1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli e1 oqim tamoyillarini o‘rganish
Download 81.17 Kb.
|
1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon signallari Ovoz boylamlari tovush yorig‘ini goh siqib, goh ochib havoni impuls-impuls tarzida o‘tkazadi, ularning takrorlanish chastotasi asosiy ton
birlamchi signalning hajmi deyiladi.
Birlamchi signalning potensial axborot hajmi yoki u tomonidan vaqt birligida ko‘chiriladigan Is axborot miqdori ushbu signalning muhim parametri hisoblanib, u quyidagiga teng: Is = 3,32 Δ Fclg bit/s, (2.7) bu erda - birlamchi signal manbaining aktivlik koeffisenti (telefon signallari uchun 0,25 . . . 0,35 ga, boshqalar uchun esa 1 ga teng, deb olinadi); ΔTs – effektiv uzatilayotgan chastotalar polosasi, Gs; Wo‘r – birlamchi signalning o‘rtacha quvvati va Wx –xalaqitning o‘rtacha joiz quvvati. Quyidagicha birlamchi signal turlari mavjud: 1. Telefon signallari; 2. Tovushli eshittirish signallari; 3. Faksimil signallar; 4. Televizion signallar; 5. Ma`lumotlarni uzatish va telegraf signallari. Telefon signallari Ovoz boylamlari tovush yorig‘ini goh siqib, goh ochib havoni impuls-impuls tarzida o‘tkazadi, ularning takrorlanish chastotasi asosiy ton deyiladi. Asosiy tonning chastotasi 50 . . . 80 Gs (bas) dan 200... 250 Gs (ayol va bolalar ovozi) gacha chegarada yotadi. Asosiy ton impulslari soni ko‘p bo‘lgan (40 tagacha) qo‘shimcha yuqori ton - garmonikalarni o‘z ichiga oladi. Gaplashganda asosiy tonning chastotasi sezilarli oraliqda o‘zgaradi. YUqori sifatli telefon signalini uzatish ovoz balandligini satxi, aniqliligi, xalaqit satxini pastligi bilan xarakterlanadi. Bu omillar telefon kanallariga bo‘lgan talabni aniqlaydi. Uzatilayotgan so‘zlarning tushunarli bo‘lishi eshituvchining qulog‘iga formantning qaysi qismi buzilmay va qaysi qismi buzilib etib kelayotganiga, yoxud u yoki bu sabablar tufayli eshitilmay qolishligiga bog‘liq. So‘zlashuv tovushlarining dastlabki uchta formanti 300 dan 3400 Gs gacha chatotalar oralig‘ida yotadi va bu uzatilayotgan so‘zning yaxshi tushunarli bo‘lishligini ta`minlash uchun, ovozning tabiiy jarangdorligi va tembrini saqlash uchun, so‘zlovchini tanib olish uchun chastotalarning bu oralig‘ini etarli, deb hisoblashga imkon beradi. Demak, telefon signalining effektiv uzatilayotgan chastotalar oralig‘ini Δ G‘t=0,3...3,4 kGs ga teng deb qabul qilish mumkin. Telefon signali manbaining o‘rtacha aktivligi: t = 0,25 ... 0,35 ga ega bo‘lganda, telefon signalining nol nisbiy darajali nuqtadagi minimal quvvati Wtmin=0,1 mkVt ga teng. Telefon signalini manbaning aktivlik intervallarida joylashgan nol nisbiy darajali nuqtada o‘rtacha quvvati WTur =88 mkVt ga teng. Telefon signalining nol nisbiy darajali nuqtadagi ε =10-5 oshirish ehtimolligi bilan maksimal quvvati WTmak= 2220 mkVt ga teng. Dinamik diapazon va pik-faktor tegishli ravishda DT =43 dB ga (amaldagi hisoblashlarda DT = 40 dB ga teng, deb olinadi) va Qt = 14 dB ga teng bo‘ladi. (1.7) formuladan foydalanib va unga t =0,33, ΔGT = 3400 - 300 =3100 Gs, WT.O‘r=88 mkVt va xalaqit quvvati Wx=0,1 mkVt qiymatlarni qo‘yib, telefon signalidagi axborot miqdori Is= 10000 bit/s ga tengligini topamiz. Download 81.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling