O‘zbekiston respublikasi axbo


Download 0.72 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1552761
  1   2   3   4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Oliy matematika kafedrasi

Ehtimollik va statistika fanidan



3-shaxsiy topshiriq

Mavzu: TANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI.


Guruh : MTH022-1 

Bajardi : Jaxonqulov Xumoyun.

Tekshirdi : Rizaqulov Shaxzod.

Toshkent-2023

3-SHAXSIY TOPSHIRIQ
TANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI. Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay holatga keltiriladi. Buning uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada qatnashgan elementlarning minimum va maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3 turga boʻlinadi:
1. Ranjirlangan variatsion qator; 2. Diskret variatsion qator;
3. Oraliqli variatsion qator.

Taʻrif 1. Tanlanma hajmi n kichik boʻlganda bu tanlanmaning alohida qiymatlari x1,x2,…,xn larni o‘sish (yoki kamayish) tartibida joylashishidan hosil boʻlgan x(1)≤x(2)≤x(3) ≤…..≤x(n) qatorga ranjirlangan variatsion qator deyiladi.
Misol. Tasodifiy ravishda potokdagi 5 ta talabadan oldingi semestrda matematikadan olgan ballarini surishtirdik natijada faraz qilaylik: 81; 76; 93; 62; 71 sonlar hosil boʻldi deylik. Ushbu maʼlumotlar tanlanma toʻplam boʻlib, tanlanma hajmi n=5 kichik boʻlgani uchun bu sonlarni oʻsish tartibida tartiblashtirishdan hosil boʻlgan: 62; 71; 76; 81; 93 qator ranjirlangan variatsion qator boʻladi.
Taʼrif 2. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar oʻrtasidagi farq esa kichik boʻlsa, u holda tanlanmada qatnashgan 𝑥𝑖 variantalar va ularning takrorlanganlik chastotalari 𝑛𝑖 lar keltirilgan qatorga diskret variatsion qator deyiladi.
Misol. Aytaylik potokda 50 ta talaba boʻlib, ulardan oldingi semestrda matematika fanidan 1-imtixon natijalari haqida maʼlumot yigʻildi deylik. Natijada 2, 3, 4, 5 baholardan iborat boʻlgan aralash-quralash 50 ta songa ega boʻlamiz. Demak tanlanma hajmi n=50 katta, 𝑥𝑚𝑖𝑛 = 2,𝑎𝑥 = 5 lar orasidagi farq esa kichik bolgani uchun, bunday maʼlumotlarni tahlil qilish uchun diskret variatsion qator tuziladi. Aytaylik 12 kishi 2 baho, 14 kishi 3 baho, 18 kishi 4 baho, 6 kishi 5 baho olganligisanabchiqdik deb faraz qilsak, bumaʼlumot quyidagicha diskret variatsion qator koʻrinishida yoziladi:
𝑥𝑖 2 3 4 5 𝑛𝑖 12 14 18 6

QUYIDAGICHA ISHLAR AMALGA OSHIRILSIN


Har bir talaba guruh jurnalidagi tartib raqamiga mos variant maʼlumotlarini Я.К. Кольде “Практикум по теории вероятностей и математической статистике” nomli kitobdan (105-148 betlar) olib, quyidagicha ishlarni amalga oshirishi lozim. Hisoblashlar ikki xil usulda amalga oshirilsin:
1. Formulalar yordamida talabaning oʻzi mustaqil ravishda. 2. Excel dasturlar paketi yordamida.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling