1- amaliy ish Mavzu: Risk modeli. Ishdan maqsad


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana20.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1713577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
HODISA
1-Sabab
2-Sabab
3-Sabab
1-OQIBAT
2-OQIBAT
3-OQIBAT
Hodisa sabablarini
 oldini olish choralari
Hodisa oqibatlarini 
bartaraf etish choralari
2.1-rasm. Risklarni baholashning “Galstuk-babochka” usuli 
Ushbu usul o‘rganilayotgan salbiy hodisaning sababdan oqibatga qadar 
rivojlanishini grafik tavsiflash va tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu usulning 
asosiy yo‘nalishi tekshirilayotgan hodisaga qarshi choralar va uni keltirib 
chiqaradigan sabablarga qaratilgan. 
Usulni qо‘llanilish sohasi 
1. Bо‘lishi mumkin bо‘lgan sabab va oqibatlarni diapazonini namoyish etish 
asosida risklarni tadqiq etishda. 
2. Rad etish daraxti tahlilini о‘tkazish murakkab bо‘lganda. 
3. Har bir rad etish yо‘llari uchun tо‘siqlar yoki boshqarish vositalarini 
yaratish bо‘yicha tadqiqod о‘tkazishga yо‘naltirilganda; 
4. Rad etishga olib boradigan mustaqil yо‘llarni aniq о‘rnatish mavjud 
bо‘lganda. 


 
Amaliy qism 
1. “Galstuk-babochka” markazlashgan uzuli sifatida kо‘rsatilgan xavfli 
hodisani aniqlash. 
2. Xavf-xatar(yoki xavf) manbalarini tadqiq qilish yordamida hodisa 
sabablarining rо‘yxatini tuzish. 
3. Kritik hodisagacha xavflarning rivojlanish mexanizmini aniqlash. 
4. Hodisa sababini ajratuvchi chiziq chizish(Babochkaning chap tomonini 
hosil qilish). 
5. Kiruvchi ta’sirlarni oldini olish uchun tо‘siqlar о‘rnatish. 
6. Xavfli hodisaning oqibatlarini о‘ng tomonga akslantirish va hodisadan 
oqibatlarga olib keladigan chiziqlarni chizish. 
7. Oqibatlarga yо‘naltirilgan chiziqlarga tо‘siqlarni akslantirish. 
Ma’lumot turlari: 
Chiquvchi ma’lumotlar - “galtuk-babochka” diagrammasini va ishlov 
berilgan ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi. 
Kiruvchi ma’lumotlar – tо‘siqlar, xavf-xatarlar hamda xavfli hodisa oqibatlari 
va sabablari haqidagi ma’lumotlardir. 
Usulning afzalligi: 
- muammoga qaratilgan fikrni beradi; 
- xavfli hodisalarni oldini olish va /yoki oqibatlarini kamaytirish hamda ularni 
samaradarligini baholashga qaratilganligi; 
- foydali oqibatlar uchun qо‘llanilishi mumkinligi; 
- yuqori malakali mutahasislarga ehtiyoj yо‘qligi. 
Usulning kamchiligi: 
- bu usulda bir vaqtning о‘zida yuzaga keladigan va noxush oqibatlarga olib 
keladigan sabablar yig‘indisini kо‘rsatib berish imkoni yо‘qligi; 
- ushbu usulda murakkab vaziyatlar haddan tashqari soddalashtirilgan bо‘lishi 
mumkinligi 2.2-rasmda gasltuk-babochka usuliga misol keltirilgan. 


2.2-rasm. Galstuk-babochka usuliga miso
 
Yuqoridagi misolda hodisa sifatida kompyuter qurilmasiga virus tushish 
hodisasi olingan. 
"Galstuk-babochka" tahlilini o‘tkazish orqali biz xavfli hodisalar va ularning 
oqibatlarning oldini olish, yumshatish yoki kutilayotgan hodisalarni kuchaytirish
tezlashtirishga yo‘naltirilgan xavfli voqealar va to‘siqlarning asosiy yo‘llarini aniq 
ko‘rsatadigan oddiy diagramma hosil qilish orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-
xatarlardan yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. 
Topshiriq 
Ushbu ishda talaba bо‘lishi mumkin bо‘lgan ixtiyoriy xavfli hodisani 
sabablari va oqibatlarini “Galstuk-babochka” tahlili usulida aniqlaydi. Ularni oldini 
olish va oqibatlarini kamaytirish choralarini ishlab chiqadi. Berilgan nazorat 
savollariga javob yozadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling