1-§. Adabiyot – so‘z san’ati (Darslikda 3–8 betlar)


Download 251.93 Kb.
bet6/8
Sana24.06.2023
Hajmi251.93 Kb.
#1652869
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR 1-QISM

«Sharq, jumladan, o‘zbek mutafakkir shoir-u adiblari maxsus
lar yaratishgan, bu asarlar maktab-madrasalarimizda alohida
o‘quv qo‘llanma sifatida xizmat qilgan».
A) «Pandnoma», «Odobnoma» B) «Xulqnoma», «E’zoznoma»
C) «Pandnoma», «E’zoznoma» D) «Xulqnoma», «Odobnoma»
21. «Zarbulmasal» nomli asari bilan o‘zbek adabiyotida masalchilik
rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Muhammad Sharif Gulxaniy qachon
yashab o‘tgan?
A) XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida
B) XVIII asr oxiri – XX asr o‘rtalarida
C) XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida
D) XVIII asr o‘rtalari – XX asr boshlarida
22. XX asr o‘zbek adabiyotida masal janrining go‘zal namunalari
qaysi adiblar ijodida uchraydi?
1) Hamza Hakimzoda; 2) Muxtor Xudoyqulov; 3) Yamin Qurbon;
4) Sami Abduqahhor; 5) O‘lmas Umarbekov; 6) Abdulla Avloniy;
7) Said Ahmad; 8) Muhammad Sharif Gulxaniy.
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6, 8
C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6, 8
23. Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari
Alisher Navoiyning qaysi dostonlarida uchraydi?
A) «Hayrat ul-abror», «Mantiq ut-tayr»
B) «Mahbub ul-qulub», «Mantiq ut-tayr»
C) «Hayrat ul-abror», «Lison ut-tayr»
D) «Layli va Majnun», «Lison ut-tayr»
24. Masal nima?
A) Hayvonlar orqali insonlarni tasvirlovchi hikoyalar bo‘lib, faqat
nasriy shaklda yoziladigan asar.
B) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, faqat nasriy
shaklda yoziladigan asar.
C) Faqat hayvonlar haqidagi hikoyalardan iborat janr bo‘lib,
nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan asar.
D) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, nasriy yoki she’riy
shaklda yoziladigan asar.
25. Masalning asosiy jihati nimada?
A) majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha ekanligida
B) to‘liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilganlida
C) hayvonlar orqali insonlarni tasvirlovchi hikoyalar ekanligida
D) asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsalardan iboratligida
2 6. Ezopning qaysi masalida qaysi obraz tilidan «Qilmish –
qidirmish» maqoli keltirilgan?
A) «Kiyik va tokzor», tok
B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon», cho‘pon
C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon», muallif
D) «Kiyik va tokzor», kiyik
27. Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham
esankirab, ruhan cho‘kib qolishlari, holbuki, boshqalar bundan o‘n
chandon og‘ir mashaqqatlarni-da sabr-la yengishlari mumkinligi
xulosasi qaysi masalga tegishli?
A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak»
C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
28. «Bo‘ri bilan laylak» masalidan kelib chiqadigan asosiy xulosani
toping.
A) Aqlni ishlatish, qiyinchilikka sabrli bo‘lish kerak.
B) Yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak.
C) Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarini ham yaxshilikka
yo‘yadilar.
D) A va B
29. XVII asrda yashab ijod etgan fransuz masalchisi kim?
A) Lafonten B) Gellert
C) Lessing D) Krilov
30. Ezop masallari va ularning xulosalariga oid o‘zaro mos
javoblarni toping.
1) «Bo‘ri bilan laylak»;
2) «Kiyik bilan tokzor»;
3) «Eshak bilan baqalar»;
4) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»;
5) «Ustiga tuz ortilgan eshak».
a) og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma;
b) behuda chiranish belni chiqaradi;
s) birni ko‘rib shukr qil, birni ko‘rib fikr qil;
d) yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak;
e) qilmish – qidirmish.
A) 1-d, 2-b, 3-s, 4-e, 5-a B) 1-d, 2-e, 3-s, 4-b, 5-a
C) 1-b, 2-e, 3-s, 4-d, 5-a D) 1-d, 2-e, 3-s, 4-a, 5-b
31. A. Navoiyning qaysi asarlari majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning
eng sara namunalarini o‘z ichiga oladi?
A) «Hayrat ul-abror», «Lison ut-tayr»
B) «Mahbub ul-qulub», «Hayrat ul-abror»
C) «Mahbub ul-qulub», «Lison ut-tayr»
D) «Munshoat», «Mahbub ul-qulub»
32. Ezop qachon va qayerda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda
qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta
badbashara, xunuk bir donishmand edi?
A) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VII asrda
B) Vavilonda, eramizdan avvalgi VI asrda
C) Frigiyada, eramizdan avvalgi VI asrda
D) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VI asrda
33. Ezopning asli kelib chiqishi qayerlik va qayerga qul qilib olib
kelingan?
A) Asli vavilonlik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan.
B) Asli yunonistonlik, Vavilinga qul qilib olib kelingan.
C) Asli frigiyalik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan.
D) Asli yunonistonlik, Frigiyaga qul qilib olib kelingan.
34. Ezop qay tarzda vafot etadi?
A) Haqgo‘yligi, adolatparastligi uchun hasadgo‘y dushmanlari uni
Vavilon shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar.
B) Hasadgo‘y dushmanlari uni Frigiyada tog‘ qoyasidan otib
yuboradilar.
C) Kinoyali achchiq tili uchun alamzada dushmanlari Vavilon
shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar.
D) Hasadgo‘y dushmanlari Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib
yuboradilar.
35. Ezop og‘ir vaziyatlarda qutqarib qolgan, lekin evaziga undan
kaltak yegan mashhur faylasuf kim edi?
A) Krez B) Likurg
C) Ksanf D) Fedr
36. «…men ham dengizni ichib yuborishim mumkin», – deya mast
holatda katta ketgan Ezopning xo‘jayini kim edi?
A) Ksanf B) Likurg
C) Krez D) Fedr

Download 251.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling