№1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
berilganlar bazasining xususiyatlari - mustaqillik, ortiqchalikka yo'l qa'ymaslik,
berilganlarning o'zaro bog'liqligi, ularning himoyasi va haqi-qiy vaqt oralig'ida ularga kirish imkoniyatlari bilan aloqador edi. Yangi texnologiyaning tobora kengayishi natijasida, sanab o‘tilgan xususiyatlar yangi texnologiyaning asosi bo'lmish BB programma ta’minotlarida o‘z aksini topa boshladi. 1.1-1.4 rasmlarda berilganlarni saqlash usullaridagi rivojlanishning to'rtta bosqichi keltirilgan. Uchinchi avlod EHM paydo bo‘lgan davrgacha (1965 y.) deyarli hamma fayllar 1.1 rasmda keltirilgan 1- bosqichdagi kabi amalga oshirilgan. Programma ta’minoti asosan xotira qurilmalari uchun kiritish va chiqarish amallarini bajarishdan hamda unchalik ko‘p bo'lmagan berilganlarga ishlov beruvchi yordamchi vositalardan iborat bo‘lgan. Berilganlarning tuzilishi bilan amaliy programmalarni yozish paytida sodda usullar bilan, ya’ni magnit lentalarga fayllarni ketma-ket yozish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Berilganlar mustaqil bo‘lmagan. Agarda berilganlarning tuzilishi yoki saqlovchi qurilma o'zgarsa, programmachi o‘z programmasiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishi, qayta kompilatsiya va otladka qilishi zarur bo‘lgan. Faylni yangilash uchun yangi faylni yozish va eskisini saqlashga majbur bo'lgan. 1- Bosqich: Berilganlarning oddiy fayllari (1960 yillarning boshi) Ayrim holarda bir nechta ajdod fayllar saqlashga ham to’g’ri kelgan kelgan. Fayllar faqatgina bitta masalani yechishga mo'ljailangan. Boshqa masalani o‘sha berilganlar bilan faqat boshqa shaklda yechish uchun yangi fayllarni yaratishga majbur bo'lingan. Shuning uchun ham tizimdagi fayllarda berilganlarning ortiqchalik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan, bir xildagi berilganlar bir nechta fayllarda saqlangan. 1- bosqichda fayllarga to‘g‘ri kirish huquqi, ya’ni n- «yozuvga» o‘tish uchun ketma-ket n-1 ta yozuvni o‘qimasdan, to‘g‘ridan - to‘g‘ri keraklisiga o‘tish, mavjud bo'lmagan. Yozuvlarni adreslash imkoniyatidan programmani yozish jarayonida foydalanilgan. Agarda xotira qurilmasi o‘zgarsa, programmaga katta o‘zgartirishlarni kiritishga majbur bo'lingan. Amalda esa, albatta xotira qurilmalari o‘zgarib turgan. Bu esa bitta bitni yozishga ketgan sarf - xarajatlarni yanada oshishiga olib kelgan. 2-bosqich (1.2- rasm) 1- bosqichga nisbatan fayllaming tuzilish va ulami saqlovchi qurilmalarning o'zgarishi bilan tavsiflanadi. Berilganlarga ketma-ket kirish imkoniyatidan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqi yaratilgan. Berilganlarni paket, tezkor yoki haqiqiy vaqt oralig‘ida ishlov berish mumkin bo‘lgan. Fayllar orasidagi mantiqiy va fizik tuzilishlar turlicha bo'lishiga qaramasdan, o‘zaro aloqa sodda bo‘lgan. Endi xotira qurilmalari o‘zgar-ganda ham, amaliy programmalar o‘zgarmagan. Berilganlarning tuzilishi ketma-ket, indeksi ketma-ket yoki to‘g‘ri kirishli usullar bilan aniqlangan. Berilganlarni fayllardan ko‘p kalitli qidirish usuli mavjud bo'lgan, lekin juda kam ishlatilgan. Berilganlarni himoya qilishning sodda usullari ham paydo bo'lgan, lekin ancha ishonchsiz bo‘lgan. Faqat bitta ilova uchun berilganlarga ishlov berish va optimallashtirish usullari qo‘llanilgan. Fayllarda berilganlarning ortiqchaligi hali ham ko‘p bo'lgan. Berilganlarga ishlov berishning namunaviy programma ta’minoti tizimi berilganlarga kirish imkoniyatini bergan, lekin ularni boshqarish imkoniyati hali bo'lmagan. 2- Bosqich: Faylga kirish usuli (1960 yillarning oxiri) XX asrning 60-yillari oxiriga kelganda, tijorat sohasidagi berilganlarga ishlov berish ancha rivojlangan. Nafaqat EHM qurilmalarida fayllarni saqlash va kengayish usullarining o‘zgarishidan, balki berilganlarga yangi yozuvlar va yangi o‘zaro aloqalar qo‘shilganda ham, amaliy programmalarni mustaqilligini ta’minlash eng dolzarb masalaga aylangan. Berilganlarni boshqarish uchun yaxshi programma ta’minoti bo'lganda, bitta masalani yechish uchun turlicha yaratilgan programmalardagi fayllarni ularni o‘zgartirmagan holda yagona tarzda birlashtirish imkoniyati mavjud edi. O‘tgan asrning 70- yillariga kelganda, berilganlar tizimlarini boshqaruvchi birinchi tizimlar paydo bo'la boshladi va fayllarni birlashtirish hamda programmalarning mustaqilligi masalasini yechishga harakat qilindi. BB doimiy rivojlanuvchi obyekt bo'lgani uchun undan foydalanuvchi ilovalar soni tobora oshib borgan. BB ga yangi yozuvlar, mavjudlariga yangi berilganlarning elementlari qo‘shiladi. Yangi turdagi so'rovlar paydo bo’lganda, tizimning samaradorligini oshirish uchun BB tuzilishi o'zgaradi. Foydalanuvchilar berilganlarga nisbatan so‘rov talablarini va turlarini o’zgartiradilar. BB tuzilishi, fayllarning tuzilishiga nisbatan tezroq o‘zgaradi. Saqlanadigan berilganlar elementlari va ularni saqlash usullari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Birxildagi berilganlarda turlicha mantiqiy fayllarni hosil qilish mumkin, bitta to‘plam berilganlarga kirish turli ilovalar orqali turli usulda bajarilishi mumkin.Bu esa berilganlarning murakkab tizimlarini yaratishga olib keladi.Lekin yaxshi yaratilgan programma ta’minoti, BB murakkab tuzilishi bilan ishlashda, programmachilarga qiyinchilik tug'dirmaydi.Berilganlar qanday tuzilishga ega bo'lmasin, programmachi o‘zi yaratadigan ilovalardagi talablarga nisbatan fayllarni tuzilishini sodda ko‘rinishda tasavvur qilishi kerak. Berilganlarni saqlashning 3- bosqichida BB programma ta’minoti programmachi tasavvuridagi fayllarning tuzilishlarini berilganlarni tuzilishini saqlashning fizik qurilmala-riga akslantirish vositalariga va aksinchasiga ega bo'lgan. Programma ta’minoti berilganlar ortiqchaligini kamaytirish vositalariga ega bo'ldi. Turli ilovalar uchun berilganlar elementlari umumiy tarzda tashkitlashtirildi. Berilganlar ortiqchaligining yo‘qligi ularning butunligini saqlashga imkon yaratdi. Ko‘p kalitlar bo'yicha izlash imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Berilganlarning murakkab tuzilishlaridan foydalanishda programmalarni murakkablash-tirishga ehtiyoj juda kamaydi. 4- bosqichda BB kengayishini katta o‘zgarishlarsiz amalga oshirish vositalari kiritilgan. BB administratori uchun yaratilgan vositalar tizimni boshqarish imkoniyatini yaratadi va berilganlarni saqlashni ta’minlaydi. Administrator hamma foydalanuvchilar uchun qulay bo'lgan tuzilishni tanlaydi. Berilganlarni boshqarishda tizim samarador protseduralar ~ xavfsizlik, maxfiylik, butunlik va himoya usul-lari bilan ta’minlangan. Ayrim tizimlarda BB dan berilganlarni tez topish uchun teskari (invertorlangan) fayl-lardan foydalanilgan. BB avvaldan rejalashtirilmagan so'rovlarga ham javob berish imkoniyatlari yaratilgan. Berilganlarni ko'chirish vositalari yaratilgan. Programma ta'minotida administrator uchun berilganlarni tav-siflash tili, programmachi uchun komandalar tili va ayrim hollarda foydalanuvchilar uchun so‘rovlar tillari yaratilgan. 3- Bosqich: 1- berilganlar bazasini boshqarish tizimi (1960 yillar boshi) 1.4- rasmdagi BB evolutsiyasining 4- bosqichida berilganlar mustaqilligining mantiqiy va fizik darajalarini tashkillashtirish g'oyasi ilgari surilgan. Shu rasmdagi katta to’rtburchak berilganlarning umumiy mantiqiy tuzilishini ifodalaydi, ba’zan uni berilganlarning global mantiqiy taqdimoti deb ham atashadi. Ushbu taqdimot berilganlarning fizik va programmalar dagi tuzilishidan tubdan farq qiladi. Berilganlar bazasining programma ta'minoti programmadagi berilganlarning tuzilishini umumiy mantiqiy tuzilishdan oladi va umumiy mantiqiy tuzilishni berilganlar tuzilishining fizik taqdimotiga aylantiradi. 1.4- rasmdagi katta to’rtburchak zamonaviy BB tuzilishida juda muhim ahamiyatga ega. U tizimdagi berilganlarning konseptual taqdimotini bildiradi. Ba’zida uni berilganlar modeli yoki konseptual model deb aniqlashtiradi, ba’zan esa chizma yoki konseptual chizma deb atashadi. 4- Bosqich: Zamonaviy berilganlar bazasiga talablar 1.4- rasmda tasvirlangandek, berilganlar tuzilishining uchta turi mavjud. Biz ularni berilganlarning tashqi, global mantiqiy va fizik tuzilishlari deb yuritamiz. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling