№1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
№ 1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish Reja: 1) Kirish. Asosiy Tushunchalar. Berilganlar bazasi konsepsiyalarining evolyutsiyasi. 2) Berilganlar tuzulishining uch turi. 3) Berilganlar bazasini boshqarish. Tranzaksiya. Kursor. 4) Saqlovchi proseduralar va triggerlar. Tayanch iboralar: berilganlar bazasi, berilganlarning global mantiqiy taqdimoti, berilganlar modeli, konseptual model, konseptual chizma, berilganlarning tashqi tuzilishi, berilganlarning global mantiqiy tuzilishi, berilganlarning fizik tuzilishi, BB administratori, berilganlarning mantiqiy mustaqilligi, berilganlarning fizik mustaqilligi, «Uch bosqichli» arxitektura, tashqi daraja, ichki darajada, konseptual daraja, berilganlar bazasining chizmasi, tashqi chizma, ichki chizma. Berilganlar bazasi (BB) atamasiga mutaxassislar tomonidan turlicha, lekin bir- biriga juda yaqin va chuqur ta’riflar berilgan. Shulardan biri, berilganlar bazasi — bu ma’lum predmet sohaga taalluqli bo‘lgan, maxsus tuzilmaga ega berilganlar majmuasining nomi; berilganlar bazasini boshqarish tizimi (BBBT) boshqaruvida ishlaydigan, bir yoki bir qancha iiovalarni optimal tarzda ishlatadigan, o'zaro bog'langan berilganlar majmuasi; berilganlaming tuzilishi uni ishlatadigan programmalarga bog'liq bo'lmaydi; berilganlar shunday tuzilishga ega bo'ladiki, bunda ularni kengaytirish, o‘zgartirish, olib tashlash, tanlash va boshqa imkoniyatlar bo‘ladi. Berilganlar bazalari tuzilish jihatidan mustaqil bo'lsa, ularni boshqaruv tizimi o‘z tarkibida saqlaydi va boshqaradi. Ta’rifdan kelib chiqqan holda, boshqaruv tizimi berilganlar bazalari bilan mustaqil ishlash va/yoki programma mahsulotlari (ilovalari) orqali ishlash imkoniyatini beradi. Berilganlar bazalaridagi har qanday o‘zgarishlar ilovalarga mutlaq ta’sir qilmaydi. Berilganlar bazasining eng muhim jihatlaridan biri, uning doimiy ravishda o'zgarishi va ko‘payishidan iborat. Xo‘sh, shunga o‘xshash imkoniyatlar fayllarda ham bor ediku, nega yangi maxsus yo‘nalish yaratildi? Buning sababi, fayllardagi har bir o‘zgarishni amalga oshirish uchun programmani qaytadan o‘zgartirish va otladka qilish kerak bo‘ladi. Fayllarni kengaytirish, yana programmani o‘zgartirish va otladka qilishga olib kelar edi. Bu esa o‘z navbatida berilganlarning ortiqchaligiga olib kelar edi, ya’ni bir xildagi berilganlar turli fayllarda shaklan o‘zgargan yoki hattoki o‘zgarmagan holda saqlangan. Vaholanki, o‘tgan asrning 60- 70- yillarida beriiganlarni saqlash, o‘zgartirish va zaruriy qayta ishlov berish ehtiyoji kun sari o‘sayotgan edi. Chunki, korxonalarni boshqarishda elektron hisoblash mashinalarining ahamiyati hamda berilganlar bilan ishlash beqiyos ravishda oshib bormoqda edi. Ana shu ehtiyojlarni qondirish uchun yangi texnologiya zarur edi .BB ana shu talablarni qondirish uchun yangi texnologiya sifatida yaratildi. Bugungi kunda berilganlar bazasining tutgan o‘rni nihoyatda beqiyos bo‘lib, ilmiy-texnika masalalarini yechish, turli tizimlar, axborotlarni boshqarish, ularni qayta ishlash va boshqa berilganlar bilan ishlash tizimlarida, berilganlar bazasisiz ularning mustaqil faoliyat yuritishini tasavvur ham qilib bo'lmaydi. Berilganlar bazasiga asos solgan va uning rivojlanishiga juda katta hissa qo'shgan olimlar R. Barker, R.F. Boys, J. Gray, M.M. Zluf, E.F. Kodd, R. Fagin, D.D. Chamberlin, P. Chen, K.P. Yesvaran va boshqalar bo‘lsa, xalqaro tashkilot hamda kompaniyalardan ANSI, IBM, CODASYL va h.k. bo‘ldi. Berilganlar bazasining targ‘iboti va ta’lim jarayonida qo'llanishiga o‘zining yirik hissasini qo‘shgan olimlardan birinchisi Dj. Martin, keyinchalik K. Deyt, V.V. Kirillov, G.YU. Gromov, T. Konnotli, K. Begg, D. Kiyonke, S.D. Kuznetsov, D. Meyer, M. Nagao, T. Katayama, S. Uemura, T.V. Oue, A YU. Pushnikov, T. Tiori, Dj. Frey, D. Ulman, Djeffri D. Ulman, Dj. Uidom, Dj. Xabbard, M.SH. Salenko, D. Sikritzis, F. Loxovski o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Berilganlaming mustaqilligi berilganlar bazasining asosiy xasusiyatlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Buning mohiyati berilganlarning mustaqilligi va ulardan foydalanuvchi programma mahsulotlarning bir - biriga bog'liq emasligi, ya’ni birining o‘zgarishi ikkinchisining o‘zgarishiga olib kelmasligida. Yana bir jihati, berilganlarni saqlovchi fizik qurilmalarning takomillashishi ham programma mahsulotlarining yoki berilganlarning o'zgarishiga ta’sir qilmasligi. BB tushunchasi o‘tgan asrning 60- yillaming oxirida paydo bo‘ldi. Bu davrgacha berilganlarni qayta ishlash sohasida berilganlar fayllari va berilganlar majmua (terma) lari ustida ishlar olib borilar edi. Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, yangi tushuncha paydo bo'lishi bilan ko‘pchilik programmachilar o‘z fayllarining faqat nomini o'zgartirib, xususiyatlarini o'zgartirmagan holda ishladilar. Vaholanki, Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling