№1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Berilganlarning tashqi tuzilishi - programmachilar tasavvuridagi taqdimotni
bildiradi. Berilganlarning global mantiqiy tuzilishi - umumiy mantiqiy tuzilishni yoki BB konseptual modelini bildiradi va ular asosida berilganlarning turli tashqi tuzilishlarini hosil qilish mumkin Berilganlarni bunday umumiy mantiqiy tuzilishda tasvirlash, berilganlarning fizik tuzilishiga umuman bog'liqsiz bo'ladi. Berilganlarni bunday umumiy mantiqiy tuzilishda tasvirlash uchun, BBB tizimining programma vositalari tarkibidagi, berilganlarni tavsiflash tilidan foydalaniladi. Fizik tuzilish - bu berilganlarni fizik tavsifi va ularni xotira qurilmalariga joylashtirish masalalari bilan bog'liq. Berilganlar bazasiga xizmat ko‘rsatish, saqlash, himoya va nazorat qilish uchun BB administratori tushunchasi kiritilgan. Birinchi yaratiigan berilganlar bazasini boshqarish (BBB) tizimlaridan foydalanisb jaravonidagi tajriba shuni ko‘rsatdiki, berilganlarning mustaqilligi uchun qo‘shimcha yangi darajadagi programma vositalari darkor. Berilganlarning umumiy mantiqiy tuzilishi murakkab va BB kengayishi bilan u majburiy ravishda o‘zgaradi. Shuning uchun berilganlarning umumiy mantiqiy tuzilishini o‘zgartirishda, ulardan foydalanadigan programma mahsulotlarini o'zgartirmaslikni ta'minlash muhimdir. Shu nuqtayi nazardan berilganlar mustaqilligini ifodalash uchun ikkita darajaga ehtiyoj tug‘ilgan. Bu darajalarni berilganlarning mantiqiy va fizik mustaqilligi deb atalgan. Berilganlarning mantiqiy mustaqilligi, programmalarni o‘zgartirmasdan berilganlarning umumiy mantiqiy tuzilishini o’zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu o'zgartirishlar albatta programma ishlatadigan berilganlarni yo‘q qilishdan iborat bo’lmasligi kerak. Berilganlarning fizik mustaqilligi, berilganlarning tuzilishi va fizik joylashisbi, o‘zgarishi va bu o'zgarishlar na berilganlarning mantiqiy tuzilishini, na programmalarni o'zgarishiga olib kelmasligi kerak. 1.4- rasmning asosiy ma’nosini saqlagan holda, «Uch bosqichli» arxitektura ko'rinishiga akslantiramiz (1.5- rasm) va natijada berilganlami zamonaviy tasavvurdagi darajalariga ega bo'lamiz. Bunda tashqi tuzilish - tashqi darajaga, konseptual tuzilish - konseptual darajaga, fizik tuzilish - ichki darajaga akslanadi. Foydalanuvchilar tasavvuridagi berilganlar darajasi, tashqi daraja (external level) deb atalsa, BBBT va operatsion tizim berilganlarni ichki darajada (internal level) qabul qiladi. Oraliqdagi konseptual daraja (conceptual level) esa, tashqi darajadagi berilganlarni ichki darajaga akslantirish va ularning bir-biriga nisbatan mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. «Uch bosqichli» arxitekturaning maqsadi, berilganlar bazasining foydalanuvchi tasavvuridagi taqdimotni, uning fizik tuzilishidan ajratishdan iborat. Bunday ajratishning sabablari bir nechta: • har bir foydalanuvchi, berilganlar xususidagi o‘zining tasavvurini amalga oshirishi uchun ixtiyoriy berilganlarga murojaat eta olishi va o‘z tasavvurini o‘zgartira olishi kerak; • foydalanuvchilarning bazalar bilan o'zaro harakatlari berilganlarning bazada saqlanishdagi alohida xususiyatlariga bog'liq bo'lmasligi kerak (masalan. indekslar va xeshlar); • berilganlar bazasining administratori bazadagi berilganlarning tuzilishini o‘zgartira olishi va bu foydalanuvchilarning berilganlar xususidagi taqdimotiga ta’sir qilmasligi kerak; • berilganlar bazasining ichki tuzilishi ma’lumotlarni saqlashdagi o‘zgarishlarning fizik jihatlariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak; • berilganlar bazasining administratori BBning konseptual tuzilishini o'zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishi va bu foydalanuvchilarga mutloq ta’sir qilmasligi kerak. Tashqi daraja bir nechta turli berilganlar bazasining tashqi taqdimotlaridan iborat. Har bir foydalanuvchi «haqiqiy dunyo» taqdimotining o‘zi uchun eng qulay shaklidan foydalanadi. Tashqi taqdimot «haqiqiy dunyo» - dagi mohiyat, atribut va aloqalarning foydalanuvchi uchun kerakliklarini ifodalaydi. Qolgan mohiyat, atribut va aloqalarning foydalanuvchi uchun keraksizlari ham berilganlar bazasida akslanishi mumkin, lekin u bularning mavjudligini bilmasiigi ham mumkin. Bundan tashqari, bir xildagi berilganlarni turli taqdimotlar har xil akslantirishi mumkin. Masalan, bitta foydalanuvchi sanani «kun, oy, yil» formatida, ikkinchisi esa «yil, oy, kun» formatida saqlashi mumkin. Ba'zi bir taqdimotlar esa hosila yoki hisoblanadigan berilgan-lardan iborat bo'lishi mumkin, ular zaruriy paytda yaratiladi. Masalan, yoshni saqlovchi atributga e’tibor beraylik. U yosh qiymati tarzida saqlanmaydi, agar shunday saqlanganda ularni har kuni yangilab turish kerak bo'lardi. Buning o‘rniga bazada tug‘ilgan sana saqlanadi, yosh esa BBBT vositalari orqali hisoblanadi. Taqdimotlar, shuningdek, bir nechta obyektlarning kombinatsiyalangan yoki hosila berilganlaridan tuzilishi mumkin. Bu daraja BBda saqlanadigan berilganlarning tavsiflari va ular orasidagi aloqalardan iborat bo'ladi. Bu daraja hamma berilganlar bazasining mantiqiy tuzilishini saqlaydi. Konseptual darajada quyidagi a’zolar ishtirok etadi: • hamma mohiyatlar. ularning atributlari va aloqalari; • berilganlarga qo‘yiladigan cheklashlar; • berilganlar xususidagi semantik ma’lumotlar; • xavfsizlikni ta’minlash va berilganlar butuniigini saqlash xususidagi ma’lumotlar. Konseptual daraja har bir tashqi taqdimotni qo'llab-quvvatlaydi, ya’ni foydalanuvchiga zarur bo'lgan har bir berilgan shu darajada bo‘lishi shart. Lekin, konseptual daraja berilganlarni saqlash usullari to‘g‘risidagi hech qanday ma’lumotlarni saqlamaydi. Ichki daraja berilganlar bazasini fizik amalga oshirish tavsiflari, optimal unumdorlikka erishish va disk hajmidan tejamli foydalanishni ta’minlash masalarini hal qiladi. U berilganlar tuzilishining tavsifi va tashqi xotiralardagi berilganlarni saqlash uchun alohida fayllarning tuzilish tavsiflarini saqlaydi. Ushbu darajada BBBT bilan operatsion tizimning kirish usullari orasidagi o‘zaro harakatlar amalga oshiriladi. Ichki darajada quyidagi ma’lumotlar saqlanadi: - berilganlar va indekslarni saqlash uchun disk hajmining taqsimoti; - saqlangan yozuvlarning qo‘shimcha tavsiflari; - yozuvlarni joylashishi xususidagi axborotlar; - berilganlarni siqish va tanlangan shifrlash usullari xususidagi axbo- rotlar. Ichki darajadan quyida berilganlarning fizik tuzilishlari, ya’ni berilganlar bazalarining tashqi xotiradagi fizik joylashish tafsilotlari operatsion tizim nazorat qiladigan, lekin BBBT boshqaruvidagi bo‘lgan masalalar hal qilinadi. Berilganlar bazasining umumiy tavsifi berilganlar bazasining chizmasi deb ataladi.«Uch bosqichli» arxitekturaga nisbatan berilganlar bazasining uch turi mavjud. Eng yuqori darajada berilganlarning turli taqdimotiga mos keluvchi bir nechta tashqi chizmalar yoki qism-chizmalar mavjud. Konseptual darajadagi berilganlar bazasining tavsifini konseptual chizma, eng quyi darajadagisini ichki chizma deyishadi. Konseptual chizma hamma mohiyatlar, atributlar va ular orasidagi aloqalar hamda zaruriy berilganlar butunligi cheklashlarini o‘z ichiga oladi. Ichki chizma berilganlar modelining ichki tavsifidan, ya’ni saqlanuvchi yozuvlar va berilganlar maydonlarining taqdimot usullari, indekslar va tanlangan xesh chizmalardan iborat bo‘ladi. Har bir BB uchun faqat bitta konseptual va bitta ichki chizma mavjud. BBBT keltirilgan uchchala turdagi chizmalar orasida moslik o‘rnatilishiga hamda ularning orasida ziddiyatlar chiqmasligiga javobgar. Ixtiyoriy tashqi va ichki chizmalar orasidagi mosliklarni o‘rnatish uchun BBBT konseptual chizmadagi ma’lumotlardan foydalanadi. Konseptual chizma ichki chizma bilan konseptual Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling