1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli e1 oqim tamoyillarini o‘rganish


Download 81.17 Kb.
bet7/7
Sana13.04.2023
Hajmi81.17 Kb.
#1352469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli

Yuqori sifatdagi ovoz. YUqori sifatdagi ovoz sifatida biz shunday xizmatni tushanimizki, bunda tovushlarni uzatishda juda yuqori sifatda tovushlardan foydalaniladi. Bunga misol tariqasida musiqa, konsert chiqishlar va boshqa shu kabilarni olishimiz mumkin.
Video telefon. Bu xizmatda abonent o‘zining ovozi bilan birga sifati past bo‘lgan uning ko‘rinishi ham uzatiladi. Bunda abonentlar mahsus aloqa apparatidan foydanishlari kerak bo‘ladi. Bu holda ular real vaqtda birinchi va ikkinchi abonentlar bir birlarini ham eshitishlar ham ko‘rishlari mumkin.
Videokonferensiya. Guruh abonentlari o‘rtasida ham ovoz, ham video trafigini uzatish uchun mo‘ljallangan xizmat turi hisoblanadi. Bunda ovoz va video bir abonent boshqa bir abonentga bog‘liq bo‘lmagan holda uzatiladi. Ularni signal uzatishida transport ulab berish ishlatilib, ularni bir biri bilan transport bosqichining ma’lum bir protokoli orqali ulanadi.
Tibbiy yordamni masofadan turib ta`minlab berish. Bu xizmat bemorlarga masofadan turib tibbiy yordam ko‘rsatishni taminlab beradi. Bunda bu xizmat orqali turli xil diagnozlar qo‘yish yoki konsultasiyalar qilish mumkin. Bu xizmat trafigi ovoz va video signallaridan tashkil topgan. Bu xizmat orqali bemorlarga real vaqtda hizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Videomonitoring. Bu xizmatda ma’lum bir joyda kuzatish olib borish imkoni mavjud bo‘ladi. Bu joyni qo‘riqlash uchun turli xil vositalardan foydalanish mumkin. Bunga misol qilib, turli xil rejalashtirilmagan harakatlarda ogohlantiruvchi signallar, doimiy kuzatuv olib borish va hakozolar.
Radio va televizorlarda dasturlarni namoish etish. Bu xizmat turida oddiy radio va tele kanallarida ko‘rsatuvlarni raqamli telekomunikasion tarmoq orqali namoish etish taklif qilinadi.
Raqamli televideniya. Bu xizmat yordamida yuqori sifatdagi raqamli televideniya haridorning talabiga binoan taminlab beriladi. Bularga misol tariqasida hujjatli filmlarni, musiqaviy kliplarni, sport dasturlarini olishimiz mumkin.
Zamonaviy telekomunikasion tarmoqlarning rivojlanishiga asos sifatida turli xil turdagi xizmatlarni olishimiz mumkin. Bunga misol qilib multimediali xizmat turlarini olishimiz mumkin [5,8]. Multimediali xizmat turlariga tarmoqda bo‘lgan talab ancha yuqorililigini payqash mutloqa qiyin emas. Masalan, oddiy trafikda ma’lum bir ma’lumotni qabul qilishda qabul qilivchiga etkazib berishda vaqt hisobga olinmaydi. Buning hammasini quyidagi trafik talab qiladi:
- eng kichik o‘tkazuvchanlik qobilyatini belgilashni
Boshqa misol tariqasida real vaqtda video konferensiyalar o‘tkazishni misol qilib olishimiz mumkin. U faqatgina o‘tkazuvchanlik qobilyatini talab qilmasdan, qabul qiluvchiga video kadrlarni etkazib berish vaqtini kamaytishga harakat qiladi. Bundan tashqari video konferensiyalar o‘tkazishda video ning sifati qoniqarli bo‘lmaydi.
Bu holda resurslarga turli xil parametrlar bo‘yicha juda ham katta talablar qo‘yiladi. Bu parametrlarni aniqroq yana ko‘rib chiqiladi.
Zamonaviy telekomunikasion tarmoqlarda multimediali trafikni tariflash va tahlil qilish qiyin va mukammal hisoblanadi. Bu qiynchiliklarning asosiy sabablari quyidagilar:
- uzatishning yuqori tezlikning keng deapazoni – telefon trafigida video oqimlarni uzatishda bir necha kbit/s lardan bir necha yuz Mbit/s gacha bo‘lishi mumkin;
- uzatilayotgan multimediali ma’lumot oqimlarining turli xil statik xossalari (real vaqt trafigi tarmoq resurslariga juda katta talablar qo‘yadi);
- tarmoqlarni turli xilligi va uzatishda turli xil texnologiya xamda protokollarning ishlatilishi (Gigabit ethernet, ATM, MPLS va boshqalar);
- uzatilayotgan xabarlarni turli xil bosqichda qayta ishlash. Bunda xizmat ko‘rsatish sifati qayta ishlashning bir necha bosqichiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
4. Nazorat savollari



  1. Qanday uzatish sathlarni bilasiz?

  2. Signalning quvvat, kuchlanish va toki bo‘yicha uzatish sathlari ma’lum bo‘lsa, uning quvvat, kuchlanish va tok qiymatlari qanday aniqlanadi?

  3. Signalning quvvat, kuchlanish va tok qiymatlari ma’lum bo‘lsa, uning quvvat, kuchlanish va tok bo‘yicha uzatish sathlari qanday aniqlanadi?

  4. Signalning haqiqiy sathi deganda nimani tushunasiz?

  5. Signalning nisbiy sathi deganda nimani tushunasiz?

Signalning qanday parametrlarini bilasiz?
Download 81.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling