1- amaliy mashg’ulot Pozisionali va konturli rdb texnologik jihozlar uchun boshqarish dasturini tayyorlash metodikasi


Download 22.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi22.72 Kb.
#1595802
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ilot



1- Amaliy mashg’ulot 
Pozisionali va konturli RDB texnologik jihozlar uchun boshqarish 
dasturini tayyorlash metodikasi. 
Ishdan maqsad: FP-17M rusumidagi vertikal-frezali konsolsiz RDB 
dastgohi bilan tanishish; Dastgohning texnologik imkoniyatlarini o`rganib 
chiqish; dastgohning struktura-texnologik modelini qurish. 
Dastgohning vazifasi. 
Dastgoh 8 qatorli perfolentaga yozilgan dastur bo`yicha kontorli va 
avtomatik ishlov berish uchun mo`ljallangan.
Stol 1 polzun 4 uchun yo`naltiruvchi bilan perependikulyar siljuvchi 
stolda bo`ylama (koordinata Y) harakat qiluvchi ustun 3 biriktirilgan 
yo`naltiruvchi stanina 2 bo`ylab ko`ndalang (koordinata X) harakat qiladi.
Vertikal yo`nalgan ustun bo`ylab freza kallagi 7 (koordinata Z) 
harakatlanadi. Shpindelning aylanishi elektrodvigatel 5 orqali amalga oshiriladi. 
Dastgoh shpindelidagi asbob-uskunalarni siqish va bo`shatish gidrosilindr 6 
orqali amalga oshiriladi. 
Stol, polzun va freza kallagining siljish privodlari uzatma reduktori va 
stanina, ustun va polzunda o`rnatilgan keng vintli paralar uchyoqlama hosil 
qilgichli doimiy tok elektrodvigatel orqali amalga oshiriladi.
Asosiy harakat (freza kallagining vertikal shpindeli aylanishi) privodi 
doimiy tok elektrodvigateli va 185-2055 ayl/min diapazonda 8 pog`onada 
sozlashni 
taminlovchi
shpindel aylanish 
chastotali 
tezliklar 
qutisi 
orqali amalga 
oshiriladi.


1 - rasm. FP-17M rusumidagi vertikal-frezali konsolsiz RDB 
dastgohining umumiy ko`rinishi
1 – stol; 2 – stanina; 3 – ustun; 4 – polzun; 5 – elektrodvigatel; 6 – 
gidrosilindr; 
7 – frezer kallagi; 8 – boshqaruv pulti; 9 – teleskopik himoya shitkalari
Stolning eng katta programmalashgan siljishi 1600 mm, polzun 600 mm, 
freza kallagi 250 mm. Koordinatalar bo`ylab siljish tezligi pog`onasiz sozlanadi: 
koordinataning X va Y o`qlari 0,1-1500 mm/min chegarasida; Z o`qi bo`yicha 
0,1-1200 mm/min chegarasida.
Dastgohning boshqaruv tizimi konturli, uzatmalar privodi - kuzatuvchi 
bo`ladi. Ishchi organlarining barcha siljishlari dastur bo`yicha avtomatik yoki 
boshqaruv pultidan qo`lda amalga oshirilishi mumkin.
Freza kallagi pinoli faqat 100 mm uzunlikdagi naladkali harakatlanadi. 
Dastgohning gidravlik tizimi shpindeldagi asbob uskunalarni siqish va 
bo`shatish, stanina yo`naltiruvchilarini, ustun, polzun va freza kallagi, uzatma 
reduktori va tezliklar qutisini moylash uchun mo`ljallangan.
Uzatmalar zanjirida teskari aloqa uchun aylanuvchi transformatorlar 
o`lchovchi qurilmalar sifatida qo`llaniladi.
Dastgohning texnik tafsiloti 


1. Ishchi stol yuzasi o`lchamlari (eni, uzunligi), mm 
500 х 1600 
2. Shpindel aylanish chastotasi soni 

3. Shpindel aylanish chastotasi chegarasi, ayl/min 
185 - 2055 
4. Uzatishlar chegarasi, mm/min 

Ko`ndalang

Bo`ylama

Vertikal 
0,1 – 1500 
0,1 – 1500 
0,1 – 1200 
5. Koordinatalar bo`yicha tez siljish tezligi, mm/min 
2400 
6. Uzatishlarni boshqarish 
Pog`onasiz 
7. 
Koordinata 
o`qlari 
bo`ylab 
harakatlanish 
diskretligi, mm 
0,01 
8. Koordinatalar soni 

9. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni 

10. Asosiy harakatlanuvchi elektrodvigateli quvvati, 
kVt 
1,5 
11. RDB qurilmasi turi 
N33 - 2М
12. Asosiy harakat elektrodvigateli quvvati, kVt
22 
Ishni bajarish tartibi
1. Dastgoh vazifasi va uning texnik tafsilotini o`rganib chiqish 
2. Dastgohning ishlash prinsipi va asosiy uzellari konstruksiyasini o`rganish
3. Dastgohning koordinata tizimini aniqlash 
4. RDB dastgoh tizimi bilan tanishish 
5. Dastgohning koordinata-texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish
6. Dastgohning struktura texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish 
7. Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasini 
(KKTS) ishlab chiqish 


8. Dastgohning quvvati formulasini (DQF) yozish 
9. Bajarilgan ish bo`yicha hisobot topshirish 
Nazorat savollari 
1. Dastgohning vazifasi 
2. Dastgohning asosiy harakat privodi
3. Dastgohning uzatma privodi tipi 
4. Uzatma siljish privodi ishlash prinsipi 
5. Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday 
amalga oshiriladi? 
6. Dastgohning koordinata texnologik sxemasi nima? 
7. Dastgohning struktura texnologik formulasiga nima kiradi? 
8. KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi? 
9. Dastgohning quvvati formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan?
10. Dastgohning gidrotizimi nima uchun mo`ljallangan? 
11. Dastgoh qanday tipdagi RDB qurilmaga ega? 
 
 
 

Download 22.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling