- dastlabki uch bosqichda to‘plangan ma'lumotlardan foydalanib, har bir tahdid
uchun ALE(ALE – Annualized Loss Expectancy) (Yo‘qotilgan zararni kutish yili)
ni hisoblang;
- har bir tahdidga qarshi turish uchun qarshilik choralarni tanlang;
- tanlangan qarshi choralar bo‘yicha xarajatlar / foyda tahlilini o‘tkazish.
5-qadam: Xavfni kamaytiring, o‘tkazing, oldini oling yoki qabul qiling.
Har bir xavf uchun uni kamaytirish, o‘tkazish yoki qabul qilish choralarini tanlash
kerak.
–
Xavfni kamaytirish usullari:
- himoya choralari va nazoratini amalga
oshirish;
- protseduralarni takomillashtirish;
- atrof muhitni o‘zgartirish;
- tahdidga ta'sir etuvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash va mumkin bo‘lgan
oqibatlarini kamaytirish uchun erta aniqlash usullarini joriy etish;
- muayyan tahdidlarga duch kelganda ishni
davom ettirish va tahdid
oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan favqulodda
vaziyatlar rejasini ishlab
chiqish;
- tahdidni amalga oshirish uchun to‘siqlar yaratish.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha treninglar o‘tkazish.
•
Riskni o‘tkazish – masalan, ba'zi xavflarni sug‘urtalash.
•
Risklardan qochish –xavf tug‘diradigan faoliyatni to‘xtatish.
•
Riskni qabul qilish – xavf-xatarni qabul qilish va undan himoyalanish uchun
pul sarflamaslik (agar himoya choralari qiymati mumkin bo‘lgan zarar miqdoridan
oshsa, bu maqsadga muvofiqdir). Ammo
shuni yodda tutish kerakki, xavf-xatarni
amalga oshirish qo‘shimcha oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, obro‘sini
yo‘qotishi).
Topshiriq
Har bir talaba tanlangan tashkilot bo‘yicha
xavf-xatarlarni aniqlab,
mavjud
xavf–xatar bo‘yicha tashkilot risklarini tahlillash
bosqichlarini taxminiy
qiymatlarini aniqlashni amalga oshirsin.