1-§. Adabiyot – so‘z san’ati (Darslikda 3–8 betlar)
-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA
Download 251.93 Kb.
|
5-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR 1-QISM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA 7
5-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA .
II BOB. ERTAKLAR OLAMIDA «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» (Darslikda 45–55 betlar) 1. Ertak deb nimaga aytiladi? A) Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biri bo‘lib, tabiat hodisalari, jonivorlar majoz qilib olinadigan og‘zaki hikoyalar. B) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lmay, xayoliy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar. C) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar. D) A va C 2. Mos javoblarni tanlang. Ertaklar qayerda, qanday ataladi? 1) Surxondaryo; 2) Buxoro; 3) Samarqand; 4) Farg‘ona; 5) Xorazm; 6) Toshkent. a) matal; b) ushuk; s) varsaki; d) cho‘pchak. A) 1-a, 2-b, 3-s, 4-d, 5-a, 6-a B) 1-a, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-d C) 1-a, 2-b, 3-a, 4-d, 5-s, 6-d D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-a 3. Ertakning boshlanmasiga e’tibor bering va nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga … ». A) tog‘ B) najot C) hayot D) bog‘ 4. Ertakning boshlanmasidagi tushib qolgan so‘zlarni toping. «Ertagi-yo ertagi, echkilarning … , qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, … mingan ekan, … singan ekan». A) bo‘rtagi, ko‘k muzga, muruti B) ermagi, ko‘p muzga, soqoli C) burtagi, ko‘k shoxga, soqoli D) ermagi, shoxga, mo‘ylovi 5. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim podshohdan kenja botirni afv etishini so‘raydi? A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir C) podshohning qizi D) Kenja botirning o‘zi 25-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA 7 6. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida bog‘bon o‘g‘rining boshiga nima bilan uradi? A) pichoq bilan B) qilich bilan C) shashpar to‘qmoq bilan D) tosh bilan 7. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi og‘a-inilarga otalari safarga qanday otlarni hozirlab qo‘yadi? A) qora toy, bo‘z toy, saman toy B) bo‘z toy, qora toy, saman ot C) qora toy, saman toy, ko‘k toy D) bo‘z toy, qora toy, ko‘k toy 8. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota safarga otlanayotgan o‘g‘illarining xurjunini qancha muddatga yetadigan ovqat bilan to‘ldiradi? A) bir necha kunlik ovqat bilan B) bir haftalik ovqat bilan C) bir oylik ovqat bilan D) bir necha haftalik ovqat bilan 9. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota botirlarni tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular qaysilar? 1) Odob-axloqli qilib tarbiyalaydi. 2) Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi. 3) Qo‘rqitmay o‘stiradi. 4) Kurashga tayyorlaydi. 5) Sog‘lom qilib tarbiyalaydi. A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5 10. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota o‘g‘illariga uch narsani nasihat qiladi. Bular qaysilar? A) sog‘lom o‘stirish, yarog‘ bilan tanishtirish, qo‘rqitmay o‘stirish B) yarog‘ bilan tanishtirish, to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik C) to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik, dangasalik qilmaslik D) to‘g‘rilik, sog‘lomlik, qo‘rqmaslik 11. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida podshoh aslida kimning o‘g‘li edi? A) bog‘bonning B) dehqonning C) novvoyning D) temirchhining 12. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi aka-ukalarning yoshlarini aniqlang. A) 20; 18; 16 B) 21; 18; 16 C) 21; 20; 18 D) 20; 18; 17 13. Ertaklarning boshlanmalarida nima «quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan» deb ta’riflanadi? A) qirg‘ovul B) qora qarg‘a C) to‘rg‘ay D) tovus 14. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «azonchi» deyiladi? A) bo‘ri B) qirg‘ovul C) to‘rg‘ay D) ola qarg‘a 15. «Uch og‘ayni botirlar» ertag ida to‘ti necha kunga uyiga borib kelish uchun ruhsat so‘raydi va podshoh unga necha kunga ruxsat beradi? A) 20 kunga, 3 haftaga ruxsat beradi B) 3 haftaga, 15 kunga ruxsat beradi C) 20 kunga, 15 kunga ruxsat beradi D) 2 haftaga, 10 kunga ruxsat beradi 16. Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan nimalar o‘tadi? A) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir ajdarhoni o‘ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni qirib tashlaydi. B) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja botir o‘g‘rilarni qirib tashlaydi. C) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan xoinlarni qirib tashlaydi. D) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir xoinlarni o‘ldiradi, Kenja botir ajdarhoni o‘ldiradi. 17. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida aka-ukalar qancha muddatda otalari huzuriga qaytib kelishadi? A) 3 yilda B) 2 yilda C) 2 oyda D) 12 oyda 18. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Elimiz bir bo‘lsa ham, tarbiyamiz boshqa» jumlasi kimning tilidan aytiladi? A) O‘rtancha botir B) Kenja botir C) To‘ng‘ich botir D) podshoh 19. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh to‘tini necha yil qafasda saqlaydi? A) 4 yil B) 3 yil C) 7 yil D) 5 yil 20. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida Kenja botir nima haqida hikoya qilib beradi? A) uzum haqida B) novvoy haqida C) podshohning to‘tisi haqida D) podshoh haqida 21. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida shinniga odam qoni qo‘shilganligi haqidagi fikrni kim bildiradi? A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir C) podshoh D) vazir 22. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohning eng sevimli kuyovi kim edi? A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir C) Kenja botir D) hammasini teng ko‘rardi 23. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘ti qancha vaqtda Hindistonga yetib boradi? A) 7 kunda B) 6 kunda C) 3 kunda D) 15 kunda 24. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga uch dona yoshartiruvchi mevani qaysi obraz beradi? A) Kenja botir B) vazir C) O‘rtancha botir D) to‘ti 25. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga zahar sochmoqchi bo‘lib turgan ilonni kim o‘ldiradi? A) O‘rtancha botir B) Kenja botir C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti 26. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Saralab yemoq faqirning ishi» jumlasi kimning tilidan aytiladi? A) O‘rtancha botirning B) Kenja botirning C) To‘ng‘ich botirning D) to‘tining 27. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida keltirilgan hikoyada to‘ti va podshoh o‘rtasidagi kelishuv nima haqida edi? A) Hindistondan sehrli meva olib kelish haqida B) Hindistondan ona to‘tini olib kelish haqida C) ikki haftada Xitoyga borib kelish haqida D) zindondagi asirlarni ozod qilish haqida 28. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh nima uchun o‘z qizlarini musofir yigitlarga turmushga berishga rozi bo‘ladi? A) boyligi uchun B) tarbiyasi uchun C) pahlavonligi uchun D) merganligi uchun 29. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kimning aka-ukalarga hasadi bor edi? A) vazirning B) saroybonning C) podshohning D) to‘tining 30. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «…podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi…» A) O‘rtancha botir B) Kenja botir C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti Download 251.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling