadigan «Yosh Turkiston» jurnalining yozishicha,o'sha kunlarda respublika poytaxti Toslikent ko'chalari-da ocharchilik natijasida o'lgan odamlarning jasadlariniuchratish mumkin edi. Ularning aksariyati qo'shnirespublikalardan non qidirib, Toslikentga kelishgan edi.Afsuski, bu paytga kelib non shahri — Toslikentningo'zida ham non qolmagan edi...


11-§. TURKISTONDA SOVET MUSTABID TUZUMIGAQARSHI QUROLLI HARAKAT


Farg'ona vodiysidagisovet hokimiyatiga qar-shi qurolli harakat,uning maqsadlari vamohiyati

Turkistonda sovet hokimiyativa bolshevikcha rejimga qar-shi harakat 1918-yil fevraloyining so'ngi o'n kunligidaboshlandi. Dastlabki guruh-larning tuzilishi Qo'qon atrofidagi Bachqir qishlog'ida boshlangan. Farg'onavohasida bu davrda 3 yirik qurolli guruhlar sovetlargaqarshi kurasli olib borgan. Ulardan eng yirigi Marg'ilon-da, militsiyaning sobiq boshlig'i Muhammad Aminbek Ahmadbek o'g'li - Madaminbek (1892-1920) edi. «O'z oldiga sovet hokimiyatini ag'darish va Farg'onamuxtoriyatini tiklasli vazifasini qo'ygan Madaminbekustomon siyosatchi va uddaburon taslikilotchi fazilatla-riga ega edi», deb tan olinadi 1918-yilga oid arxivhujjatlarning birida.

Farg'ona vodiysida 1918-yilning o'rtalariga kelib tax-minan yuzga yaqin guruhlarqizil armiya qismlariga qar-shi kurasli olib bordilar. Buguruhlarda 15000 yigit bor edi.

Bu harakat Qo'qon fo-jialaridan keyin boshlangan bo`lishiga qaramay, uning ildizlari chor Rossiyasi to-monidan Turkiston bosibolingan XIX asrning 60—70-yillariga borib taqaladi.1918-yil fevralida Turkistonxalqlarining milliy hukumatiyo'q qilinganida ularningmilliy g'ururi ham yanchilgan edi.

Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat vujudga kelishining bosh sababi sovet hokimiyatiningo'lkada yuritgan mustamlakachilik siyosati va bolshe-viklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistiktadbirlar, korxonalarning davlat ixtiyoriga o'tkazilishi,xususiy mulkning bekor qilinishi, oziq-ovqat razvyorst-kasi va g'alla monopoliyasi, masjid, xususiy maktab vaqozixonalarning bekitilishi bo'ldi. Vaqf yerlariningtugatilishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi hamdaqizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik-lari harakatga alohida keskinlik va ko'lam bag'ishladi,uning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi. Ugoh kuchayib, goh pasayib turishiga, unda ishtiroketganlarning tarkibi almasliib turganligi va ikkilamchimanfaatlar o'zgarib turishiga, obyektiv va sub'ektiv omil-lar kuchlar muvozanatiga turlicha ta'sir qilganiga qara-may, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo'lib qolaverdi.

Madaminbek Farg'ona fronti qo'shinlari qo'mondoniM.Safonov nomiga yo'llagan maktubida (1919-yil 11-mart) ular qanday maqsad yo'lida kurasliayotganliklarini, bu harakatning mohiyati va «bosmachi» deb kimniaytish lozimligini yaqqol ko'rsatib berdi.

Harakatning mohiyatini sovet qo'mondonligi vakil-lari ham e'tirof etishga majbur bo'ldilar. Turkiston fron-tining qo'mondoni Frunze: «Bosmachilikka qarshikurasli tamoman yangi, ayrim xususiyati bo'lgan, o'zigaxos dushman bilan kurasli demakdir», deb yozgan edi.

Harakatning Turkiston siyosiy muhitiga ta'siri

Turkiston XKS raisi Qayg'usiz Otaboyev Turkiston MIK 4-plenumida (1922-yil iyul) quyidagi haqiqatni oslikora ta'kidlaslidan cho'chimadi: «...dastlabki davrlardabosmachilik ruhida bo'lgan bu harakat endilikda siyosiymazmun kasb etdi. Shuni ta'kidlasli lozimki, 1919—1920-yillarga kelib Farg'onada qaroqchilik, bosmachilikemas, balki o'ziga xos xalq qo'zg'oloni vujudga keldi. Bizto'rt yil davomida bu harakatga hatto to'g'ri bahoberishni ham bilmadik, u xalq qo'zg'oloni bo'lgani holdabosmachilik deb atadik».

Asosiy harakatlanuvchi kuch dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar edi. Turkiston respublikasirahbarlaridan Turor Risqulovning e'tiroficha, harakatga«asosan dehqonlar va hunarmandlar kelib qo'shilardi».Ularning milliy tarkibi asosan tub joy aholisi — o'zbek,tojik, qirg'iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq va uyg'urlardan iborat edi.

Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni taslikiliyjihatdan uyushtirishda Farg'ona vodiysi, Buxoro vaXorazmdagi guruh rahbarlarining mazkur davrda bo'libo'tgan o'ttizdan ortiq qurultoylarining ahamiyati kattabo'lgan. Ularda rahbarlar saylangan, yagona qo'mon-donlik ostiga birlaslitirilgan. Ammo bunga doim hamamal qilinmas edi.

Turkiston ziyolilari va taraqqiyparvarlari — naman-ganlik Nosirxon to'ra Said Kamolxon to'ra o'g'li,toslikentlik muftiy Sadriddinxon Maxsum Sharifxo'jaqozi o'g'li, Turkiston MIK raisining sobiq o'rinbosariTo'raqul Jonuzoqov, asli boshqirdistonlik Ahmad ZakiValidiy va boshqalar bu harakatni qo'llab-quvvatladilar.

Zulm va istibdodga qarshi olib borilgan janglar

Farg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919-yil yozi- ning oxiri va kuzida o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiq-di. Madaminbek boshchiligidagi qo'shinlar safiga Jalolobodda turgan ruskrestyanlar armiyasining qo'shilishi vodiyda sovethokimiyatini ag'darish uchun real kuch edi. Sentabroyining dastlabki kunlarida Madaminbek laslikarlariJalolobod va O'sh shaharlarini egallaslidi. Ular 13-sentabrda Eski Marg'ilon shahrini qizil bosqinchilardanozod qildilar. Shu bilan birga vodiydagi eng yirik strate-gik shahar — Andijonni qamal qilishga kirishdilar.Madaminbek boshchiligidagi qo'shinning hujumiFarg'ona vodiysini larzaga keltirdi. 1919-yil 22-oktabrdaPomirning Ergaslitom ovulida bo'lgan anjumandaMadaminbek boshchiligidagi Farg'ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 yerliaholi va 8 rus vakili kiritildi. Madaminbek hukumatboshlig'i bo'lish bilan birga, Oliy Bosh qo'mondon hametib tayinlandi.

1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo'lostida 30000 ga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqloljanglarini olib bordilar.

Madaminbek siymosida sarkardalik, davlat va siyosatarbobiga xos sifatlar uyg'unlasligan edi. U vodiydagisovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o'z siyosiyboshqaruv usulini joriy qildi. «U bizning rahbarlik faoli-yatimizda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarimizdanustalik bilan foydalanardi. Uning «boshqaruv apparati»,o'zining tribunali, o'zining «genshtabi» bo'lgan; uqonunlar chiqargan», deb e'tirof etadi Madaminbekkaqarshi kurasligan dushmanlardan biri — qizil komissarGramatovich.

Tarixchi Ra'no Rajabovaning yozishicha, qizil ar-miya qo'mondonligi, bolsheviklar bu kuraslida jiddiyyutuqlarni qo'lga kirita olmaganliklari oqibatidaFarg'ona vodiysining tinch aholisidan vahshiylarcha o'chola boshladi. Chunonchi, 1918-yilda qizil askarlar vadaslinoqlar Chustda 1500 kishini qatl qildilar. 1918-yiloxiri — 1919-yil boshida bu kuchlar Bozorqo'rg'on,Qo'qon-qishloq, So'zoq qishloqlariga bosqinchilikhujumlari uyushtirib, dehqonlarni qirg'in qildilar, mol-mulklarini taladilar, qishloqlarga o't qo'ydilar.

1919-yil bahorida rus krestyanlari sovet hokimiyatisiyosati, tinch aholining qirg'in qilinishidan norozibo'lib, krestyanlarning Monstrov qo'mondonligi ostidagiarmiyasi Madaminbek laslikarlari bilan qo'shildi. Qizilarmiyaga qarshi janglar olib bordi.

Farg'ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo'shim-cha kuchlarning taslilanishi natijasida 1920-yil yanvaroyining o'rtalariga kelib jangovar tasliabbus qizil armiyaqo'liga o'tdi. Katta Ergasli qo'rboshining qo'shini mag'-lubiyatga uchragach (u 1921-yil dekabrda Xonoboddagiqarorgohida qizil askarlar bilan bo'lgan jangda o'ldirildi),Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasigachekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg'onafronti qo'shinlari qo'mondonligiga yarasli muzokaralariboshlaslini taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o'qchi diviziyasining boshlig'i Veryovkin-Roxalskiy o'rtasida 1920-yil 6-martda Farg'ona shahridayarasli bitimi imzolandi.

Shuni aytish kerakki, ko'pincha guruh boshliqlario'zaro kelisholmasdi, ular orasida jipSlik, hamjihatlikyo'q edi. Shuning uchun ham bu harakat mag'lubiyatgauchradi. Bir-birini qo'llab-quvvatlasli o'rniga qo'rboshi-lar raqobatchilik psixologiyasidan chiqa olmadilar. Shusababga ko'ra Madaminbek qon to'kishni to'xtatishmaqsadida muzokaralar olib borish uchun qo'rboshilarbilan uchrasliganda Shermuhammadbekning roziligibilan Xolxo'ja eshon 1920-yil 14-mayda Qorovul qish-log'ida uni xiyonatkorona o'ldirdi. Madaminbek o'rtadanko'tarilgach, ertasigayoq bolsheviklar qurolli harakatlarnikengaytirdilar. Ammo Turkiston xalqlarining sovetlargaqarshi janglari 1920-yilda va undan keyin ham davometdi. Farg'ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi kurasli-lar bilan bir qatorda, endilikda Buxoro va Xorazmda hambosqinchi qizil armiyaga qarshi kurasli boshlandi.

Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzidao'zining yangi bosqichiga kirdi. Kurasli yana hamshafqatsiz va murosasiz tus oldi. Turkiston MIK rai-si Inomjon Xidiraliyevning keyinchalik yozishicha,«1920-yil sentabrda bosmachilarning soni 70000 kishigayetdi va kuchli vahima uyg'otdi...».

Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarshi harakatning1921—1922-yillarda qaytadan ko'tarilishi va avj olishigasovet hokimiyati tomonidan yuritilgan o'ziga xos mustamlakachilik siyosati, tinch aholining ommaviy ravish-da qirg'in qilinishi jiddiy sabab bo'ldi.

1921-yil 13-sentabrda Farg'ona vodiysida favquloddaholat e'lon qilindi. 1921-yil noyabrda Farg'ona vilo-yatida harbiy diktatura o'rnatildi va Turkfront harbiyinqilobiy kengaslii a'zosi P.Baranov Farg'ona viloyati-ning harbiy boshlig'i qilib tayinlandi.,Turkkomissiya, keyinchalik Turkbyuro qizil qo'shin-lar harakatini boshqarib, Markazga hisobot berib turdi-lar. Markaz harakat boshliqlariga nisbatan shafqatsiz jazochoralari qo'llasli lozimligini qat'iy talab qildi.

Shermuhammadbek boshchiligida tuzilgan Turkistonmuvaqqat hukumati 1922-yil oxirida tarqalib ketdi.Uning o'zi qator janglardan keyin 1922-yil dekabr oyi-ning so'nggi kunlarida Buxoro respublikasi hududiga,1923-yil bahorida esa Afg'oniston davlatiga o'tib ketdi.

Farg'ona vodiysida 1923—1924-yillarda kuraslichi-larning kichik-kichik guruhlari jang harakatlarini olibbordilar. Farg'onada ularning soni 1923-yilda 350—400atrofida edi. Lekin ular kuraslining mazkur bosqichidaturli sabab va mahalliy shart-sharoitlar natijasida doim ham bir-birlari bilan kelishib ish ko'rmadilar.

Bu harakat sovet totalitar tuzumi o'zbek xalqiga vabutun Turkiston xalqlariga o'tkazgan zulmi, istibdodigaqarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham biz uni mil-liy-ozodlik harakati deb baholaymiz.

Lekin uning rahbarlari hammasi ham progressiv fikryurituvchi bo'lgan deyish mumkin emas. Ayrimlari(masalan, Madaminbek) dunyoviy taraqqiyotga intilgandavlat qurmoqchi bo'lsa, boshqalari (masalan, Ibrohim-bek) Buxoroga amir hokimiyatini qaytarish tarafdori edi.Ularning ayrimlari dunyoqaraslilari tor, bir-biridanustun bo'lishni xohlar edilar. Shuning uchun ham ularorasida jipSlik, hamjihatlik yo'q edi.

Shu bilan birga sovet hokimiyati zo'ravonlik usulibilan xalqni o'ziga og'dirolmaganligini tushunib, ayrimislohotlarga yo'l ochib berdi. Masalan, yangi iqtisodiysiyosatning (YlS — NEP) kiritilishi, vaqflarning qay-tarilishi, eski maktablarning qaytadan ochilishi urushlar-dan charchagan xalqni chalg'itdi. Ammo bu islohotlarvaqtincha nayranglar bo'lganligi qurolli harakat tugati-lishidan keyin ayon bo'ldi va ular yo'qqa chiqarildi.



Ammo shubhasiz, sovet hokimiyatiga qarshi qurolliharakatni xalq qo'llab-quvvatladi va uning tarixi bolshe-vizm mafkurasining Turkiston xalqlari turmush tarzigazidligini ko'rsatib beradi.



Download 126.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling