№1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1376902
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

ichki akslanish orqali bog'langan. U BBB tizimiga, konseptual chizmada mantiqiy 
yozuvdan iborat berilganlarni, fizik saqlash qurilmalaridan yozuv yoki yozuvlar 
to‘plamiga akslanganlarini izlash imkoniyatini beradi. Konseptual chizma
shuningdek, obyektlar va atributlarning nomlaridagi ixtiyoriy tafovutlarni, 
atributlarning kelish tartiblari, ulardagi berilganlar turlari va h.k. aniqlaydi. Har bir 
tashqi chizma konseptual chizma bilan konseptual tashqi akslanish orqali 
bog'langan. Uning yordamida BBBT foydalanuvchi taqdimotining har birining 
nomini konseptual chizmaning mos qismiga akslantiradi. 
Xulosa 
BBB tizimlaridan avvalgi bosqich bu fayllar tizimi, ya’ni ilovalar termasi bo'lib, 
foydalanuvchilar uchun alohida zaruriy amallarni masalan, hisobotlarni yaratishni 
bajargan. Har bir programma o'zining alohida berilganlarini aniqlab, ana shu 
berilganlarnigina boshqargan. Fayl tizimi qo‘lda bajariladigan hisob-kitoblariga 
nisbatan ancha ilg‘or texnologiya bo'lgan bo‘lsa ham, undan foydalanishda ancha 
muammolar yuzaga kelgan. Bu muammolarning eng asosiysi berilganlarning 
ortiqchaligi va ularning programmalarga bog 'liqligidan iborat bo‘lgan. 


Ana shu va boshqa muammolarni hal qilish uchun berilganlarning «Uch 
bosqichli» arxitekturasi yaratilgan. 
Nazorat uchun savollar 
1. Ma’lumotlarga ta’rif bering. 
2. Berilganlarga ta’rif bering. 
3. Baza deganda nimani tushunasiz? 
4. Berilganlar bazasini to’liq ta’riflab, izoh bering. 
5. Berilganlar bazasini nima boshqaradi? 
6. Berilganlar bazasini o‘zgarishi ilovalarga qanday ta’sir qiladi? 
7. Berilganlar bazasiga ehtiyoj nima sababli paydo bo‘ldi? 
8. Berilganlar bazasi tushunchasi qachon va nima sababdan paydo bo‘lgan? 
9. Berilganlarning mustaqilligi deganda nimani tushunasiz? 
10. Berilganlar bazasining evolutsiyasi nechta bosqichdan iborat? 
11. Berilganlar bazasi evolutsiyasi l- bosqichining asosiy jihati nimadan iborat 
bo'lgan? 
12. Berilganlar bazasi evolutsiyasi 2- bosqichining asosiy jihati nimadan iborat 
bo'lgan? 
13. Berilganlar bazasi evolutsiyasi 3- bosqichining asosiy jihati nimadan iborat 
bo'lgan? 
14. Berilganlar bazasi evolutsiyasi 4- bosqichining asosiy jihati nimadan iborat 
bo'lgan? 
15. Berilganlar bazasi konseptual modelini tariflang? 
16. Berilganlarning tuzilishidagi uchta tupini tariflang? 
17. Berilganlar bazasining “Uch bosqichli” arxitekturasini tushuntirib bering? 
18. Berilganlar bazasining “Uch bosqichli” arxitekturasini tashkil etuvchi 
darajalarini aytib bering? 
19. “Uch bosqichli” arxitekturasining maqsadi nimadan iborat? 
20. Taqdimot deganda nimani tushunasiz? 
21. Taqdimotdan fizik tuzilishni ajratishdagi asosiy sabablarni aytib bering? 
22. Berilganlar bazasi chizmasin deganda nimani tushunasiz va ular necha xil 
bo’ladi? 
23. “Uch bosqichli” arxitekturani amalga oshiruvchi nima? 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling