1- amaliy ish Mavzu: Risk modeli. Ishdan maqsad
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Riskni “Galstuk-Babochka” usuli yordamida tahlili Ishdan maqsad
Nazorat savollari
1. Risk, tahdid va zaiflik tushunchalariga ta’rif bering? 2. Axborot aktivi nima va u qanday obyektlarni o‘z ichiga oladi? 3. Risklarni tahlil qilishning maqsadini tushuntirib bering? 4. Risklarni tahlil qilishning qanday bosqichlari bor? 2-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Riskni “Galstuk-Babochka” usuli yordamida tahlili Ishdan maqsad: “Galstuk-Babochka” usulidan foydalangan holda axborot xavfsizligidagi risklarni baholashni o‘rganishdan iborat Qisqacha nazariy ma’lumot Ushbu usul o‘rganilayotgan salbiy hodisaning sababdan oqibatga qadar rivojlanishini grafik tavsiflash va tahlil qilishdir. Bu usulda asosiy e’tibor sabablar va xavfli hodisalar, xavfli hodisa va oqibatlar orasidagi to’siqlarga qaratilgan. Bu usuldagi tahlil bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlar va oqibatlar oralig’ini ko’rsatish asosida risklarni o’rganish uchun foydalaniladi. Bundan aniq bir riskni o’rganish va uni boshqarishda samarali hisoblanadi. Sabablar va oqibatlarga risklarni dekompozitsiyalash risk amalga oshganda zarar darajasi va ehtimolligini baholash hamda risklar orasidagi o’zaro bo’gliqliklarni aniqlash imkonin beradi. Usulda kiruvchi ma’lumotlar to’siqlar, risklar, xavfli hodisalarning oqibatlari va sabablari hamda ularni kamaytirish yoki oldini olish haqidagi axborot hisoblanadi. Ushbu usulning asosiy yo‘nalishi tekshirilayotgan hodisaga qarshi choralar va uni keltirib chiqaradigan sabablarga qaratilgan. Ushbu usulni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni ajratishi mumkin: 1. Grafik markazida tahlil qilish uchun hodisani aniqlash. 2. Tekshirilayotgan hodisaga olib kelishi mumkin bo'lgan sabablar ro'yxatini tuzish. 3. Tekshirilayotgan voqea oldidan vaziyatning rivojlanish mexanizmini tahlil qilish 4. Hodisaning rivojlanishiga olib keladigan omillar va uning oqibatlari tavsiflanishi mumkin. “Galstuk-babochka” tahlilini o'tkazish orqali biz xavfli hodisalar va ularning oqibatlarning oldini olish , yumshatish yoki kutilayotgan hodisalarni kuchaytirish, tezlashtirishga yo'naltirilgan xavfli voqealar va to'siqlarning asosiy yo'llarini aniq ko'rsatadigan oddiy diagramma kiritamiz (tekshirilayotgan voqea ijobiy bo'lgan taqdirda). So‘ngi paytlarda axborot texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligi bilan bog‘liq judayam ko‘plab xavf-xatarlar mavjud va ularning soni kun sayin oshib bormoqda. Bu xavf-xatarlarni oldindan aniqlab, ularga mos choralar ko‘rish uchun turli tahlil usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar axborot xavfsizligi xavf-xatarlarini minimal darajada kamaytirish imkonini beradi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan tahlil usullaridan biri bu “Galstuk-babochka” hisoblanadi. Usul Sababdan oqibatgacha xavfli hodisani rivojlanish yо‘llarini tahlili va sxematik tavsiflashni amalga oshiradi(2.1-rasm). Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling