1- amaliy mashg‘ulot temir tsementit xolat diagrammasi. Po'latlarga termik ishlov berilganda po'latlarning strukturasiga va xossalariga ta'sirini o'rganish Po'latlarga kimyoviy-termik ishlov berishni o'rganish. Temir-sementit Fe-Fe
Po'latlarga termik ishlov berilganda po'latlarning strukturasiga va xossalariga ta'sirini o'rganish Po'latlarga kimyoviy-termik ishlov berishni o'rganish
Download 381 Kb.
|
1-ameliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma‘lumotlar
Po'latlarga termik ishlov berilganda po'latlarning strukturasiga va xossalariga ta'sirini o'rganish Po'latlarga kimyoviy-termik ishlov berishni o'rganish
Kerakli asbop-uskanalar: Sementatsiyalangan po`latlar azot uglerod (metallizatsiya). Ishning maqsadi: Metall va qotishmalarni termik ishlash turlari bilan tanishish. Po’latlarni toblash va bo’shatish texnologiyasini o’rganish. Sovitish muhitining po’lat qattiqligiga ta‘sirini aniqlashni o’zlashtirish. Nazariy ma‘lumotlar Mashinasozlikda kо’pgina pо’lat va chо’yanlardan, shuningdek rangli metallarning qotishmalaridan (bronza, latun, duralyuminiy va boshqalar) yasalgan buyumlarning fizikaviy, mexanikaviy va texnologik xossalarini zarur tomonga о’zgartirish maqsadida ularga termik va kimyoviy-termik ishlov beriladi. Bu esa yengil, puxta va chidamli mashinalar tayyorlashda, metallarni tejashda, ularning tannarxini kamaytirishda katta rol о’ynaydi. Qotishmaning kimyoviy tarkibini o’zgartirmasdan turib, qizdirish va sovitish yo’li bilan uning ichki tuzilishini va xossalarini o’zgartirish jarayoniga termik ishlash deb ataladi. Qotishmalarni termik ishlashda asosiy omillar – harorat va vaqtdir (termik ishlash rejimi). Termik ishlash rejimini harorat – vaqt koordinatalari sistemasida grafik tarzda ifodalash mumkin ( 13-rasm). 13-rasm. Qotishmalarni termik ishlash rejimining grafik ifodasi:VK-qotishmani qizdirish tezligi; Vs-qotishmani sovitish tezligi; τK-qotishmani qizdirish vaqti; τT.T-tutib turish vaqti; τs-qotishmani sovitish vaqti; tmax-qotishmani maksimal qizdirish harorati. Uglerodli po’latlarni termik ishlash uchun zarur bo’lgan harorat (tmax) temir - sementit qotishmalarining holat diagrammasidan yoki maxsus ma‘lumotnoma (spravochnik) lardan topiladi va tajriba yo’li bilan tekshirib ko’riladi. Qotishmani qizdirish vaqti (q) esa spravochniklardan (Filippov S.A. Zigner I.V. Spravochnik termista M., «Mashinostroenie», 1975; Spravochnik termista M., «Mashinostroenie», 1976) yoki tajriba usuli bilan topiladi. Uglerodli po’latlarni termik ishlash turlari quyidagilardir: yumshatish, normallash, toblash va bo’shatish. Po’latni As3 va As1 kritik nuqtalardan yuqori haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma‘lum vaqt tutib turgandan keyin asta-sekin (pech bilan birgalikda) sovitish jarayoniga yumshatish deb ataladi. Po’latni yumshatishdan ko’zda tutilgan maqsad – uning qattiqligini pasaytirish, plastikligini oshirish, kesib ishlanish xususiyatlarini yaxshilash, po’latni toblashda vujudga kelgan ichki kuchlarni yo’qotish va boshqalardan iborat. 1 4 – rasm. Po’latlarni termik ishlash uchun qizdirish haroratlari intervali. Evtektoidgacha bo’lgan po’latni As3 kritik nuqtadan, evtektoiddan keyingi va evtektoid po’latini Asm kritik nuqtadan 30...500C yuqori haroratlargacha qizdirib, shu haroratda biroz vaqt tutib turilgandan keyin havoda sovitish jarayoni normallash deb ataladi. Normallashdan ko’zda tutilgan maqsad – po’latni mayda donali qilish uchun uning qayta kristallanishini amalga oshirish, ichki kuchlarni yo’qotish, po’latni plastik deformatsiyalanishga, uzil-kesil termik ishlashga va bosim ostida ishlashga tayyorlash (unda gomogen struktura hosil qilish)dir. Po’latni normallash uchun uni yumshatishga nisbatan kamroq vaqt sarflanadi, shuning uchun kam uglerodli po’latlar (tarkibida 0,6% gacha uglerodi bo’lgan po’latlar) yumshatilmasdan normallanadi. Po’latni As3 va As1 kritik nuqtalardan 30... 500C yuqori haroratlargacha qizdirib, shu haroratda zarur o’zgarish sodir bo’lguncha tutib turgandan keyin tez (moyda, suvda, ...) sovitish jarayoniga toblash deb ataladi. Toblash natijasida po’latning qattiqligi ortib, plastikligi pasayadi. Evtektoidgacha bo’lgan po’lat toblanganda uning strukturasi mayda donali ninasimon martensitdan iborat bo’ladi. Agarda po’lat As3 chizig’idan 150-2000Cyuqori haroratlargacha qizdirilib, so’ngra toblansa undagi austenit donalari o’sib, po’latda darzlar, deformatsiyalar paydo bo’ladi. Bunday po’latning strukturasi turli donali ninasimon martensitdan iborat bo’lib, uning zarbiy qovushoqligi past bo’ladi. Shuningdek, evtektoidgacha bo’lgan po’latni toblash uchun uni As3 kritik nuqtalardan past haroratgacha qizdirish (chala toblash) ham yaxshi natija bermaydi. Chunki, bunday po’latning strukturasi ferrit va martensitdan iborat bo’ladi, uning tarkibida saqlanib qolgan ferrit po’latning qattiqligini va bo’shatilgandan keyingi mexaniq xossalarini pasaytiradi. Po’latlarni As1 kritik nuqtalardan past haroratlargacha qizdirib, ma‘lum vaqt tutib turgandan so’ng sovitish jarayoniga bo’shatish deyiladi. Bo’shatish harorati qancha yuqori bo’lsa toblangan po’lat buyumning qattiqligi shuncha pasayadi. Bo’shatishning quyidagi turlari ma‘lum: Past haroratda (180...2000C) bo’shatish. Toblangan buyumning qattiqligini saqlab qolgan holda uni ichki kuchlanishlardan xoli qilish uchun shu usuldan foydalaniladi. Po’latning strukturasi bu holda bo’shatilgan martensitdan iborat bo’ladi. O’rtacha haroratda bo’shatish (300...4000C). Bu usulda zarb bilan ishlaydigan po’lat buyumlar bo’shatiladi. Bunday termik ishlashda po’latning strukturasi troostitdan (mayda ferrit va sementit zarrachalari aralashmasidan) iborat bo’ladi. Yuqori haroratda (450-6000C) bo’shatish usuli toblangan sifatli konstruktsion po’latlarda yuqori plastiklik va qovushoqlik xossalarini vujudga keltirish uchun qo’llaniladi. Bunday termik ishlangan po’latning strukturasi sorbitdan iborat bo’ladi. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling