1- amaliy ish Mavzu: Risk modeli. Ishdan maqsad
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 4-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Risklarni baholash usullari. Riskni “Nosozliklar-daraxti” usuli yordamida tahlili Ishdan maqsad
- Qisqacha nazariy ma’lumot
Topshiriq
Ushbu ishda talaba bо‘lishi mumkin bо‘lgan ixtiyoriy xavfli hodisani sabablari va oqibatlarini “Sabab-oqibat” tahlili usulida aniqlaydi. Ularni oldini olish va oqibatlarini kamaytirish choralarini ishlab chiqadi. Berilgan nazorat savollariga javob yozadi. Nazorat savollari 1. “Sabab-oqibat bochka” tahlili tushunchasiga ta’rif bering. 2. “Sabab-oqibat bochka” tahlilida kо‘rsatilgan omillarini tushuntiring. 3. Ushbu usulni amalga oshirish tartibi qanday? 4. Usulning afzallik va kamchiliklarini tushuntirib bering? 4-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Risklarni baholash usullari. Riskni “Nosozliklar-daraxti” usuli yordamida tahlili Ishdan maqsad: Nosozliklar-daraxti usulidan foydalangan holda axborot xavfsizligidagi risklarni baholashni o‘rganishdan iborat. Qisqacha nazariy ma’lumot Rad etish daraxtining tahlili(FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan hodisaninng paydo bо‘lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish(deduksiya) yordamida aniqlanib, mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan mantiqiy aloqasi diogrammada daraxt kо‘rinishida aks ettiriladi. Rad etish daraxtida kо‘rsatilgan omillar - kompyuter uskunalari ishlamay qolishi bilan bog‘liq hodisalar, inson xatolari yoki kutulmagan holatga olib kelishi mumkin bо‘lgan boshqa hodisalar bо‘lishi mumkin. Nosozliklarni tahlil qilish usuli nomaqbul hodisaga olib keladigan omillarni aniqlash va tahlil qilish uchun foydalaniladi. O'rganilgan omillar ular yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ketma-ketlikda joylashtiriladi va mantiqiy bog'liqdir. Ushbu omillar turli xil uskunalarning ishlamay qolishi bog'liq hodisalar bo'lishi mumkin, masalan, kompyuter dasturiy ta'minoti xodimlarning xatolari yoki boshqa hodisaga ko’ra ishdan chiqdi. Ushbu usulni qo'llash o'rganilayotgan tizimni, uning qanday muvaffaqiyatsizlikka uchrashini va istalmagan hodisaga nima olib kelishi mumkinligini yaxshi bilishni talab qiladi. Nosozliklarni tahlil qilish usuliining batafsil diagrammasini yaratish juda foydali bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, o'rganilayotgan salbiy voqea ehtimolini hisoblash imkonini beradi. Bu nosozliklar daraxtida tasvirlangan barcha hodisalar ehtimoli haqida ma'lumotni talab qiladi .N osozliklar daraxtining tahlili bir vaqtning o'zida bir nechta voqealar sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tekshirilayotgan yakuniy voqea va vaziyatlarning vujudga kelish yo'llarini vizual ravishda taqdim etadi. Shuningdek yakuniy voqea ehtimolini baholash imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling