4-qadam: Har bir tahdid uchun yillik zararni aniqlang. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
potensial yo‘qotishlar va ehtimolni birlashtirish;
dastlabki uch bosqichda to‘plangan ma'lumotlardan foydalanib, har bir tahdid uchun ALE(ALE – Annualized Loss Expectancy) (Yo‘qotilgan zararni kutish yili) ni hisoblang;
har bir tahdidga qarshi turish uchun qarshilik choralarni tanlang;
tanlangan qarshi choralar bo‘yicha xarajatlar / foyda tahlilini o‘tkazish.
5-qadam: Xavfni kamaytiring, o‘tkazing, oldini oling yoki qabul qiling. Har bir xavf uchun uni kamaytirish, o‘tkazish yoki qabul qilish choralarini tanlash kerak.
Xavfni kamaytirish usullari:
himoya choralari va nazoratini amalga oshirish;
protseduralarni takomillashtirish;
atrof muhitni o‘zgartirish;
tahdidga ta'sir etuvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash va mumkin bo‘lgan oqibatlarini kamaytirish uchun erta aniqlash usullarini joriy etish;
muayyan tahdidlarga duch kelganda ishni davom ettirish va tahdid oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan favqulodda vaziyatlar rejasini ishlab chiqish;
tahdidni amalga oshirish uchun to‘siqlar yaratish.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha treninglar o‘tkazish.
Riskni o‘tkazish – masalan, ba'zi xavflarni sug‘urtalash.
Risklardan qochish –xavf tug‘diradigan faoliyatni to‘xtatish.
Riskni qabul qilish – xavf-xatarni qabul qilish va undan himoyalanish uchun pul sarflamaslik (agar himoya choralari qiymati mumkin bo‘lgan zarar miqdoridan oshsa, bu maqsadga muvofiqdir). Ammo shuni yodda tutish kerakki, xavf-xatarni amalga oshirish qo‘shimcha oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, obro‘sini yo‘qotishi).
Topshiriq
Har bir talaba tanlangan tashkilot bo‘yicha xavf-xatarlarni aniqlab, mavjud xavf–xatar bo‘yicha tashkilot risklarini tahlillash bosqichlarini taxminiy qiymatlarini aniqlashni amalga oshirsin.
Nazorat savollari
Risk, tahdid va zaiflik tushunchalariga ta’rif bering?
Axborot aktivi nima va u qanday obyektlarni o‘z ichiga oladi?
Risklarni tahlil qilishning maqsadini tushuntirib bering?
Risklarni tahlil qilishning qanday bosqichlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |