1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli e1 oqim tamoyillarini o‘rganish
Download 81.17 Kb.
|
1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Nazariy qism Birlamchi signallar va ularning fizik tavsiflari Ma`lumot o‘zgartirgichining chiqishidan olinadigan elektr signalni elektr aloqaning birlamchi signali
- Ts davomiyligi
- DS dinamik diapazon
1- amaliy mashg‘ulot RAQAMLI SIGNALNI SHAKLLANTIRISH VA RAQAMLI E1 OQIM TAMOYILLARINI O‘RGANISH Mashg‘ulotning maqsadi Birlamchi signallarninung turlari va ularning fizik tavsiflari o‘rganish, multimediali aloqa tarmog‘ini tuzilish prinsipini o‘zlashtirish. Topshiriq Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanayotganda quyidagi savollarni o‘rganish zarur: - birlamchi signallarnins turlari va ularning fizik tavsiflari o‘rganish; - multimediali aloqa tarmog‘ini tuzilish prinsipini o‘rganish. 3. Nazariy qism Birlamchi signallar va ularning fizik tavsiflari Ma`lumot o‘zgartirgichining chiqishidan olinadigan elektr signalni elektr aloqaning birlamchi signali deyiladi. Birlamchi signal «x(t)» parametri kattaligining o‘zgarishi uzatilayotgan ma`lumotni bir xil tarzda aks ettiradi. Ushbu birlamchi signal parametrini taqdim etiluvchi parametr deyiladi. Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari tuzilishidagi birlamchi signal eltish obekti hisoblanadi, shuning uchun u uzatkichdan qabul qilgichga kanal orqali uzatilishi kerak. SHu sababli birlamchi signallarning parametrlari va tavsiflari bilan uzatish kanallarning xossalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish uchun birlamchi signallarning shunday parametrlari va tavsiflari olinadiki, ularni o‘lchash oson hamda ularga uzatilayotgan signallarning minimal buzilishlarini va maksimal mumkin bo‘lgan himoyalanganligini ta`minlaydigan shartlarni aniqlash mumkin. Birlamchi signalning Ts davomiyligi bunday parametrning birinchisi hisoblanadi, u signalning mavjud bo‘lish vaqti oralig‘ini belgilaydi. Birlamchi signalning o‘rtacha quvvati uning navbatdagi parametri hisoblanib, u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: (2.1) Bu erda bu T-o‘rtachalash davri; agar T=1min bo‘lsa, bunday o‘rtacha quvvat bir minut davom etadigan o‘rtacha quvvat, agar T=1soat bo‘lsa, bir soat davom etadigan o‘rtacha quvvat va T 1 soat bo‘lganda, uzoq vaqt davom etadigan o‘rtacha quvvat deyiladi; R – yuklama qarshiligi, yuklama qarshiligi, unda signalning o‘rtacha quvvati aniqlanadi: U(t) – birlamchi signal kuchlanishi. Birlamchi signal Wmaks maksimal quvvat bilan tavsiflanadi. Maksimal quvvat tushunchasi orqali Uq amplitudali ekvivalent sinusoidal signal quvvati tushuniladi. Uning qiymati U(t) signal o‘zgaruvchi tashkil etuvchisining oniy qiymatlari orqali ma`lum kichik ehtimollik bilan oshadi. Turli xildagi signallar uchun qiymati 10-2, 10-3 va hatto 10-5 ga teng bo‘ladi. Wmin minimal quvvat tushunchasi orqali Uq amplitudali ekvivalent sinusoidal signal quvvati tushuniladi, uning qiymati U(t) signal o‘zgaruvchi tashkil etuvchisining oniy qiymati orqali odatda 1- =0,98 ga teng ma`lum ehtimollik bilan oshadi. Kanalning konkret nuqtasida birlamchi signal quvvatlarining mumkin bo‘lgan sochilishi DS dinamik diapazon bilan tavsiflanadi. Dinamik diapazon tushunchasi orqali quyidagi ko‘rinishdagi nisbat tushuniladi: DS=10ld , dB, (2.2) bu erda Wmaks – signalning kanalning biron-bir nuqtasidagi maksimal (cho‘qqi) quvvati va Wmin – minimal quvvati. signal maksimal quvvatining uning o‘rtacha quvvatidan oshib ketishini Qs pik-faktor deyiladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: Qc=10lg , dB, (2.3) Birlamchi signal Wo‘r o‘rtacha quvvatining xalaqitning Wx o‘rtacha quvvatidan oshib ketishini himoyalanganlik deyilib, u quyidagiga teng: Ah = 10lg . (2.4) Birlamchi elektr aloqa signallari vaqtning nodavriy funksiyalari hisoblanadi. ∆Ts =Tmaks – Tmin , (2.5) bu erda Tmin – birlamchi signalning minimal chastotasi; Tmaks – uning maksimal chastotasi. Bu diapazonni signalning effektiv uzatilayotgan chastotalar oralig‘i ham deyiladi. Bu chastotalar oralig‘i birlamchi signallarning konkret turini uzatish sifatiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda tajribada belgilanadi. Birlamchi signalning uchta fizik parametrlari: Ts davomiyligi, DS dinamik diapazoniva ∆Ts effektiv uzatilayotgan chastotalar polosasining ko‘paytmasi, ya`ni Vs = Ts • DS • Δ Ts ni (2.6) Download 81.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling