1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli e1 oqim tamoyillarini o‘rganish
Download 81.17 Kb.
|
1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli
Tovushli eshittirish signallari
Ynqori sifatli mikrofonlar tovushli eshittirish birlamchi signallarining manbalari hisoblanadi. Bu signallar turli xildagi signallarning almashinishi: nutq (diktor nutqini alohida ajratish kerak), badiiy o‘qish (so‘zlar va musiqa birikmalari), yakka ijrodan simfonik orkestrlarda ijro etiladigan musiqiy vokal va cholg‘u asboblari asarlarining almashinishini ifodalaydi. Eshittirish signallarining chastotaviy spektri 15 dan (baraban tovushi) 20000 Gs gacha bo‘lgan chastotalar oralig‘ini egallaydi. Lekin eshittirish signallarini uzatishga yo`naltirilgan ∆G‘te effektiv uzatilayotgan chastotalar oralig‘i (EUCHO)ni tiklash sifatiga qo‘yiladigan talablarga qarab, chastotalar oralig‘i ma`lum darajada chegaralangan bo‘lishi mumkin. Tovushli eshittirish signallarini yuqori sifatda tiklash uchun uning eCHUO 50...10 000 Gs ni tashkil qilishi kerak. Eshittirish dasturlarining benuqson eshittirilishiga erishish uchun, eshittirish signalining chastotalar oralig‘i 30 ... 15 000 Gs ni tashkil etishi kerak. Eshittirish signali WO‘reo‘rtacha quvvatining qiymati o‘rtachalashtirish intervaliga ma`lum darajada bog‘liq. signalning nol nisbiy darajali nuqtadagi quvvati o‘rtachalashtirilganda 1 soatda 923 mkVt0 ni, 1 minutda 2230 mkVt0 ni va 1 sekundda 4500 mkVt0 ni tashkil qiladi. Tovushli eshittirish signalining Wmakste maksimal quvvati shu nuqtada 8000 mkVt0 ni tashkil etadi. Eshittirish signalining DTE dinamik diapazoni ancha keng bo‘lganligi uchun, minimal quvvatli hamda maksimal quvvatli signallarni uzatish mumkin va u 100 .. .110 dB kattalikni tashkil etadi. Diktor nutqining dinamik diapazoni 25 ... 35 dB ga, badiiy o‘qishniki – 40 ... 50 dB ga, uncha katta bo‘lmagan vokal va cholg‘u ansambllariniki – 45 … 55 dB ga, sinfonik orkestrniki – 60 … 65 dB ga teng. Dinamik diapazon DTE = 65 dB bo‘lganda, tovush eshittirish signallari sifatli uzatiladi va qabul qilinadi. Tovushli eshittirish signalining potensial (imkoniyat darajasidagi) axborot hajmi xalaqitning real qiymatlarida eUCHOning kengligiga qarab, 140 … 200 kBit/s oralig‘ida yotadi. Download 81.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling