1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli e1 oqim tamoyillarini o‘rganish


Download 81.17 Kb.
bet4/7
Sana13.04.2023
Hajmi81.17 Kb.
#1352469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- amaliy mashg‘ulot raqamli signalni shakllantirish va raqamli

Faksimil signallar
Faksimil aloqa elektr aloqa turlaridan biri bo‘lib, u qo‘zg‘almas tasvirlar: fotografiyalar, chizmalar, matnlar, gazeta sahifalarini uzatishni ta`minlaydi.
Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (XEI) tomonidan faksimil apparatlarning quyidagi parametrlari tavsiya qilingan: N=120,90 va 60 ayl/min; baraban diametri D=70 mm va yorug‘ dog‘ diametri d=0,15 mm.
Signalning yarim tonli tasvirlarni uzatishga tegishli dinamik diapazoni taxminan Df 25 dB ni tashkil qiladi.
Faksimil signalning Qf pik–faktori quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
Qf= 20 lg (Uf maks /Uf o‘r ) (2.8)

bu erda Ufmaks va Uf o‘r faksimil signal kuchlanishining tegishli maksimal va o‘rtacha kvadratik qiymati. Faksimil signalning pik-faktori Qf 4,4 dB ga teng bo‘ladi.


YUqoridagi mulohazalarga binoan, faksimil signallarning dinamik diapazoni quyidagiga teng bo‘ladi:

Df=20lg(k+1), (2.9)


Afh=35 dB ga teng bo‘lganda yarim tonli signallar, shtrixlangan signallarga o‘xshab, zaruriy himoyalangan bo‘ladi. Bunda faksimil signallarning imkoniyat darajasidagi axborot hajmi quyidagiga teng bo‘ladi:




If =6,64 fflg k, (2.10)

bu erda shtrixlangan tasvirlar uchun yoritganlik gradasiyalari soni k=2 ga teng.


Gazetalarni ularni bosish punktlariga uzatish faksimil aloqaning muhim turlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun yuqori tezlikka ega maxsus faksimil apparatlardan foydalaniladi. Bu apparatlar tahlil qilinayotgan dog‘ning diametrini 0,04 ... 0,06 mm gacha kichraytirish, ya`ni dog‘ning aniqligini ma`lum darajaga oshirish hisobiga nusxalarning yuqori sifatga ega bo‘lishligini ta`minlaydi. Gazeta sahifalarini namunaviy uzatish apparaturalarida signalning eng yuqori chastotasi 180 kGs ga, gazeta sahifalarini uzatish vaqti esa 2,3 ... 2,5 min ga etadi. Gazeta sahifalarining tasviri shtrixlangan, ya`ni k=2 ga teng bo‘ladi. Bunday signalning axborot hajmi (3.11) formulaga binoan, 360 kbit/s ga teng.

Download 81.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling