Multimediali aloqa tizimining tuzilishi
Multimediali trafik. Inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan (odatda ovozli yoki vodeo axborot), turli ko‘rinishdagi xabarlardan iborat raqamli ma`lumotlar oqimiga multimediali trafik tushuniladi. Multimediali ma`lumotlar oqimi telekommunikasiya tarmoqlari bo‘yicha oxirgi interaktiv xizmatlarni taqdim etish maqsadida uzatiladi. Xozirgi kunda tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etiladigan multimediali xizmatlar quyidagilar xisoblanadi: videotelefoniya, multimedia ma`lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, IP-telefoniya, raqamli televizion eshittirish, mobil videoaloqa va talab bo‘yicha raqamli video.
Taqdim etiladigan xizmatlarning tupiga bog‘liq xolda multimediali trafik ikkita asosiy toifaga bo‘linadi.
Real vaqt masshtabida foydalanuvchilar o‘rtasida ma`lumotlarni uzatish uchun multimediali xizmatlarni taqdim etadigan, real vaqtdagi trafik.
Elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma`lumotlarga bazasini masofadan turib boshqarish va boshqa shu kabi zamonaviy telekomunikasiya tarmoqlarda xizmatlar bilan taminlab beradigan oddiy ma`lumotlar trafigi.
Real vaqt trafigini generasiya qiladigan xizmatlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: IP – telefon, yuqori sifatdagi ovoz, video telefon, video konferensiya, masofadan turib tibbiy yordam ko‘rsatish(diagnoz qo‘yish, monitoring, konsultasiya), video monitoring, keng qo‘yiladigan video, raqamli televideniya, radio va televizor dasturlarini ko‘rsatish [7-8].
IP- telefon. Ushbu xizmat tarmoqdagi ikkita abonent o‘rtasidagi ovoz ma’lumotlarini uzatish uchun ishlatiladi. Bunda tarmoq o‘rniga IP (Internet Protokol) ishlatiladi. IP – telefon xizmat tashkilotlarida lokal, korporativ, global tarmoqlar va Intenet tamog‘I ishlatilishi mumkin. Telefon tarmog‘ida umumiy foydalanishda ishlatiladigan mahsus shlyuzlar yordamida telefon tarmog‘ida abonentlar o‘rtasida aloqa tamimlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |