1- amaliy mashg’ulot Pozisionali va konturli rdb texnologik jihozlar uchun boshqarish dasturini tayyorlash metodikasi
Download 22.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ilot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - rasm. FP-17M rusumidagi vertikal-frezali konsolsiz RDB dastgohining umumiy ko`rinishi
- Dastgohning texnik tafsiloti
1- Amaliy mashg’ulot Pozisionali va konturli RDB texnologik jihozlar uchun boshqarish dasturini tayyorlash metodikasi. Ishdan maqsad: FP-17M rusumidagi vertikal-frezali konsolsiz RDB dastgohi bilan tanishish; Dastgohning texnologik imkoniyatlarini o`rganib chiqish; dastgohning struktura-texnologik modelini qurish. Dastgohning vazifasi. Dastgoh 8 qatorli perfolentaga yozilgan dastur bo`yicha kontorli va avtomatik ishlov berish uchun mo`ljallangan. Stol 1 polzun 4 uchun yo`naltiruvchi bilan perependikulyar siljuvchi stolda bo`ylama (koordinata Y) harakat qiluvchi ustun 3 biriktirilgan yo`naltiruvchi stanina 2 bo`ylab ko`ndalang (koordinata X) harakat qiladi. Vertikal yo`nalgan ustun bo`ylab freza kallagi 7 (koordinata Z) harakatlanadi. Shpindelning aylanishi elektrodvigatel 5 orqali amalga oshiriladi. Dastgoh shpindelidagi asbob-uskunalarni siqish va bo`shatish gidrosilindr 6 orqali amalga oshiriladi. Stol, polzun va freza kallagining siljish privodlari uzatma reduktori va stanina, ustun va polzunda o`rnatilgan keng vintli paralar uchyoqlama hosil qilgichli doimiy tok elektrodvigatel orqali amalga oshiriladi. Asosiy harakat (freza kallagining vertikal shpindeli aylanishi) privodi doimiy tok elektrodvigateli va 185-2055 ayl/min diapazonda 8 pog`onada sozlashni taminlovchi shpindel aylanish chastotali tezliklar qutisi orqali amalga oshiriladi. 1 - rasm. FP-17M rusumidagi vertikal-frezali konsolsiz RDB dastgohining umumiy ko`rinishi 1 – stol; 2 – stanina; 3 – ustun; 4 – polzun; 5 – elektrodvigatel; 6 – gidrosilindr; 7 – frezer kallagi; 8 – boshqaruv pulti; 9 – teleskopik himoya shitkalari Stolning eng katta programmalashgan siljishi 1600 mm, polzun 600 mm, freza kallagi 250 mm. Koordinatalar bo`ylab siljish tezligi pog`onasiz sozlanadi: koordinataning X va Y o`qlari 0,1-1500 mm/min chegarasida; Z o`qi bo`yicha 0,1-1200 mm/min chegarasida. Dastgohning boshqaruv tizimi konturli, uzatmalar privodi - kuzatuvchi bo`ladi. Ishchi organlarining barcha siljishlari dastur bo`yicha avtomatik yoki boshqaruv pultidan qo`lda amalga oshirilishi mumkin. Freza kallagi pinoli faqat 100 mm uzunlikdagi naladkali harakatlanadi. Dastgohning gidravlik tizimi shpindeldagi asbob uskunalarni siqish va bo`shatish, stanina yo`naltiruvchilarini, ustun, polzun va freza kallagi, uzatma reduktori va tezliklar qutisini moylash uchun mo`ljallangan. Uzatmalar zanjirida teskari aloqa uchun aylanuvchi transformatorlar o`lchovchi qurilmalar sifatida qo`llaniladi. Dastgohning texnik tafsiloti 1. Ishchi stol yuzasi o`lchamlari (eni, uzunligi), mm 500 х 1600 2. Shpindel aylanish chastotasi soni 8 3. Shpindel aylanish chastotasi chegarasi, ayl/min 185 - 2055 4. Uzatishlar chegarasi, mm/min Ko`ndalang Bo`ylama Vertikal 0,1 – 1500 0,1 – 1500 0,1 – 1200 5. Koordinatalar bo`yicha tez siljish tezligi, mm/min 2400 6. Uzatishlarni boshqarish Pog`onasiz 7. Koordinata o`qlari bo`ylab harakatlanish diskretligi, mm 0,01 8. Koordinatalar soni 4 9. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni 3 10. Asosiy harakatlanuvchi elektrodvigateli quvvati, kVt 1,5 11. RDB qurilmasi turi N33 - 2М 12. Asosiy harakat elektrodvigateli quvvati, kVt 22 Ishni bajarish tartibi 1. Dastgoh vazifasi va uning texnik tafsilotini o`rganib chiqish 2. Dastgohning ishlash prinsipi va asosiy uzellari konstruksiyasini o`rganish 3. Dastgohning koordinata tizimini aniqlash 4. RDB dastgoh tizimi bilan tanishish 5. Dastgohning koordinata-texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish 6. Dastgohning struktura texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish 7. Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasini (KKTS) ishlab chiqish 8. Dastgohning quvvati formulasini (DQF) yozish 9. Bajarilgan ish bo`yicha hisobot topshirish Nazorat savollari 1. Dastgohning vazifasi 2. Dastgohning asosiy harakat privodi 3. Dastgohning uzatma privodi tipi 4. Uzatma siljish privodi ishlash prinsipi 5. Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday amalga oshiriladi? 6. Dastgohning koordinata texnologik sxemasi nima? 7. Dastgohning struktura texnologik formulasiga nima kiradi? 8. KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi? 9. Dastgohning quvvati formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan? 10. Dastgohning gidrotizimi nima uchun mo`ljallangan? 11. Dastgoh qanday tipdagi RDB qurilmaga ega? Download 22.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling